So’nggi yangiliklar

12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  2 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  17 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  4 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7

O'quvchilarimiz saytimizning eng yaxshilarini aniqlashdi Yangiliklar

O'quvchilarimiz saytimizning eng yaxshilarini aniqlashdi

"Qazayaqli_Adilbay_0808" nikidagi o'quvchimiz tashabbusi bilan, "SA"ni 3 yoshga to'lishi munosabati bir qator nominaciyalar bo'yicha so'rovnoma o'tkazildi.
O'quvchilarimiz "championat.asia"ning eng yaxshi jurnalisti, loyihasi, maqolasi, intervyusi, yangiligi va o'quvchisi kabi nominaciyalarda o'z ovozlarini berishdi. 

"Qazayaqli_Adilbay_0808" boshchiligida natijalarni hisoblab chiqdik. Unga ko'ra barcha g'oliblar aniqlandi.

Eng yaxshi jurnalist yo'nalishida Xayrulla Xoliqov 40 ochko to'plab g'olib bo'ldi. Keyingi o'rinni Behzod Nazarov egallagan bo'lsa Narzulla Saydullaev uchinchi bo'ldi. Bu yo'nalishda g'olib bo'lgan Xayrulla Xoliqov barcha hamkasblari uchun bayram dasturxonini tuzaydi.

Xayrulla Xoliqov 40
Behzod Nazarov 30
Narzulla Saydullaev 25
Islombek Rustambekov 18
Humoyun Dovurov 13
Abror Qodirov 8
Baxtiyor SHirinov 4
Tolibjon Qosimov 4
Miraziz Murodov 4

O'quvchilar eng yaxshi maqola deb “Nodirxo'ja Yuldashevdan, Ahmedov manziliga...” nomli maqolani tanlashdi. Keyingi o'rinda esa “Tur de Dubay yoxud vijdon...” nomli maqola qayd etildi.

Eng yaxshi loyiha yo'nalishida birdaniga ikki loyiha birinchi o'rinni oldi. “FIFA.UZ” va “Muxlis minbari” o'quvchilar tomonidan yilning eng yaxshi loyihalari deb topildi. Faxrli uchinchi o'rinni esa har chorshanba kuni bo'lib o'tayotgan “Zukko muxlis” tanlovi egalladi. Ovozlar orasida “Aleks Fergyuson avtobiografiyasining tarjimalari” va “Kecha,bugun,ertaga” loyihasi ham borligini takidlash lozim.

Saytning “championat.uz”dan “championat.asia”ga o'zgarishini o'quvchilarimiz yil yangiligi deb topishdi. SHuningdek yil yangiligi sifatida sayt xodimlarining xorijdagi musobaqalarni yoritishlari, saytda birinchi liganing onlayn tarzda yoritib borilgani va mobil versiyaning qulaylashtirilganini ham qayd etib o'tishgan.

Ko'pchilik ovoz bilan Noil Gubanovning intervyusi saytda chiqqan eng yaxshi intervyular orasida birinchi bo'ldi. Keyingi o'rinlarda Yaponiya o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyidan olingan intervyu, Mirjalol Qosimovdan olingan intervyu, Farhod Magometovdan olingan intervyu, Islombek Rustambekov tomonidan birinchi liga vakillaridan olingan intervyular qayd etilishdi.

Ko'pchilikning fikriga ko'ra saytda “Oltin to'p” va “Yil murabbiyi” so'rovnomasining o'tishiga sababchi bo'lgan “FK DAVR” saytimizda eng yaxshi o'quvchi deb topildi. “Qazayaqli_Adilbay_0808”, “KANIMEX”, “Zohid”, “Ikroman_uz” va “Masha va Medved” kabi o'quvchilarimizga ham ovozlar berishgan. 

 

Saytimizda o'quvchilar bilan birgalikda tashkil etiladigan loyihalarimiz davom etaveradi. Istalgan o'quvchi o'z loyihasini "asia@championat.asia" elektron manziliga yuborishi mumkin. Ular orasida tahririyatga maqul kelgani amalga oshiriladi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика