So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

O'rtoqlik uchrashuvi. "Olmaliq" - "Metallurg" 2:4 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Olmaliq" - "Metallurg" 2:4

Teglar :  OlmaliqMetallurg
Xabar berib o'tganimizdek, "Olmaliq" bugun Bekobodning "Metallurg" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Uchrashuv gollarga boy bo'ldi. Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar darvozalarga urilgan oltita golga guvoh bo'lishdi. O'yining ettinchi daqiqasida Dilmurod Karimov hisobni ochdi. 28-daqiqada Arslonmurod Amanovga nisbatan jarima maydonchasida qo'pollik ishlatildi. Belgilangan penaltini Farhod Tojiev bexato amalga oshirdi. Ikkinchi taymda jamoamiz hujumkorlikni oshirgan bo'lsada, bu hisobda aks etmadi. Aksincha bekobodliklar yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi. 62 va 68-daqiqalarda Zohid Abdullaev Mixail Naumov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etib, "Metallurg"ni oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada Doniyor Ismoilov hisobni qisqartirishga erishdi. O'yinning so'nggi daqiqasida Sunnat Ermatov o'yinda yakuniy hisobni o'rnatuvchi golga mualliflik qildi.
Bu bahsda jarohat sabab Islom Inomov va Darko Stanoevich ishtirok etmadi. Doston Toshmatov, Umid Xonimqulov, Roman Abdulov va Ro'zimboy Ahmedovlar esa mashg'ulot o'tkazish bilan cheklanishdi.

Uchrashuvni jamoalar quyidagi tarkiblarda o'tkazishdi.

"Olmaliq" - "Metallurg" 2:4
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Eldor Tursunov, Jahongir Abdurazzoqov, SHuhrat Rajabov.
Gollar: Farhod Tojiev 28-penalti, Doniyor Ismoilov 70 - Dilmurod Karimov 7, Zohid Abdullaev 62, 68, Sunnat Ermatov 90.
"Olmaliq": Nikita SHkvirin, Rahmatillo Berdimurodov, Saidkomil Akbarov, Evgeniy Gogol, Ibrohim Rahimov, Timur SHaripov, Mirjamol Qosimov, Arslonmurod Amanov, Doniyor Ismoilov, Diyor Turopov, Farhod Tojiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mixail Naumov, Zohir Pirimov, Nikita Pavlenko, Murod Rajabov, Muhammad Isaev, Azamat Isroilov, Azizbek Suyunov, Abduqahhor Hojiakbarov, Islombek Isoqjonov.

"Metallurg": Zafar Safaev, Hikmat Hoshimov, Vusol Magerramov, Murod Toshmatov, Dilmurod Karimov, Ayubxon Nomanov, Ergash Ismoilov, Javohir Esonqulov, Davron Karimqulov, Doniyor Odilov, Zohid Abdullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirg'iyos Sulaymonov, Jasur Ahmedov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Farhod Namozov, Sunnat Ermatov, Ozod Komilov.

Uchrashuv yakunlangach, jamoamizda ko'rikda bo'lgan Mixail Naumovga javob berildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика