"Andijon": Orif Mamatkazinni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
28 sen 2016, 12:31
Bugun, 28 sentyabr – “Andijon” futbol klubining bosh murabbiyi Orif Mamatkazin o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Orif Ismoilovich bugun 48 yoshni qarshi olmoqda. Shu munosabat bilan Mamatkazinni “Andijon” PFK rahbariyati, ishchi-xodimlar, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda jamoa muxlislari nomidan tabriklaymiz!

Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilasi va farzandlari baxtiga doim sog' bo'lib yurishini tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcandijon.uz