So’nggi yangiliklar

21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  0 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  151 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  1 19:33​Санчодан уятли кўрсаткич  0 19:10Расман: Максим Шацких – "Андижон" бош мураббийи, Виталий Шпанюк – жамоанинг жисмоний тайёргарлик бўйича мураббийи  15 18:53Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги. "Оил Стар" ва БМБ финалда тўқнаш келадиган бўлди  1 17:37"ЎзСҚБ кўплаб вазиятлар яратди, бизнинг йигитлар туриб бера олишди" — Рустам Умаров  1 17:16"Арсенал" АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  0 16:30Ўзбекистон Кубоги. 3-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Сурхон" ва "Шўртан" 1 нафардан йўқотишга эга  0 16:15"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  18 15:58Ўзбекистон Кубогида нима гап?  8 15:48Ўзбекистоннинг БАА ҳамда Қатарга қарши учрашувлари учун ҳакамлар тайинланди  21 15:48Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" 9:0 ҳисобида ютгани фойдасизми? "Насаф" 1:0 ҳисобида ютса, кейинги босқичга чиқадими?   12 15:31"Футбол олами". Водий дербисида "Нефтчи"да ғалаба, "Пахтакор"да 6:0, Қаршида жанговар дуранг ёхуд 9-тур ҳақида батафсил  0 15:20Эшитдик-да! CAFA U-17 мусобақасида Ўзбекистон U-16 терма жамоаси қатнашади  0

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston SHomurodovning goli evaziga Boliviyani mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston SHomurodovning goli evaziga Boliviyani mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  O'zbekistonBoliviya
O'zbekiston va Boliviya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston - Boliviya 1:0

Gol: 1:0 — 36, SHomurodov.

O'zbekiston: 12. O'tkir Yusupov, 3. Xojiakbar Alijonov, 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek SHukurov, 8. Odil Xamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (11. Oston O'runov, 79), 13. SHerzod Nasrullaev (4. Ibrohimxalil Yo'ldoshev, 59), 14. Eldor SHomurodov (17. Sardor Sobirxo'jaev, 90), 15. Umar Eshmurodov, 20. Jasur Yaxshiboev (Aziz Turg'unboev, 59), 23. Xusniddin Aliqulov.

Boliviya: 1.Karlos Lampe, 3.Diego Medina, 5.Adrian Xusino, 6.Denni Bexarano, 8.Migel Terseros, 9.Moreno, 13.Xayme Arraskaita, 17.Roberto Fernandes, 19.Luchano Ursino, 20.Jeyson CHura, 22.Leonardo Zabala (21. Xose Segredo, 27)

Ogohlantirishlar: Luchano Ursino (33), Jaloliddin Masharipov (45), Ibrohimxalil Yo'ldoshev (85), Otabek SHukurov (90)

CHetlatish: Xose Segredo (90)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+4. CHetlatish: so'nggi umid folini ishlatgan Xose Segredo o'rtoqlaridan sal avvalroq kiyimlarini almashtiradigan bo'ldi.

90. Yostig'imga qarab, yana 4 daqiqa sabr qil, deb qo'ydim.

90. O'zgarish: SHomurodov o'rniga Sobirxo'jaev uchrashuvni yakunlab qo'yadi.

88. Qanotdan oshirilgan uzatmadan so'ng O'tkirbekjonbek Yusupov ishonchli harakat qildi.

85. Yo'ldoshev raqibni ushlashing kerak deyilgan ko'rsatmalarni ado etib, hujumda raqibini ushlab qoldi va ogohlantirildi. 

79. O'zgarish: Masharipov o'rniga O'runov maydonga tushirildi.

78. Boliviyalik futbolchi zarba berishidan avval himoyachilarimizni qo'rqitdi. Keyin esa bunaqa zarba yo'llaganidan o'zi qo'rqib ketdi.

76. SHomurodov Turg'unboevga uzatma amalga oshirgandan ko'ra uzatmagan maqulroq edi.

74. Turg'unboevdan so'ng SHomurodov zarba yo'lladi, so'ngra himoyachi bartaraf etgan to'pni tepgan sherigining zarbasini Eldorning o'zi qaytardi.

69. Boliviyada yana ikki o'zgarish ro'y berdi.

68. Hozirigina maqtalayotgan Hamrobekov buni eshitib, taltayib ketdi shekilli, Mbappe ham yugurib, zo'rg'a etadigan masofaga pas berdi.

62. Masharipov ijrosida yaqin masofadan zarbaaapshu!!! Kechirasiz, aksirish uchun ham, zarba uchun ham.

59. O'z navbatida Boliviya safida birato'la uch o'zgarish amalga oshirildi.

58. O'zbekistonda ikki o'zgarish: Jasur Yaxshiboev o'rniga Aziz Turg'unboev, SHerzod Nasrullaev o'rniga Ibrohimxalil Yo'ldoshev maydonga tushirildi.

52. Masharipov tomonidan Yaxshiboevga yaxshi pas uzatildi. Ammo uning yonidagi raqibi Jasurdan jasurroq harakat qildi.

47. Ikkala jamoa futbolchilari maydonda ag'anab yotibdi. Mahallamizdagi qorovul amaki dozadan oshirvorganda, shundoq dumalab yotishi yodimga tushib ketdi. Har holda, bular hushyor.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Masharipov hakam libosi rangidagi kartochka bilan taqdirlandi.

45. Birinchi bo'limga dangasa o'quvchilar yaxshi ko'radigan bahoga teng daqiqa qo'shib berildi.

44. Jasur Yaxshiboev ism-u jismiga mos harakat qila olmayapti. 

43. Yusupov ikki marotaba to'pni darvozaga kirishiga yo'l qo'ymay, uni xafa qilgancha, ortga qaytarib yubordi.

41. Masharipov ajoyib tarzda raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, faqat shu ergacha ajoyib bo'ldi.

36. GOOOOOOOOOOLLLLLL!!! SHomurodov raqib futbolchilaridan qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi va gol urishni esidan chiqarib qo'ymaganini isbotladi.


33. Hakam raqib yog'ini tepgan Ursinoga "Ogohlantirilganing yodingda tursino" deb maslahat berdi.

32. SHomurodov raqib jarima maydonida yiqildi va to'pni raqib posboni o'yinga kiritadigan bo'ldi.

29. Masharipov uzatgan to'pni qabul qilishda Nasrullaevga karate usuli ham yordam bermadi.

27. O'zgarish: Xose Segredo Zabala o'rniga uchrashuvni davom ettiradi.

26. Bugungi uchrashuvda futbolchilar o'zgacha taasurot bilan qaytsa, Zabala jarohat bilan qaytadigan bo'ldi.

20. Moreno uzoq masofadan raqib darvozasini nishonga olib ko'rdi. Yusupov to'pni eson-omon maydon tashqarisiga kuzatib qo'ydi.

18. Masharipovning qanotga uzatmasidan so'ng Nasrullaev erga tuflagancha ortga qaytdi.

16. "Umar, tegma, tegma, xorosh". Yusupovdan yaxshi murabbiy chiqarkan. Babayanning shogirdi-da.

13. Boliviyaliklar oldinga borishga urinmoqda. O'tkir Yusupovning "Vyxod" deya baqirgani "Seni shoshmay tur" multfilmidagi bo'rining "Zayac" deya qichqirishiga o'xshab jarangdor eshitilmoqda.

11. Hamrobekov raqib jamoadagi sheriklari to'p oshirmagandan o'zi Morenoga zarba berish uchun imkoniyat yaratib berdi.

8. Ursino Masharipovning kelajagini barbod qilmoqchi bo'ldi, yaxshiyam to'qnashuv jiddiy bo'lmadi.

7. Karlos Lampe dastlab og'zidagi saqichni erga, so'ngra to'pni sherigiga tashladi.

2. Boliviyalik futbolchi maydon markazida SHomurodovning paypog'ini yuviladigan ahvolga soldi.

1. Uchrashuv boshlandi. Ketdik. Uyqugamas, tomoshaga.

Bugun O'zbekiston oq, Boliviya yashil rangda harakat qiladi.

Madhiyalar ijro etilmoqda.

Bayroqlar olib chiqilgandi, so'ngra sovqotib qolishdi shekilli, yana ichkariga kirib ketildi. Maydonda xodimlar paxta tergandek engashib, nimalarnidir terib yubribdi.

Saudiyadagi stadion o'rindiqlar bilan to'lib-toshgan. Hozircha maydonda sukunat, faqatgina ekran ortida kimdir hamkasbiga Afandining yangi latifasini aytib berdi chog'i, kulgi ovozi quloqqa chalindi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Boliviyaga qarshi maydonga tushadi. Janubiy Amerika terma jamoalarini yaxshi bilasiz, ular juda abjir, futbolchilarni ikkala oyog'idan ushlab olsangiz ham, emaklab borib bo'lsa-da, gol urishga harakat qilishadi.

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика