"Oq-tepa": Kimda qancha? Hujumchilar
27 dek 2013 12:50
Yangiliklar


"Oq-tepa": Kimda qancha? Hujumchilar
Ushbu mavsum “Oq-tepa” safida 5 nafar himoyachi ro'yxatdan o'tdi.
Birinchi bosqich o'yinlaridan keyin
jamoani tark etgan Bahodir Ergashev umuman maydonga tushgani yo'q. Eng kam
harakat qilgan hujumchi Rafael Abdurahmonov bo'ldi. Yozgi tanaffusda
“Lokomotiv”dan kelib qo'shilgan iqtidorli hujumchi ikkinchi bosqichning 9
uchrashuvida maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch bor ishg'ol qildi.
Umumiy hisobda 685 daqiqa to'p surdi.
Maydonda eng ko'p harakat
qilgan futbolchi “Oq-tepa”ning tajribali hujumchisi Maruf Ahmadjonovdir.
Ahmadjonov 34 uchrashuvda harakat qildi. Hakamlar tomonidan 6 marta
ogohlantirilgan hujumchi mavsum yakunida 16ta gol bilan jamoamiz
to'purariga aylandi.
Futbolchilarning ko'rsatkichlari
# | Ismi-sharifi | O' | D | G | K |
1 | Maruf Ahmadjonov | 34 | 2834 | 16 | 6 |
2 | SHohruz Norxonov | 19 | 280 | - | 1 |
3 | Berumiy Abdunabiev | 18 | 1058 | 3 | 2/1 |
4 | Rafael Abdurahmonov | 9 | 685 | 3 | - |
5 | Bahodir Ergashev | - | - | - | - |

Fikrlar