So’nggi yangiliklar

09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  1 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  2 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  5 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  0 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  6 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  16 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  39 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  36

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" 1:0 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" 1:0

Teglar :  Qo'qon-1912Qizilqum
Oliy ligaga tayyorgarlik ko'rayotgan "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" klublari bugun o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.

Bugungi o'yinga har ikki jamoa jangovor tarkib bilan keldi desak xato bo'lmaydi. SHunday bo'lsa-da, jamoalar uchrashuvni ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. 9-daqiqada Suhrob Berdievning zarbasi kuchli biroq birozgina noaniq chiqdi.

Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida futbolchilarimizda ikkita imkoniyat vujudga keldi. Avvaliga Nosir Otaqo'zievning bosh bilan bergan zarbasi gol bo'lishiga aniqlik etishmadi. Yana bir qulay vaziyatdan Kimsanov foydalana olmadi.  Birinchi bo'lim nursiz durang bilan intiho topdi.

Ikkinchi bo'lim vakillarimiz uchun omadli boshlandi. 51-daqiqada Suhrob Berdiev hisobni ochdi. Himoyachi darvozabonga to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. Hujumchimiz esa raqiblarni kechirib o'tirmadi.

75-daqiqada Merzlyakov birga-bir vaziyatdan gol urolmadi. Darvozabon yaxshi o'ynadi. 80-daqiqada Pardaev bosh bilan kuchli zarba yo'lladi. Sal noaniq bo'ldi. Qolgan daqiqalar mobaynida har ikki jamoada gol urish uchun bir qator vaziyatlar vujudga keldi. Amo ulardan hech kim foydalana olmadi.

Natijada jamoamiz uchinchi nazorat uchrashuvida ham raqibidan ustun keldi.



O'rtoqlik uchrashuvi
“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” – 1:0 (0:0)
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov.
Gol: Suhrob Berdiev – 51.

“Qo'qon-1912”: 21. Muzaffar Abdullaev,  29. Aleksandr Merzlyakov,  5. Jalil Kimsanov,  75. Murod Xolmuhammedov,  83. Ruslan Melziddinov, 55. Darko Gojkovich,  6. Bahodir Akramov,  7. Akmal Xolmurodov, 99. Bahodir Pardaev,  90. Suhrob Berdiev,  9. Nosir Otaqo'ziev.
Zaxira: 13. Nikita Ribkin, 15. Oybek Rustamov, 10. Iqbol Malikjonov, 20. Sobir Hamidov, 25. Andrey Sidorov.

“Qizilqum”: Umid Xonimqulov, Azizbek Usmonov, Fayzullo Qambarov, G'ayrat Jumaev, Alisher Yusupov, Ilhom Yunusov, Erkin Boydullaev, Bekzod G'anijonov, Jasur Hasanov, Artur Gevorkyan, Azamat Allaniyozov.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика