So’nggi yangiliklar

17:10Месси экофаоллардан 50 минг евро талаб қилди  0 16:46"Бунёдкор" стадионидаги иккита баҳс "Дўстлик Арена"га кўчирилди  1 16:40АПЛ қайтди. "Ипсвич" - "Ливерпуль"  3 16:36Энцо Мареска: "Менга ЕЧЛга чиқиш вазифаси қўйилмаган. Шунчаки тўғри йўналишдалигимизни сезсак етарли – бу яхши мақсад"  0 16:19ПСЖ 50 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  0 15:25Пичоқланган Ямалнинг отасига нима бўлди?  0 15:23Жаҳон чемпиони "Сепахон"га ўтишга яқин  0 14:52Англия премьер-лигаси. Қолган 10 та клуб билан таништирамиз   1 14:40"Рома"нинг яна бир ҳужумчиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин. Римликлар ушбу трансфердан 20-25 млн евро ишлаб олмоқчи  1 14:15Беллингем дунёнинг машҳур бренди элчисига айланди  0 13:50Ла Лига старти — 4 та ўйинда 3 та дуранг. "Барселона" ўз ўйинини бугун, "Реал" эса эртага ўтказади  2 13:27МЮ футболчида жароҳат мойиллик борлигини била туриб уни харид қилди  1 13:16Ўзбекистон - КХДР учрашувини Олмалиққа кўчирсак бўлмайдими?  29 12:32"Динамо" ОКМКни таслим қилган баҳсдаги футболчи, мураббий ва мухлислар ҳиссиётлари  4 12:23“Трастбанк” ходимлари ўртасида ўтказилаётган “Спартакиада – 2024” спорт мусобақаларининг очилиш маросими бўлиб ўтди  0

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - Iordaniya 2:0 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - Iordaniya 2:0

O'zbekiston va Iordaniya jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
O'zbekiston - Iordaniya 2:0
Gollar:
Igor Sergeev (56), Dilshod Jo'raev (90)
O'zbekiston:
Eldor Suyunov, Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev, Davron Hoshimov (Vohid SHodiev, 73), Azamat Isroilov (Salim Mustafoev, 55), Fozil Musaev (Akbar Ismatullaev, 69), Vladimir Kozak (Dilshod Jo'raev, 86), Jamshid Iskanderov (Bobur Yo'ldoshev, 73), Sardor Rashidov, Farhod Tojiev (Navro'z Alimov, 46), Igor Sergeev.
Zaxira: Nikita Ribkin, Bobur Yo'ldoshev, SHerzod Fayziev, Salim Mustafoev, Dilshod Jo'raev, Farruh Sayfiev, SHahzod Nurmatov, Vohid SHodiev, Navro'zbek Alimov.

Iordaniya
: 1.Amir SHafi, 13.Xalil Baniatex (Hamza Ali, 53), 15.SHadi Naomi, 8.Odai Saifiy, 21.Mohd Dmeyri, 24.Oday Zahran, 10.Ahmad Hayol, 4.Baha Abdulrahmon, 7.Montezr Amara, 6.Said Hasan, 14.Anas Yassin.
Zaxira: 12.Ahmad Navvas, 22.Mutaz Yasin, Mohd Ali, 14.Ali Ahsalim, 20.Hamza Ali, 3.Sulayman Sliman, 17.Islom Ibrohim, 2.Mohd Munir, 23.Yusuf Ravshaox, 18.Solih Savahar, 16.Rajei Hasan, 11.Raid Fraex, 9.Mahmud Zatara.

Ogohlantirishlar: Anas Yassin (10)

                                       
                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                           YANGILASH

90+4. Uchrashuv yakunlandi. G'ALABA MUBORAK!

90+4. Rashidovning pasidan so'ng to'pni himoyachilar qaytarishdi, Vohid SHodievning to'xtatib bergan to'pini Dilshod Jo'raev darvozaga joylab qo'ydi - 2:0.

90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dilshod Jo'raev 2:0

90+2.
Oday Zahranning pasidan so'ng berilgan zarba noaniq ketdi.

90. Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

88. Iordaniya futbolchilarining o'ylagan rejasi ish bermadi. Himoyachilarimiz bugun ancha ishonchli harakat qilishmoqda.

86. Vladimir Kozak o'z o'rnini Dilshod Jo'raevga bo'shatib berdi.

84. Vakillarimizning hujumi. Lekin darvoza tomon aniq zarba beradigan futbolchi topilmadi.

83. Baha Suliman o'rniga Isam Ibrahim tushdi.

81. Iordaniyaning hujumi besamar ketdi. Eldor Suyunov o'z o'rnida.

79. Vakillarimizning hujumi uzilib qoldi. Navro'z Alimov o'yindan tashqari holatda.

77. Salim Mustafoevning qanotdan etkazib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

75. Eldor Suyunov jamoamizni goldan saqlab qoldi.

74. Davron Hoshimov o'rniga Vohid SHodiev maydonga chiqdi.

72. Jamshid Iskanderov o'rniga Bobur Yo'ldoshev maydonga tushirildi.

71. Iordaniya safida o'zgarish. Monte Amara o'rniga Mahmud Zatara tushdi.

69. Fozil Musaev o'rniga Akbar Ismatullaev maydonga tushdi.

67. Navro'z Alimov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

66. SHadi Nadmi o'rniga Rajei Hasan tushirildi.

63. Eldor Suyunov yaxshi harakat qildi.

61. O'zbekiston terma jamoasi goldan keyin ancha tartibliroq o'yin ko'rstamoqda. Iordaniya esa bor etiborini hujumga qaratishga majbur.

57. Sardor Rashidovning jarima to'pidan bergan adoyib zarbasidan so'ng SHafi to'pni qaytarib yubordi. Qaytgan to'pni esa Sergeev bo'sh qolgan darvozaga joyladi, 1:0.

56. GOOOOOOOOL! IGOR SERGEEV!

55. Azamat Isroilov o'z o'rnini Salim Mustafoevga bo'shatib berdi.

53. Iordaniya tarkibida o'zgarish. Hamza Ali Halil Baniyateh o'rniga maydonga tushirildi.

51. Iordaniya hujumchisi offsaydda qolib ketdi.

49. Vakillarimiz pozicion hujumga o'tishmoqda.

47. Farhod Tojiev o'rniga Navro'z Alimov maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi taym tugadi. TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43. Iordaniyaning xavfli hujumi. Lekin raqib futbolchisining zarbasi o'xshamadi.

42. Xavfli vaziyat! Iordaniya posbonining ishonchli o'yini hozir jamoasi joniga oro kirdi.

40. Jamshid Iskanderovning pasi orqali Sardor Rashidov qulay vaziyatga ega chiqqandi. Lekin bu urinish ham naf keltirmadi.

39. Davron Hoshimovning jonbozligi tufayli darvozamiz oldidagi xavf bartaraf etildi.

38. Sardor Rashidovning bu safargi urinishi ham zoe ketdi.

33. O'zbekiston terma jamoasi faol. Lekin goldan darak yo'q.

31. Sardor Rashidov uzoq masofadan darvozani o'qqa tutmoqchi bo'ldi. Lekin zarbaga aniqlik etishmadi.

27. Vakillarimizning navbatdagi hujumi paytida o'yindan tashqari holat qayd etildi.

24. Azamat Isroilovning zarbasi noaniq bo'ldi.

21. Ajoyib hujum! Sardor Rashidovning ajoyib harakatlaridan so'ng Farhod Tojiev qulay vaziyatga ega chiqqandi. Lekin Tojiev bu imkoniyatdan samarali tarzda foydalana olmadi.

18. Jarima to'pidan so'ng raqib himoyachilari to'pni chiqarib yuborishdi. Burchakdan uzatib berilgan to'pga Fozil Musaev boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

16. Vakillarimiz jarima to'pi tepishadi.

15. Hozircha xavfli vaziyatlarsiz o'yin davom etmoqda...

14. Fozil Musaevning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.

12. O'zbekiston terma jamoasi asta-sekin o'yindagi tashabbusni o'z qo'liga olmoqda.

10. Anas Yassin hakam tomonidan ogohlantirildi.

9. Sardor Rashidovning etkazib bergan to'piga Igor Sergeev etib kela olmadi.

7. Vakillarimizning hujumi yakuniga etmay qoldi.

6. O'yin tempi yuqori emas.

4. Sardor Rashidovning harakatlarini raqib himoyachilari payqab qolishdi va undan to'pni olib qo'yishdi.

3. Jamoalar asosan maydon markazida kurashishmoqda.

2. Iordaniya uchrashuvni hujumkorlik bilan boshladi.

1. O'yin boshlandi!

-
O'yinni oq kiyimdagi O'zbekiston terma jamoasi boshlaydi. Iordaniya qizil libosda o'ynaydi

- Navbat O'zbekiston madhiyasiga!


- Iordaniya madhiyasi yangramoqda...

Uchrashuvga bo'lgan qiziqish past darajada. Stadion muxlislar bilan to'lib toshayotgani yo'q. Bugun ajotaj bo'lmasligi aniq.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun  O'zbekiston terma jamoasi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Iordaniya bilan bahs olib boradi. Ushbu o'yindan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz.

Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика