So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  6 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

O'marilgan yulduzlar termasi Yangiliklar

O'marilgan yulduzlar termasi

Teglar :  ValensiyaBarselona
Oxirgi transfer mavsumida Barselona Valensiyaning ikki etakchi o'yinchisini o'z safiga qo'shib oldi.

SHu tariqa yuksak mavqei va moliyaviy qudrati evaziga Kataloniya grandining raqib jamoalardan o'margan yulduzlar termasining safi yanada kengaydi. Sosser.ru sayti ijodkorlari yaqin-o'tmishda Barsa tomonidan xarid qilingan futbolchilardan ramziy jamoa shakllantirishdi.

Darvozabon

Klaudio Bravo (2014 yil, Real-Sosedad - 12 mln. evro)


Kamp Nouga kelishdan avval Klaudio San-Sebastyanda afsonaga aylanib ulgurgandi. Etiborlisi, mohir posbon 8 yil davomida Sosedad sharafini primeroda ham, segundada ham himoya qildi, og'ir damlarda elitaning boshqa jamoalariga o'tib ketishni istamadi. Kataloniyaliklar darvoza chizig'ini kuchaytirish maqsadida 12 mln. evrodan voz kechishdi. Natijada, jamoa ishonchli qo'riqchiga, Bravo esa sovrinlarni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ter SHtegenga munosib raqobat ko'rsata olgan posbon endi Gvardiola rahbarligi ostida maydonga tushmoqda - Man.Siti 18 mln. evaziga uni o'z safiga qo'shib oldi.

Himoyachilar

Dani Alvesh (2008 yil, Sevilya - 35,5 mln. evro)


Alvesh anchayin injiq tabiatli futbolchi. Kataloniyaliklar ortda qolgan 8 yillik faoliyati uchun hujumkor himoyachiga sarflangan mablag'dan bir marta bo'lsada afsuslanganlari yo'q. Ana shu davr ichida Dani Barsaning 23ta sovringa ega bo'lishiga, jumladan, 3 marta CHLda g'olib chiqishiga munosib ulush qo'shdi. So'nggi transfer mavsumida Yuventus Alveshni o'z safiga qo'shib oldi.

Jeremi Matyo (2014 yil, Valensiya - 20 mln. evro)


Sevilya bilan Valensiya boshqa jamoalarga qaraganda ko'proq Barsa tufayli o'z etakchilaridan judo bo'lishgan. Lekin shuni ham tan olish kerakki, bu judoliklar evaziga jabrlanuvchilar kattagina daromadga ega bo'lishgan. Bazan Barsa o'ta hotamtoylik bilan ish tutgan. Masalan, Jeremidek faxriy futbolchining muntazam ravishda maydonga tusholmasligi malum bo'lsada, uning uchun 20 mln. evroni ayamadi. Bu kabi saxovatni hamma ham ko'rsatavermaydi.

Gabriel Milito (2007 yil, Saragosa - 20 mln. evro)


Saragosa ham xuddi Valensiyadek kataloniyaliklarning 20 mln.li xayriyasidan bahramand bo'ldi. Gabriel etakchi himoyachi sifatida tashrif buyurgan bo'lsada, xarajatlarni qoplay olmadi. Boisi, argentinalik himoyachi debyut mavsumning ikkinchi yarmida jiddiy jarohatga yo'liqib, safdan chiqdi. Salomatligini tiklab safga qaytganida esa, uning poziciyasini Pike egallab bo'lgandi. Oxir-oqibat, Milito o'zining 4 yillik shartnomasi nihoyasiga etguniga qadar zaxira o'yinchisi maqomida qoldi. Keyin jonajon Independentesiga qaytib, bir mavsum to'p surgach, katta futbol bilan xayrlashdi.

Xordi Alba (2012 yil, Valensiya - 14 mln. evro)

Kataloniyada tavallud topgan futbolchi 7 yil La-Masiyada tahsil olgan bo'lsada, yakunda Valensiya kanterasining bitiruvchisiga aylandi. Barsa esa Xordini Ispaniya terma jamoasi azosiga aylanib, mamlakatning eng yaxshi chap qanot himoyachisi maqomiga erishganidan keyingina ona shahriga taklif etdi. SHundan beri Alba kataloniyaliklar himoyasining mustahkam qalqonlaridan biri sifatida to'p surib kelmoqda. Tabiiyki, uning transfer bahosi ham bir necha barobarga oshib ketdi.

Yarim himoyachilar

Andre Gomesh (2016 yil, Valensiya - 35 mln. evro)


Levantiya tojidagi javohirlardan biri bo'lgan portugaliyalik futbolchida Real safidan joy olish imkoniyati ham yo'q emasdi. Ammo u Barsadek buyuk jamoa tarkibida Evropa chempionisiz maydonga tushishini adolatsizlik deb hisobladi. Ham Messi, ham Ronaldu bilan bir jamoada to'p surganidan faxrlana oladigan futbolchi uchun jamoa rasman 35 mln. evrodan voz kechdi. Biroq turli-tuman bonuslarni qo'shib hisoblaganda, Gomeshning qiymati 50 milliondan oshib ketishi mumkin.

Arda Turon (2015, Atletiko - 34 mln. evro)

Atletiko ham o'z etakchilaridan birini kataloniyaliklar olg'ir changalidan saqlab qola bilmadi. Qizig'i, Arda yarim yil davomida rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan holda faqat mashg'ulotlar bilan kifoyalanishga ham rozi bo'ldi. Boisi, Kamp Nouga o'tayotgan payt Barsa yangi xaridlarni amalga oshirish huquqidan mosuvo etilgandi. Turonni tarkibga kiritish mumkin bo'lgan pallada esa, o'yin amaliyotiga ega bo'lish imkoniyati deyarli qolmagandi. SHunga qaramay, turkiyalik futbolchi jamoani tark etmadi va Neymar maydonga tusha olmayotgan lahzada Luis Enrikega juda qo'l keldi.

Ivan Rakitich (2014 yil, Sevilya - 18 mln. evro)

Agarda Andre Gomesh mutaxassislar taxminini oqlab, hozirgidek o'ynashda davom etsa, tez orada Andres Inesta va Ivan Rakitich bilan asosiy tarkibda maydonga tushish borasida keskin raqobatni yuzaga keltirishiga shubha yo'q. Sevilyadan o'marilgan yarim himoyachi o'zi uchun sarflangan kamtarona xarajatni allaqachon oqlab ulgurdi. Aynan uning ishonchli harakatlari evaziga Barselona Xavidek mahoratli o'yinchisidan judo bo'lganini umuman sezgani yo'q.

Hujumchilar...



Maqolaning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика