So’nggi yangiliklar

07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна» мағлуб этди  0 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3

O'n sakkizga kirmagan kim bor? Yangiliklar

O'n sakkizga kirmagan kim bor?

O'tgan hafta Jenoaning 16 yoshli hujumchisi Pellegri Lacio bilan o'yinda dublga erishdi.

Petro Pellegri (“Jenoa”; Italiya) - 16 yosh (2001yil 17 mart)
Pellegri OAVda ilk bor o'tgan yil dekabr oyida A Seriyadagi debyutidan so'ng ko'zga ko'ringan. O'sha paytda u bor yo'g'i 15 yoshni qarshilagan edi. Bir vaqtning o'zida “Yuventus”, “Inter” va “Milan” klublari unga qiziqish bildirdi. Pellegri o'tgan mavsum so'nggida Franchesko Totti bilan bo'lgan xayrlashuv uchrashuvda “Roma” klubi darvozasini ilk goli bilan ishg'ol etdi. “Lacio” bilan bo'lgan bahsda esa durang natijaga erishdi. Ko'rib turganingizdek, Jeneva fuqarosi faqat poytaxt jamoalarining darvozasiga hujum qilyapti. U endigina 16 yoshga to'ladi. Demak, hali hammasi oldinda! Bo'yi 191sm bo'lgan futbolchi shu yo'sinda davom etsa, qisqa muddat ichida jonajon Ligurida qolish imkoniyatini qo'lga kiritishi mumkun. SHimoliy italiyaliklar grand uchun “qaynoq taklif”larni tayyorlashmoqda. SHunday qilib, “Inter” A Seriyada 15 yoshida debyut qilgan ikki forvard Petro Pellegri va Eddi Salsedo uchun 60 million evro berishga tayyor. O'z navbatida, “Milan” ham yozgi xarajatlardan so'ng, tezroq pul to'plab, yosh transferlarni sotib olshni rejalashtirgan. XXI asrning top-chempionatlarida eng yosh futbolchilardan biri Petro hisoblanadi.

“Men bolaligimdan futbol haqida orzu qilardim. Bugungi kunda esa ularning ro'yobini ko'rish nasib etdi. Bu men va otam uchun juda muhim. Kichikligimda otam nima bo'lishidan qatiy nazar, doim meni mashg'ulotga olib borardi. U menga to'g'ri yo'lni ko'rsatdi. Onam esa faqat o'qishim haqida qayg'uradi. Endi tonggi mashg'ulotlardan so'ng, qo'shimcha darslarga ham qatnayman. Mening kumirim - Zlatan Ibragimovich. U dunyodagi eng yaxshi hujumchi”, - deydi Petro.


Vinisius Junior (“Real”, “Flamengo”da ijarada; Braziliya) - 17 yosh (2000 yil 12 iyul)
“Flamengo” jamoasida ilk bor o'yinga chiqqaniga 10 kun bo'lgan, endigina 17 yoshni qarshilagan braziliyalik futbolchiga “Real” 45 million evro to'ladi. Agar “Qirollik klubi” Vinisius Junior “yulduz” bo'lishiga ishonmaganida, “nomi chiqmagan” yosh futbolchiga bu miqdordagi summani to'lamagan bo'lar edi. Yosh futbolchi kelgusida “Real” va “Flamengo” o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. SHartnomaga ko'ra, u 2019 yil yozgacha Rio-de-Janeyroda qoladi. To'g'ri, xattoki, eng yaxshi mutaxassis ham, har qaysi yosh o'yinchi kelajakda jahon miqyosidagi futbolchi bo'lib etishadi deb aniq ayta olmaydi. CHunki nazorat qilib bo'lmas omillar bunga yo'l qo'ymaydi. Ammo, 45 millioniga achinmagan “Madrid”ning bu qarori yosh o'yinchi haqida bizni o'ylashga majbur qildi. “Flamengo” tarkibidagi futbolchi sekinlik bilan harakat qilayotgan bo'lsa-da, harakatlaridan samarali natijalarga erishishiga shubha yo'q.

Nega Vinisius bunchalik qimmat? “Real” aqldan ozdimi?!
“Men “Flamengo” muxlislariga faqatgina quvonch baxsh etish va yaxshi o'yin ko'rsatish uchun stadionga tushaman. SHunday klub menga etibor qaratganidan juda ham baxtiyorman. Lekin “Real”ning hadya etgan puli haqida hozircha o'ylayotganim yo'q. Avval “Flamengo”da olg'a qadam tashlab, sovrinlarni qo'lga kiritishni rejalashtirganman. SHular amalga oshgandan so'ng, “Real” haqida o'ylab ko'rishim mumkun”, - deydi Vinisius Junior.


Rayan Sessenon (“Fulxem”; Angliya) - 17 yosh (2000 yil 18may)
Sessenonni "ingliz Garet Beyli" deb atashadi. CHunki yigitning asosiy vazifasi mudofaaning chap qanotida bo'lsa-da, u yarim himoyaning chetida o'ynamaydi. Bu esa boshqalarning darvozasida samarali harakat qila oladi deganidir. Rayan 36 ta chempionat o'yinlarida 6ta gol urgan. Bu yosh futbolchi uchun yaxshi ko'rsatkichdir. Nazarimizda, APLning barcha klublari Sessenon bilan qiziqyapti, “Tottenxem” klubi esa o'tgan yozda 25 million funtga ushbu transferni sotib olmoqchi bo'lgan. “Dala hovlichilar” Angliya futbolining kelajagi bo'lgan o'yinchini arzonga sotish niyati yo'q. Sessenon esa APLda o'ynashga tayyor.


Moyze Kin (“Yuventus”, “Verona”da ijarada; Italiya) – 17 yosh (28 fevral 2000 yil)
Aynan Moyze Kin 2000 va undan keyingi yillarda tavallud topganlar ichida birinchi bo'lib A Seriya bahsida maydonga tushgandi. Pellegrining debyuti bir oy keyin amalga oshdi. Ivuarlik italyan “Yuventus” tarkibida CHempionlar Ligasida ham maydonga tushishga ulgurdi. Bu mavsumni esa yosh iqtidor sohibi ijarada - “Verona”da o'tkazadi. U erda futbolchi Turindagidan ko'proq o'yin amaliyoti va imkoniyatga ega bo'lishi turgan gap. Mutaxassislar Moyze yaqin kelajakda jahon futboli yulduzi bo'lib etishishini taxmin qilishmoqda. SHunday ekan, “Yuventus” yaxshisi futbolchining otasi bilan iliqroq munosabatda bo'lib, aloqalarni yaxshilayvergani maqul. So'nggi yillar shuni ko'rsatyaptiki, futbolchi oilasidagilar bilan yaxshi munosabatda bo'lish bu biznesning muhim bir qismi bo'lib ulgurgan.

“Birinchi golimni urishga muvaffaq bo'lganimdan juda xursandman! “Yuventus”dek klub sharafini himoya qilish va uning tarkibida gol urish – har qaysi 17 yoshli futbolchining orzusi. Bu endi boshlanishi va oldinda meni katta mehnat kutib turibdi. Asosiy jamoa mashg'ulotlarida ko'p narsani o'rgandim. U erda menga hamma yordam berib, zarur paytda maslahatini ayamadi. Aynan ular meni olg'a intilishga chorlashdi. Erishganlarimni oilam va bevosita onamga bag'ishlayman! Menimcha oyim “Yuventus” tarkibida gol urganimga ishonmasalar ham kerak!”


Jeydon Sancho (Borussiya Dortmund; Angliya) – 17 yosh (25 mart 2000 yil)
Sancho hali chinakamiga katta futbolda ko'rinmadi, ammo yoshlar o'rtasidagi Evropa CHempionati qaxramoni uchun istisno qila qoldik. Jeydon qita chempionatida o'zining ajoyib harakatlari bilan mutaxassis va muxlislar etiboriga tushib ulgurdi. Musobaqada u 5 ta gol urdi, 5 bor sheriklariga golli uzatma etkazib berdi va hisobida adashib ketadigan darajada ko'p aldamchi harakatlar qildi.

Texnik jihatdan tug'ma juda kuchli  bo'lgan Sanchoning “kalla”si ham joyida bo'lsa, bizni yangi mega-yulduz uzoq kuttirmaydi deyavering. Tushunarsiz, lekin pulga muxtoj bo'lib qolmagan “Manchester Siti” transfer oynasi so'nggi kunida Sanchoni “Borussiya”ga bor yo'g'i 8 million funtga sotib yubordi. Dortmundda yosh futbolchilarga qo'rqmay ishon bildirishadi, Peter Bosh esa yaqin o'tmishda “Ayaks” murabbiyi bo'lgani ham hech kimning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. Golland klubi ne-ne yosh iqtidorlarni katta sahnaga olib chiqqani esa hech kimga sir emas. SHunday ekan Sancho yaqin orada “sariq-qoralar” safida debyut qilsa ajabmas.

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика