"Oq-tepa": “NBU-Osiyo”dan ustun keldik"
16 fev 2014 18:11
Yangiliklar

"Oq-tepa": “NBU-Osiyo”dan ustun keldik"
Bugun "Oq-tepa" “NBU-Osiyo”ga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Yodingizda bo'lsa, “bankirlar” bilan 25 yanvar kuni ham o'yin bo'lib o'tgan edi. O'sha bahsda Jafar Irismetov boshchiligidagi “NBU-Osiyo” jamoamizdan 1:3 hisobida ustun kelgan edi. Bu safargi to'qnashuvda “Oq-tepa” g'alaba nashidasini surdi.
Hisob qiziqarli kechgan bellashuvning birinchi bo'limida ochildi. "Oq-tepa" futbolchilari raqib darvozasi oldida juda ko'p imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo hujumlarni yakunlash chog'ida yo'l qo'yilgan shoshma-shosharlik hisob bo'lim oxirida ochilishiga olib keldi. Bo'lim yakunlanishi arafasida hujumchi Xurshid Yo'ldoshev Xurramovich o'ng qanotdan boshlangan hujumni gol bilan yakunladi. Markaziy himoyachilarning etiboridan chetda qolgan Xurshid bo'sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg'ol qildi – 1:0.
Ikkinchi bo'lim birinchisiga nisbatan biroz zerikarli ko'rinish oldi. Sababi, ikkala jamoa murabbiylar shtabi ham tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Tabiiyki, bu o'yinga o'z tasirini o'tkazdi. SHunday bo'lsa-da, yakunda g'alaba biz tomonda bo'ldi.
Aytib o'tish kerak, tarkibga darvozabon SHohjahon Qilichev, himoyachi Ahrol Risqullaev, yarim himoyachi Sobir Usmonxo'jaev kelib qo'shildi. Bu futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda.
Nazorat uchrashuvi
“OQ-TEPA” – “NBU-OSIYO” – 1:0 (1:0)
16 fevral. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
Bosh hakam: Igor Xudoydotov.
“Oq-tepa”: SHohjahon Qilichev, Farrux Zikriyaev, Nodir Sadullaev, Said Topilov, Nodir Teshaboev, Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich, Zafar Qoraqulov, Nikita Pavlenko, Bobur Abdurahmonov, Xurshid Yo'ldoshev Xurramovich, Maruf Ahmadjonov.
Zaxiradan tushganlar: Viktor Mochalov, Ilhom Jumanov, Abdumavlon Tursunov, Zokir Mirzaahmedov, Bunyod Qoraboev, Sobir Usmonxo'jaev, Farrux Saydaliev, Murod Axatov.
Gol: Xurshid Yo'ldoshev Xurramovich, 44 – 1:0.

Fikrlar