O'rtoqlik uchrashuvi. "Buxoro" - "Qo'qon-1912" 2:1
18 jan 2016 15:27
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. "Buxoro" - "Qo'qon-1912" 2:1
“Buxoro”ga qarshi kechgan bahsda Murodjon Ismoilov shogirdlari 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.
O'yinni vakillarimiz yaxshi boshlashgan edi. Birinchi bo'limda Abdul Aziz Yusupov raqib darvozasini ishg'ol etgandi. SHuningdek, birinchi taymda Oybek Nurboev qizil kartochka bilan jazolandi.
Ikkinchi bo'limda buxoroliklar ikki marta darvozamizni ishg'ol etishdi. Natijada jamoamiz mag'lubiyatga uchradi.
Yig'in doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvi 21 yanvar kuni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.
Nazorat uchrashuvi
“Qo'qon-1912” – “Buxoro” – 1:2 (1:0)
“Qo'qon-1912”dan golni Abdul Aziz Yusupov kiritdi.
“Qo'qon-1912”: Aziz Ashurov, Orif Mamajonov, Oybek Nurboev, Ilya Ilin, Ilhom Komilov, Xayrullo Jakparov, Iqbol Malikjonov, Oybek Rustamov, Furqat Hasanboev, Aziz To'xtaboev, Abdul Aziz Yusupov.
Zaxira: G'ayrat Hasanov, Jalil Kimsanov, Bahodir Akramov, Izzat G'aniev, Alibobo Rahmatullaev, Otabek Zokirov, Nosir Otaqo'ziev, Otabek Haydarov, Avaz Mamatxo'jaev, Zokir Qoraqulov, Maruf Zokirjonov, Ibrohim Muxtorov.
CHetlatish: Oybek Nurboev.
Nodir Qo'ziboev va Andrey Baklanovlar jarohati bois ushbu o'yinda ishtirok eta olishmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar