O'rtoqlik uchrashuvi. "Bunyodkor" va "So'g'diyona"da g'alaba

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2021, 12:57
Terma jamoa yig'inlari sabab Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib klublarimiz o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishmoqda.

Shuhrat Maqsudov murabbiyligidagi "Bunyodkor" jamoasi kecha "Metallurg"ga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushdi. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda "qaldirg'ochlar" 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Nurillo To'xtasinov, Mirjahon Mirahmadov, Xurshid G'iyosov va Shahboz Erkinov tomonidan urilgan gollarga bekobodliklar Shahzod Nurmatovning goli bilan bir bor javob qaytara oldi. 

O'rtoqlik uchrashuvi.

“Bunyodkor” – “Metallurg” – 4:1  

“Bunyodkor” akademiyasi maydoni.

Hakam: Viktor Serazetdinov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Gol: N.To'xtasinov (22), M.Miraxmatov (28-p), X.G'iyosov (45), SH.Erkinov (57) – SH.Nurmatov (32).


Toshkentda o'quv-mashg'ulotlarni olib borayotgan Muborakning "Mashal"  klubi esa "So'g'diyona" bilan to'qnash keldi. O'yinning 21-daqiqasida Luka Chermel tomonidan urilgan gol "So'g'diyona"ga 1:0 hisobidagi g'alabani taqdim qildi. 

"Mashal" - "So'g'diyona" 0:1

Gol: Luka Chermel, 22

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia