O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-19 - "Metallurg" 3:0
19 iyu 2016 16:14
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-19 - "Metallurg" 3:0
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kecha Toshkentdagi yig'inni yakunladi.
Ushbu yig'inning so'nggi kunida terma jamoa Bekobodning "Metallurg" klubi yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. "Jar" stadionida bo'lib o'tgan bahsda Abduraimov shogirdlari 3:0 hisobida zafar quchishdi. Behzod G'anijonov ikkita gol urgan bo'lsa, yana bir golga SHarof Muhitdinov mualliflik qildi. .
Malumot uchun, Bahrayndagi Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston yoshlari
Xitoy, Avstraliya va Tojikiston bilan kuch sinashadi. Qita birinchiligida
yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan
U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.
Fikrlar