O'runov ertaga "Spartak"da tibbiy ko'rikdan o'tadi va yiliga 600 ming evro maosh oladi
02 avg 2020 17:57
Yangiliklar
O'runov ertaga "Spartak"da tibbiy ko'rikdan o'tadi va yiliga 600 ming evro maosh oladi
"Spartak" kelasi haftada Oston O'runovning transferini amalga oshiradi.
Bu haqda jurnalist, insayder Nobel Arustamyan malumot berdi.
"Oston O'runov ertaga "Spartak"ning tibbiy ko'rigidan o'tadi. Klub uni sotib olishi aniq bo'lib ulgurgan.
Hozirda SHamil Gazizov futbolchi sotishni o'ylamoqda. Oston "Spartak"da kimningdir o'rnini egallashi va qaysidir futbolchi joyini bo'shatishi kerak", - deb yozadi Arustamyan.
Yana bir insayder Sergey Egorov esa "Spartak" O'runovga yiliga 600 ming evro maosh to'lashini malum qildi.
Fikrlar