

O'yinda Avstraliya 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Martin Boyl terma jamoadagi debyut uchrashuvida dublga erishdi. Yana bir golni Mettyu Leki livanliklar darvozasiga urdi. Bir necha kun oldin O'zbekiston terma jamoasi Livan bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan edi.
Bugungi uchrashuv Tim Keyxill uchun Avstraliya terma jamoasi safidagi eng so'nggi bahs bo'ldi. U oxirgi 5 daqiqaga maydonga tushdi.
Avstraliya - Livan 3:0
Gollar: Martin Boyl - 19', Martin Boyl - 41', Mettyu Leki - 68'







