So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Oltin tutsa parvozlanar portlash effekti Yangiliklar

Oltin tutsa parvozlanar portlash effekti

Teglar :  BoksOlimpiada
31-yozgi Olimpiada o'yinlari mamlakatimiz sporti, xususan, milliy boksimiz dovrug'ini dunyoga doston qildi. Rio-2016 tarixga aylangan bo'lsada, uning shukuhi, kayfiyati hamon muxlislar qalbida.

Tengsiz tabriklar, tantanalar to'lqini eng ulug', eng aziz bayramimiz - Istiqlol shodiyonalari sari oshiqmoqda. Nega oshiqmasin?! Axir musobaqaning so'nggi kunida bokschilarimiz SHahobiddin Zoirov va Fazliddin G'oibnazarov Olimpiada oltin shohsupasiga ko'tarilgan bo'lishsa, erkin kurashchilarimiz Ixtiyor Navro'zov va Magomed Ibragimov bronza medalini qo'lga kiritishdi. SHu tariqa sportimizda muhtaram Prezidentimiz nazarda tutgan portlash effekti sodir bo'ldi. Medallar salmog'i zalvorli - 4ta oltin (Hasanboy Do'stmatov, Ruslan Nuriddinov, SHahobiddin Zoirov va Fazliddin G'oibnazarov), 2ta kumush (SHahram G'iyosov va Bektemir Meliqo'ziev) va 7ta bronza (Diyorbek O'rozboev, Rishod Sobirov, Rustam To'laganov, Elmurod Tasmurodov, Murodjon Ahmadaliev, Ixtiyor Navro'zov va Magomed Ibragimov). Yakuniy natija - 206ta davlat orasida 21-o'rin! Bu istiqlol davridagi sportimizda buyuk tarixiy voqea! Yashasin oltin yog'dularga ko'milgan hur O'zbekiston!

 

Yurtboshi aytgandek: bizniki marra,
Beqiyos mushtlashdi Hasanboy o'g'lon.
Zo'rligin ko'rsatdi yana bir karra,
- Hoy raqib, jim turib, tan berib, to'lg'on!

Samo mag'lublarning dodidan to'ydi,
- Dunyo hayratlanib o'zbekcha tuslan!
Zalvorli toshingni ko'tarib qo'ydi,
Senga rahm aylab pahlavon Ruslan!

- Olg'a, SHahobiddin! - dedik hayqirib,
Misha ko'z yoshini orlanmay to'kdi.
Fazliddin atalmish daryo ayqirib,
Sotomayor kuchin chokidan so'kdi.

Xayolan Rioda kezdim sarsari,
Goh quvonch, gohida iztirob yutdim.
Ortda qoldi bari, shodon yosh-qari,
Oltin olqishlardan munavvar yurtim!

Ha, Rio-2016 muxlislarni yuksak natijalar ruhi bilan to'yintirdi. Ochig'i, barchamiz ajoyib g'alabalarga ko'nikib qoldik. Ishonchimiz komilki, endi muxlislarimiz milliy terma jamoamiz va Lokomotivni xalqaro uchrashuvlarda yanada o'zgacha ishtiyoq bilan qo'llab-quvvatlashadi. Ayni chog'da murabbiylar va futbolchilarimizga nisbatan talabchanlik ham kuchayishi tabiiy. JCH-2018ning so'nggi saralash bosqichida, OCHL chorak finalida shunchaki, ishtirok etish endi muxlislarni sira qoniqtirmaydi. Samvel Babayan shogirdlaridan, Lokomotiv futbolchilaridan faqat va faqat g'alaba kutiladi, futzalchilarimiz oldiga jahon chempionatiga puxta hozirlanish talabi qo'yiladi. Gonduras olimpiya jamoasi Rio-2016da 4-o'rinni egalladi. Gondurasliklarga hurmatni saqlagan holda, aytamizki, futbolchilarimiz mahorat bobida ulardan ustundirlarki, aslo kam emaslar. Biroq nufuzli turnirlarda ishtirok, yirik natijalar masalasi hozircha futbolimizning og'riqli nuqtasi. To'g'ri, futzalchilarimiz jahon chempionati final bosqichiga yo'l olishdi, lekin bu yo'llanmaning qadriga etish borasida muammolar bor, chog'i. Aks holda, ozarbayjonlik futzalchilar bilan dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida bir amallab durangga erishgan vakillarimiz  keyingi bahsda birdan bo'shashib ketishmasdi. Holbuki, har bir o'yin­da yuksak darajadagi koncentraciyaga amal qilish - Mendez jamoasining asosiy vazifasi. Faqat shu yo'l futzalchilarimizning kuchli raqiblar bilan tengma-teng kurash olib borishlarini taminlaydi.

Muxlislarga malumki, Lester va Arsenalning potencial imkoniyatlari bir-biriga mutlaqo muvofiq kelmaydi. APLning dastlabki turida mag'lublik alamini tuygan ikki alamzada jamoa o'rtasidagi bahs juda qizg'in va keskin kechdi. Butun uchrashuv davomida stadion gol umidida uvladi. Afsuski, gol urilmadi. Les­ter kuchli raqib hujumidan himoyalanishni uddaladi. Futzalchilarimiz ham raqib bosimini shunday bartaraf etishlari darkor. Kuchlar nisbati haddan ziyod baland-past bo'lmasa, bu ishni muvaffaqiyatli eplash mumkin. Ana, APLning 1-turida Suonsiga imkoniyatni boy bergan Bernli bu safar zafar sururidan mast Liverpulni shok holatiga tushirdi. Yurgen Klopp neki imkon bo'lsa, ishga soldi, lekin ularning barchasi besamar ketdi. Bernli O'lsam ham g'alabani boy bermayman! qabilida ish tutdi va maqsadiga erishdi. Nazarimizda, oliy liganing ortda qolgan turida Andijon ham shu yo'ldan bordi. O'z maydonida Qo'qon-1912dan engilgan Andijon klubi uchun boshqa chora qolmagandi ham. SHu bois, temiryo'lchilar bilan basma-bas o'ynagan Neftchi uning bosimiga dosh berolmadi, shekilli. Harqalay, Farg'onadagi bahs natijasi APLdagi hisoblar kabi ajablanarli va hayratlanarlidir. Yana bir bor takidlaymiz: kuchlar nisbatidagi farq u qadar katta bo'lmasa, har qanday raqib bilan kurashish qiyin­chilik tug'dirmaydi aslida. Buning uchun murabbiyning futbol falsafasi o'yinchilardagi ishtiyoq bilan uyg'unlashsa, bas. Uotfordning CHelsiga jiddiy qarshilik ko'rsatgani sababi ham shu. Antonio Konte mag'lubiyatga uchrashni istamagani uchungina CHelsi g'alaba qozondi. Havas qilsa arziydigan murabbiy u. Yo'q,CHelsi uchun italiyalik mutaxassisning tinib-tinchimasligi, tinimsiz elib-yugurishlari emas, balki Klaudio Raneri kabi nozik futbol falsafasiga egaligi muhim. Uning aynan shu jihati murabbiylarimiz uchun ibrat.

Etibor bergan bo'lsangiz, Rio-2016 kumush medalini qo'lga kiritgan bokschilarimiz final bahsida faolliklari bilan yaqqol ko'zga tashlanishdi, lekin bahsga taktik yondashuv borasida yutqazishdi. Tasavvur qilishingiz uchun Bektemir Meliqo'zievni Atletikoga qiyoslasak, kubalik bokschi Lopes go'yo, Real. Real har qancha kuchli bo'lmasin, ayrim muhim uchrashuvlarda Atletiko uning ustidan zafar quchganini nazarda tutsak, Bektemir Meliqo'zievda ham g'alaba imkoniyati mavjud edi. Bosh­qa hamkasblarimiz xulosalarini bilish maqsadida mazkur bahsni Match-TV orqali kuzatdik. Rus sharhlovchilari ham etirof etishdiki, hamyurtimiz tayyor oltin medalni qo'ldan chiqardi. Ularning takidlashlaricha, dastlabki ikki raundda hakamlar hattoki, Bektemirga nisbatan nohaqlik qilishdi. Demak, g'alabani faollik emas, aksincha, to'g'ri tanlangan taktika va aniqlik belgilaydi. Metallurg - Olmaliq, Sevilya - Espan­ol uchrashuvlarida qayd etilgan hisoblar shu manoda taktik yondashuv chegaralarini buzadi. Ochiq kurashda g'alaba omadlilarga kulib boqadi. Tajribalar isbotlamoqdaki, bokschilarimiz uchun ham, futbolchilarimiz ham so'nggi va hal qiluvchi bahslardagi ochiq kurash ruhi o'zini oqlamaydi. Bokschilarimizda hozircha kubalik raqiblarini ochiq kurashda engadigan yaqqol ustunlik yo'q. Milliy jamoamiz va Lokomotivning asosiy raqiblarga nisbatan holati ham shu kabidir. Barselona Betisni, Lokomotiv So'g'diyonani, Qizilqum esa Obodni yirik hisobda mag'lub etaveradi. Bu borada hayratu-ajablanishga hojat yo'q. Mazkur bahslar natijalari shunchaki, kuchlar nisbatidagi ustunlikning ko'zgusi. Manchester Sitining bir hafta ichida safarda 2ta yirik hisobli g'alabaga erishgani esa, alohida mavzu. CHunki Styaua ham, Stok Siti ham kuchli jamoalar uchun tayyor em darajasida zaif hisoblanmaydi. Fikrimizcha, bu o'rinda hammasi Gvardiola tomonidan nainki Manchester Siti, balki butun APLga olib kirilgan yoniqlik va yovqurlik jozibasi bilan izohlanadi. Sitida futbolchilar o'sha-o'sha, ammo murabbiy boshqa, o'yin boshqacha.

Manchester Siti timsolida APLga xos shiddat gvardiolacha ehtirosli o'yin jozibasi bilan muvofiqlashmoqda. Albatta, o'zgarishlar bobida Joze Mourino ham undan ortda qolishni istamayapti. Benazir Zlatanni o'zgacha o'ynash sari zavqlantirmoqda. Zlatan ham Mourino kabi murabbiyni, APL kabi chempionatni sog'inganini, kutganini tobora baralla bildirmoqda. Bebaho va zargar futbolchining faoliyati yakunida shunday ajoyib muhitga tushishi millionlab muxlislar orzusi edi. Negaki, Zlatan Ibragimovichdek daho futbolchilar har doim tug'ilavermaydilar. Ularni ezozlash, o'yinlariga xos fusunkorlikni muxlislarga taqdim etish futbolning buyuk missiyasidir. SHu manoda asl o'zaniga qaytayotgan MYU, qadr topayotgan Zlatan uchun xursandmiz, albatta. Taassufki, Paxtakorga nisbatan bu kabi ruhiyat va kayfiyat yo'q muxlislarda. Tushunamiz, bir dovondan boshqasiga ko'tarilish uchun avvalo, pastga tushiladi. SHerlarda ham shunday holat kuzatilayotgani aniq. Ammo bu hol dongdor klubning shonli 60 yillik to'yiga to'g'ri kelayotgani achinarli. Jamoa mutasaddilari va homiylari nahotki, mana shu qutlug' sanani baland notada nishonlash imkonini topolmasalar?! Unutmaylikki, Paxtakor rasmiy nuqtai nazardan olib qaralsa, oliy liganing boshqa klublaridan farqlanmaydigan, biroq shonli tarixiga ko'ra, alohida maqomga ega jamoadir. Uning tarixi aslida futbolimiz tarixi demakdir va bunga befarq qarab bo'lmaydi.

Muhammad VALI

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика