So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Orif Mamatkazin: "Andijon" ikkinchi davrada mazmunli o'yin namoyish etadi" Yangiliklar

Orif Mamatkazin: "Andijon" ikkinchi davrada mazmunli o'yin namoyish etadi"

"Nasaf" - "Andijon" o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida “Andijon” jamoasining bosh murabbiyi - Orif Mamatkazin ishtirok etdi va quyidagi fikrlarini bildirdi.

- Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, darvozamiz dahlsizligini saqlab qoldik. Ikkinchi bo'limda birinchi bo'lib gol ham urdik. Ammo ikkinchi bo'limda jamoamizga nimadir etishmadi. Qolaversa, jamoamiz ellik foizga yangilandi, futbolchilarimizning bir-birlarini tushunib olishiga ozroq vaqt kerak bo'ladi. Albatta, “Nasaf” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman, istardimki jamoa bu yil ham finalga chiqsa va ajoyib natijani qo'lga kiritsa. Oldingi o'yin bilan qanday farq bor? Ko'rinib turibdiki, “Nasaf” tarkibida paydo bo'lgan o'yinchilar bugun o'zlarini ko'rsatishdi. Yangicha o'yin namoyish etishdi. Ularni bir-birlarini tushunishlari, faol harakatlari yaqqol ko'rinib turdi.
 
“Andijon” jamoasi oldida yuqoriroq o'rinni egallash turibdi. Bunga kuchimiz etadi. Oldimizga qo'yilgan maqsadni amalga oshirishimiz shart. O'ylaymanki, jamoamiz ikkinchi davrada mazmunli o'yinlar ko'rsatib, o'z maqsadiga erishadi. Bu yil kim kubok sohibi bo'ladi? Fikrimcha, bu yil ham “Nasaf” kubokni egallaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика