So’nggi yangiliklar

07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  3 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  26 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  19 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  8 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  1 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  3 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  67 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  2 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "Qizilqum" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" "Qizilqum" bilan durang o'ynadi

Teglar :  Qo'qon-1912Qizilqum
Oliy ligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, CHirchiq shahrida o'quv -yig'inini o'tkazayotgan jamoamiz bugun “Qizilqum” klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushishdi.

TTYMI stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tganini aytib o'tish joiz.

Bugun jamoamiz tarkibida jarohat sabab Aleksandr Merzlyakov maydonga tusha olmadi.

SHuningdek, terma jamoa ixtiyorida bo'lib turgan Javohir Sidiqov va Murod Holmuhammedovlar ham bugungi bahsda ishtirok eta olishmadi. Takidlash joizki, nazorat uchrashuvida ushbu etakchi futbolchilarimizning o'rni juda bilindi.

O'yinni vakillarimiz faol tarzda boshlashdi. Natijada 2-daqiqadayoq Rayevac juda qulay imkoniyatdan foydlana olmadi. Rahimovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini Rayevac yaqin masofadan darvozaga to'g'ri yo'llashni uddalolmadi.

16-daqiqada Hamidov-Akramov-Rahimov-Akramov kombinaciyasi chiroyli chiqdi. So'nggi zarba ham aniq bo'ldi. Darvozabon o'z o'rnida.

21-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Gevorkyanning o'ng qanotdan oshirgan pasini Otabek Zokirov darvozamizga joylab qo'ydi.

Gol o'tkazib yuborgach, futbolchilarimiz katta kuch bilan hujumga tashlanishdi. 37-daqiqaga kelib bu o'z samarasini berdi. Rayevac himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, Rahimovga qulay tarzda to'pni uzatdi. Kafu esa zarbada adashmadi va hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'lim ham shiddatli tarzda boshlandi.

56-daqiqada Rayevacga nisbatan qo'pollik ishlatgan Fayzulla Qambarov hakam ikkinchi sariq va qizil kartochka ko'rsatdi.

O'rtoqlik o'yini bo'lgani uchun qizil olgan futbolchi o'rniga boshqasi maydonga tushdi.

71-daqiqada navoyiliklar darvozamizni ikkinchi marta ishg'ol qilishdi. Fayzulla Qambarov o'rniga maydonga tushgan Azamat Allaniyozov boshi bilan Aziz Ashurov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi.

So'nggi daqiqalar o'tib boratgan paytda vakillarimiz hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Andrey Sidorov yaqin masofadan shunaqa kuchli zarba yo'lladiki, go'yo darvoza to'ri yirtilib ketadigandek tuyuldi.

SHu tariqa, futbolchilarimiz nazorat uchrashuvida durang natija qayd etishdi.

 

O'rtoqlik uchrashuvi

“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” – 2:2 (1:1)

Gollar:
Ibrohim Rahimov – 37, Andrey Sidorov – 90.  – Otabek Zokirov – 21, Azamat Allaniyozov – 71.

Qo'qon-1912: 13. Nikita Ribkin, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 8. Sobir Hamidov, 19. Suhrob Berdiev, 24. Ibrohim Rahimov, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 85. Ruslan Melziddinov, 99. Filip Rayevac.

Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 21. Muzaffar Abdullaev, 9. Nosir Otaqo'ziev, 17. Avazxon Mamatxo'jaev, 25. Iqbol Malikjonov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Oybek Rustamov.

“Qizilqum”: Artem Makosin, SHukurali Po'latov, Fayzulla Qambarov, SHerali Jo'raev, G'ayrat Jumaev, Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, Artur Gevorkyan, Jasur Hasanov, Otabek Zokirov, Vohid SHodiev.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика