So’nggi yangiliklar

08:55Водий жамоасининг хориж йиғинида бўйдор ҳимоячи иштирок этади  0 08:35"Қизилқум" собиқ легионери "Машъал" йиғинига келиб қўшилди  0 08:05"Торино" клуби тарбияланувчиси "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Расмий хабар: "Шўртан" Ўзбекистон чемпиони ва икки нафар дарвозабон билан шартнома имзолади   0 02:39А Серия. "Интер" "Жузеппе Меацца"да "Эмполи"дан устун келди  1 00:29Сульшер "Бешиктош"да қанча ҳақ олади?  1 23:25АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ипсвич Таун"ни тор-мор этди  25 23:20БАА/Қатар Суперкубоги финали. Эркинов ва "Ал Ваҳда" Challenge Cup'ни қўлга киритди  2 22:43Дани Ольмо жароҳат олди  2 22:13Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Лас-Пальмас"ни мағлуб этиб, жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  113 22:10Назорат ўйини. "Нефтчи" Косово жамоаси билан дуранг ўйнади  9 21:48Ўртоқлик ўйини. ОКМК ва ЦСКА ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  8 21:05АПЛ. МЮ ўз уйида мағлубиятга учради, "Ноттингем Форест" яна 3 очко қўлга киритди, "Эвертон" эса "Тоттенхэм"дан устун келди  28 20:27Туркманистонга 5та гол урган Мафтуна Шойимова: "Бу фаолиятимдаги энг зўр ўйин эмас"  0 20:01Эшитдик-да! "Турон"да ўйнаган легионер футболчи Суперлигага қайтяпти  2

Omadli xarid – muvaffaqiyat omili Yangiliklar

Omadli xarid – muvaffaqiyat omili

Davralar oralig'ida elita jamoalari tarkiblarini o'z talab va ehtiyojlariga qarab kuchaytirishdi.

Kimlardir yaxshiroq saviyadagi futbolchilar bilan kelishuvga erishgan bo'lsalar, ayrimlari imkoniyatlariga qarab ish tutishgandi. Amalga oshirilgan transferlar sekin-asta o'zining natijasini bera boshladi. Quyida etiboringizga davralar oralig'ida jamoasini almashtirgan omadli futbolchilar borasida so'z yuritamiz.

Nemanya YOVANOVICH (Qizilqum)

Yovanovich mamlakatimiz futbolida o'z o'rniga ega legionerlardan biriga aylanib ulgurdi. Yodingizda bo'lsa, u Olmaliqda to'p surgandi. Birinchi davrani Andijonda o'tkazgan serbiyalik hujumchi hal qiluvchi bosqich arafasida Qizilqumdan qo'nim topdi va aytish joizki, yangi jamoasiga tez moslashib keta oldi. Navoiyliklar safida beshta o'yin o'tkazib, shuncha gol muallifiga aylandi. Etiborlisi, Nemanya kiritgan to'plar jamoaga g'alaba keltirmoqda. Hozirga kelib tarkibdan Bahriddin Vahobov, Vohid SHodiev, Elyor Akbarov kabi hujumchilar joy olishgan bo'lsada, Yovanovich ularning soyasida qolib ketmayapti. Aksincha, murabbiylar ishonchini to'liq oqlamoqda. Xullas, serbiyalik futbolchining Qizilqumga o'tishi davralar oralig'idagi eng omadli transferlardan biriga aylandi.



Vadim CHEMIRTAN (Buxoro)

Buxoro klubi ham tarkibga legioner hujumchi taklif qildi. Moldovalik Vadim CHemirtan jamoa bilan shartnoma imzoladi. Ushbu futbolchi chempionat o'yinlariga tez moslashib, gol urishda ham ampluadoshlariga o'rnak bo'lmoqda. 19-turdan o'rin olgan Qo'qon-1912ga qarshi bahsda buxoroliklar safidagi debyut uchrashuvini o'tkazgan CHemirtan raqib darvozasini ishg'ol qilishni uddaladi. SHuningdek, keyingi turdi Andijon posbonini ham ranjitdi. Vaholanki, u mazkur bahsda bir bo'lim mobaynida o'ynagandi, xolos. Hali oldinda o'yinlar bis-yorligini inobatga olsak, Vadimda ko'plab gollar urish imkoniyati mavjud.

SHohruh GADOEV (Bunyodkor)

Davralar oralig'ida Bunyodkor azosiga aylangan iqtidorli futbolchi yangi jamoasiga tez moslashib ketdi. Metallurgga qarshi kechgan O'zbekiston kubogining birinchi bahsida gol urishdan tashqari, assistentlik vazifasini ham alo darajada bajardi. Gadoev asta-sekin jamoaning asosiy tarkibidagi o'rnini mustahkamlamoqda. Albatta, Bunyodkorda keskin raqobat hukmron, ammo shunga qaramay, Lushan ushbu futbolchiga katta ishonch bildirmoqda.  Malum muddat Bahrayn chempionatida to'p surib qaytgach, SHohruhning o'yinida pasayishlar kuzatilgandek tuyulgandi. Biroq qaldirg'ochlar safidagi o'yinlari orqali avvalgi sport formasini tiklayotganligini ko'rsatmoqda.



Dragan CHERAN (Nasaf)

Oxirgi vaqtlarda klublarimizning foydali legionerlarni tanlash borasida ancha o'sishga erishganlari ko'zga tashlanmoqda. Vaholanki, avvallari chetdan keladigan futbolchilarning oliy ligaga moslashishlari qiyin kechardi. Nasaf etakchilaridan ayrilgach, tarkibni imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kuchaytirdi. Xususan, legioner sifatida Dragan CHeranni taklif qildi. Aytish joizki, bu to'g'ri qarorga aylandi. Tajribali hujumchi yuksak salohiyat sohibi ekanini har bir o'yinda isbotlamoqda. Dastlab SHo'rtanga qarshi kechgan debyut uchrashuvida gol urishni uddaladi, so'ngra 18-turda Obod darvozasini ishg'ol qildi. 20-turda esa Paxtakor bilan bo'lgan markaziy o'yinda g'alaba to'pini yo'llab, qarshiliklarga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Ro'ziqul Berdiev hujum chizig'ini keskin kuchaytirgandi, bu esa o'z natijasini bera boshladi.

Sobir HAMIDOV (Qo'qon-1912)

So'g'diyonadan ketib, Qo'qon-1912ga borib qo'shilgan Hamidov yangi jamoadoshlari bilan tez til topisha oldi. To'g'ri, Hamidov yarim himoyachi bo'lgani vajidan gol urganicha yo'q. Lekin maydonda keng ko'lamdagi ishlarni bajarayotgani etirofga loyiq. Xususan, u sheriklari tomonidan urilgan gollarga assistentlik vazifasini qoyilmaqom tarzda uddalamoqda. Obod va Andijon bilan bo'lgan uchrashuvlarda eng faol o'yinchilardan biriga aylandi. Ayniqsa, burgutlarga qarshi kechgan bahsda sheriklariga ikki marta samarali to'p uzatishi bilan yodda qoldi. SHu tariqa, jamoasining muhim g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. Bir so'z bilan aytganda, qo'qonliklar Sobir Hamidovni tarkibga qo'shib olish orqali davralar oralig'idagi eng omadli transferlardan biriga zamin yaratishdi.

AVAZBEK tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика