So’nggi yangiliklar

16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  0 16:25Суперлига. "Сурхон" – "Динамо". Таркиблар маълум  0 16:23Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" (матнли трансляция)  6 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  3 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 15:14"ФарДУ" — "Олимпик MobiUz". Таркиблар маълум  0 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  14 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  10 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  43 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  6

O'runovning transferidan o'zbek klublari qancha ishlaydi, Ahmedovdan yo'qotilgan pullar Yangiliklar

O'runovning transferidan o'zbek klublari qancha ishlaydi, Ahmedovdan yo'qotilgan pullar

FIFAda hamma narsa zo'r qilib yozib qo'yilgan. Bolalar futboliga etibor qiladigan jamoalar hech qachon yutqazmaydi.

Ancha yillar avval FIFA tomonidan futbolchining pasporti (pasport futbolista) tizimi yo'lga qo'yilgan. U 12 yoshdan boshlab qonuniy kuchga ega bo'ladi. Pasport futbolchi hududiy federaciya tomonidan ro'yxatga olinadi va shunday katta transfer paytida Siz futbolchiga o'z paytida egalik qilganligingizni isbotlab berasiz. Undan tashqari musobaqada qatnashganligi to'g'risidagi o'yin qaydnomalari ham kerak bo'ladi. Bu uncha qiyin bo'lmagan ish. 90-yillardan beri amal qiladigan ushbu qonun orqali, Evropa, Afrika va Janubiy Amerikadagi juda ko'plab bolalar klublari tom manoda maza qiladilar. Afsuski bizdagi klublar bu tizimga befarq qaraydilar. Agar shu tizimni ancha erta anglab etganimizda, Odil Ahmedovning uchta yirik transferidan Namangan futbol internati va Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji juda katta summalarni ishlab olishgan bo'lardi. Keling, avval Odil Ahmedov misolida bu ishni ko'rib chiqamiz. "Paxtakor" - "Anji" transferi ochiqlanmagan. Lekin bizda keyingi  ikkita o'tishdagi transfer summasining taxminiy narxlari bor. SHundan kelib chiqsak, Ahmedovni "Paxtakor"gacha bo'lgan 3ta jamoasi quyidagi miqdorda o'z g'aznalarini boyitib olgan bo'lar edilar.




Bu haqda to'liq tushunchaga ega bo'lishni istasangiz, Behzod Nazarov tomonidan yozilgan maqolani batafsil o'qib chiqishingiz mumkin: Tarbiyalash uchun to'lov



Odildan farqli ravishda Xalk to'p tepgan klublar, «Serrano», «Vilanovense», «San-Paulu», «Vitoriya», «Kavasaki Frontale», «Konsadole Sapporo» va «Tokio Verde» klublari hujumuchining ortidan kamida 5 000 000 AQSH dollarlarini bo'lishib olganlar. Xalk faoliyati davomida 3ta katta klubga o'tgan. Transfer qiymati mana shu uchta o'tish uchun, taxminan 100 mln USDni tashkil etgan.


Oston O'runovning transferi haqida "Spartak" va "UFA" raqamlarni oshkor qilmaslikka kelishib olishdi. Lekin, "Paxtakor", "Navbahor" va "Lokomotiv" klublari bu haqda bilishga haqqisi bor. Bu ichki sir bo'lsada, klublar summani oshkor qilmaslik sharti bilan quyidagi miqdordagi mablag'larga ega chiqishlari mumkin. Jadvalda summalarning taxminiy narxlaridan kelib chiqib olinadigan ulushlari ko'rsatilgan.



Agar klublar bu hujjatlarni taqdim eta olmasalar, u holda bu mablag' futbol associaciyasiga tushishi lozim va bu pullar bolalar futboli yo'lidagina ishlatila olinadi. Lekin buning uchun bosh tashkilotni o'zida ham shu tizimni tushunadigan odam bo'lishi kerak. Masalan, Ahmedov misolida na klublar, na o'sha paytdagi O'FF bu narsaning ustida ishlamagan. Agar millionlik transferlardagi raqamlar kattalashaversa, bugungi iqtisoddan kelib chiqsa, klublarga bu pullar ortiqchalik qilmasligi aniq.


Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика