So’nggi yangiliklar

14:21ОФК профессионал футбол бўйича семинар ташкил этди  0 13:44"Реал" ярим ҳимоячиси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 13:00"Ал Насср" бразилиялик ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи" — Фабрицио Романо  0 12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  1 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  29 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  8 11:42Гюндоган тунда "Барселона" лагерини тарк этди ва Англияга учиб кетди  10 11:21Неймар "Барселона"га қайтиш учун ҳамма нарсага тайёр  8 11:05"Ал Ҳилол" яна бир ТОП трансферни амалга оширмоқда  3 10:41Италия А Серия жамоаси Шомуродовни ижарага олмоқчи  14 10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  4 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  2 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  5 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  8

Omad Argentinani finalga olib chiqdi Yangiliklar

Omad Argentinani finalga olib chiqdi

Braziliyada o'tayotgan jahon chempionati ham o'z yakuniga etib bormoqda. Yarim finalning ikkinchi uchrashuvi Gollandiya hamda Argentina terma jamoalari o'rtasida kechdi.

O'yin haqida ko'p to'xtalib o'tmoqchi emasmiz. Juda yorqin kechishi kutilgan o'yin, kutilmaganda ko'pchilikni taxminlarini puchga chiqardi. 


Uchrashuv asosan maydon markazida kechdi. Asosiy vaqtda deyarli xavfli vaziyatlar kuzatilmadi. Qo'shimcha taymda Rodrigo Palasioning juda qulay imkoniyatga chiqib boragani va Silessen to'pni egallab olganini takidlab o'tish mumkin.

Gollandiya tarkibida kutilganidek Aren Robben qolgan futbolchilarga nisbatan faol va harakatchang bo'ldi. Argentinadan esa Maskeranoning o'yinini alohida aytib o'tish mumkin.

Umuman jamoalar himoyada ancha ehtiyotkorlik bilan harakatlanishdi va deyarli orqa chiziqda xatolar kuzatilmadi.

Sokinlik ostida kechgan 120 daqiqadan so'ng bellashuvni boshqarib borgan Junayt CHaqirning xushtagi yangradi va navbat hal qiluvchi pallaga etib keldi. Penaltilar seriyasida o'tgan gal omadi kelgan uchar-gollandlarning "qanoti" Tim Krul bu safar Lui van Gaal tomonidan maydonga tushirilmadi. Silessen esa "lotoreya" bahsida Tim Krul ko'rsatgan jasoratni namoyish qilolmadi va hech bir zarbani bartaraf eta olmadi.


Argentina posboni Romero esa avvaliga Vlaarni, keyinchalik esa Sneyderni urinishlarini yo'qqa chiqardi va jamoasini finalga olib chiqdi.


Endi yarim finalda omadsizlikka uchragan Braziliya hamda Gollandiya jamoalari uchinchi o'rin uchun bahsda o'zaro bellashishadi.

Mundialning hal qiluvchi uchrashuvida esa Germaniya Argentina bilan to'qnash keladi. 1990 yilgi final takrorlanadi.

Messi vatandoshlari 1990 yilgi va o'tgan mundialdagi qaqshitkich zarbaga javob qaytara olishadimi? Yoki "nemis mashinasi" o'z yo'nalishi bo'ylab harakatlanishda davom etadimi? Bu savollar javobini yaqin kunlar ichida bilib olamiz!

Finalda ko'rishguncha...

JCH-2014. Yarim final

GOLLANDIYA – ARGENTINA 0:0 (pen. 2:4)

Bosh hakam
: Junayt CHaqir (Turkiya).


Gollandiya: Silessen, Vlaar, De Vrey, Martins Indi (Yanmat, 46), Blind, De Yong (Klasi, 62), van Persi (Xuntelaar, 96), Sneyder, Kuyt, Veynaldum, Robben.

Argentina: Romero, Garay, Sabaleta, Biglia, Perez (Palasio, 82), Iguain (Aguero, 82), Messi, Maskerano, Demichelis, Roxo, Lavezzi (Maksi Rodrigez, 100).

Ogohlantirishlar: Martins Indi (45), Demichelis (49), Xuntelaar (105).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика