So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - "Metallurg" 2:1 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - "Metallurg" 2:1

Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasi "Metallurg" bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
O'zbekiston - "Metallurg" 2:1

Gollar:
Azim Ahmedov (64), Dilmurod Karimov (71), Igor Sergeev (90).

O'zbekiston:
Eldor Suyunov, Salim Mustafoev, Egor Krimec, Bobur Yo'ldoshev, Azamat Isroilov, Dilshod Jo'raev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Sardor Rashidov, SHahzod Nurmatov, Navro'z Olimov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:
Akbar Ismatullaev, Sardor Raxmonov, SHerzod Fayziev, Diyor Turopov, Azim Ahmedov, Farruh Sayfiev, Alibobo Rahmatullaev, Pavel Smolyachenko, Sardor Mirzaev, Igor Sergeev, Javlon Mirabdullaev.

“Metallurg”:
Mamur Ikromov, Davron Karimqulov, Doniyor Odilov, Hikmat Hoshimov, Mirg'iyos Sulaymonov, Dilmurod  Karimov, Alisher Ziyovuddinov, Sunnatillo Mamadaliev, Murod Toshmatov, SHohnazar Norbekov, Zohid Abdullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar:
Maruf Murodov, Saidkomil Akbarov, SHuhrat Yo'ldoshev, Mirto'ra Akbarov.


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH


O'yin tugadi!

Gooool! Diyor Turopovning jarimadan etkazib bergan to'piga Igor Sergeev bosh bilan zarba berdi va hisobni 2:1ga keltiri.

Maruf Murodov o'ng qanotan qulay vaziyatga chiqib bordi va Eldor Suyunov darvozasi tomon zarba yo'lladi. Ammo uning tepgan to'pi biroz noaniq ketdi. Xavfli vaziyat!

Igor Sergeevning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. Hisob o'zgarishi mumkin edi.

Goool! Dilmurod Karimovning jarima yo'llagan zarbasi darvozadan o'rin oldi, 1:1.

Goool! Azim Ahmedov o'zining aniq zarbasi bilan Mamur Ikromov darvozasini ishg'ol etdi.

"Metallurg" jamoasi darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar tashkil etildi. Farruh Sayfievning yo'llagan kuchli zarbasini Mamur Ikromov qaytarib qoldi.

Eldor Suyunovdan boshqa barcha futbolchilar almashtirildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Ikkinchi bo'limda O'zbekiston terma jamoasi yangilangan tarkibda maydonga tushadi.

Tanaffus!


Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Birinchi bo'limni Mirjalol Qosimov shogirdlari kichik ustunlik bilan o'tkazishdi. SHahzod Nurmatov hamda Navro'z Olimovda gol urish uchun vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo "Metallurg" posboni Mamur Ikromov ishonchli harakat qildi va jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Bekobodlik futbolchilar ham Eldor Suyunov darvozasi oldida vaziyatlar yarata olishdi. Lekin Suyunov bu vaziyatlarda o'z darvozasini munosib himoya qila oldi.

- O'yin soat 19:00da "Jar" stadionida boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика