O'rtoqlik uchrashuvi. "Bunyodkor" va "So'g'diyona"da g'alaba
06 iyu 2021 12:57
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. "Bunyodkor" va "So'g'diyona"da g'alaba
SHuhrat Maqsudov murabbiyligidagi "Bunyodkor" jamoasi kecha "Metallurg"ga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushdi. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda "qaldirg'ochlar" 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Nurillo To'xtasinov, Mirjahon Mirahmadov, Xurshid G'iyosov va SHahboz Erkinov tomonidan urilgan gollarga bekobodliklar SHahzod Nurmatovning goli bilan bir bor javob qaytara oldi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
“Bunyodkor” – “Metallurg” – 4:1
“Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
Hakam: Viktor Serazetdinov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Gol: N.To'xtasinov (22), M.Miraxmatov (28-p), X.G'iyosov (45), SH.Erkinov (57) – SH.Nurmatov (32).
Toshkentda o'quv-mashg'ulotlarni olib borayotgan Muborakning "Mashal" klubi esa "So'g'diyona" bilan to'qnash keldi. O'yinning 21-daqiqasida Luka CHermel tomonidan urilgan gol "So'g'diyona"ga 1:0 hisobidagi g'alabani taqdim qildi.
"Mashal" - "So'g'diyona" 0:1
Gol: Luka CHermel, 22
Fikrlar