So’nggi yangiliklar

08:14Сон Хин Мин рекорд ўрнатди  3 07:35Ўсмирларимиз бугун Туркияга қарши "Жар"да майдонга тушади  0 01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  3 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  6 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  2 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  13 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  11 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  5 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  31 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  11

"Olimpiadada atmosfera o'zgacha. Har xil sportchilarni ko'rasiz, ulardan ko'p narsani o'rgansa bo'ladi" - Abdurauf Bo'riev Yangiliklar

"Olimpiadada atmosfera o'zgacha. Har xil sportchilarni ko'rasiz, ulardan ko'p narsani o'rgansa bo'ladi" - Abdurauf Bo'riev

"Olimpik"dan "Paxtakor"ga o'tgan tayanch yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev Championat.asia sayti jurnalistining bir qator savollariga javob qaytardi.

"Olimpiadadan so'ng "Paxtakor" yig'iniga qo'shildim. Bizni murabbiylar va futbolchilar juda iliq qarshi olishdi. Bundan xursandman. Ikkinchi davra start oldi. Ilk o'yinimiz "Nasaf"ga qarshi kechadi. Maqsadimiz – chempionlik", – deya gap boshladi Bo'riev.

- O'zbekiston termasi tarixda ilk bor Olimpiadada ishtirok etib qaytdi. Olimpiya o'yinlari qanday darajadagi musobaqa ekan?

- Bu musobaqada ilk bor ishtirok etdik. O'ziga yarasha his-tuyg'ulari bor turnir ekan. Bu musobaqada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q edi. Hamma jamoalar yuqori darajada tayyorgarlik ko'rib kelgan. Menimcha, kim oxirgi vaziyatlaridan unumli foydalangan bo'lsa, o'sha jamoa g'alaba qozondi. Olimpiadada yaxshi qatnashdik deb o'ylayman, faqat ozgina omad etishmadi. Vaziyatlarning so'ngi pallalarida gol urishga qiynaldik. 

Endi Xudo xohlasa, "Paxtakor" bilan chempion bo'lish va terma bilan JCHga yo'l olish niyatidamiz.

- Olimpiada baribir Jahon chempionati va Osiyo Kubogidan farqli o'tadi. Tashkiliy masalalar bo'yicha qanday fikrdasiz? Muammo bo'lmadimi? 

- Ha, alohida shaharcha qilingan. Har xil sport turi vakillari bor edi. Futbol uchun alohida 5 qavatli bino barpo qilingan. Futbolchilarning hammasi o'sha erda edi. Atmosfera o'zgacha. Har xil sportchilarni ko'rasiz, ko'p narsani o'rgansa bo'ladi. 

- Yil boshidan buyon Olimpiya terma jamoasi futbolchilari deyarli dam olishmadi va tiklanish jarayoniga kam vaqt bo'ldi. O'zingizni qanday his etyapsiz? CHarchoq alomatlari yo'qmi?

- Qaytganimizda ozgina qiyinchilik bo'ldi. Tiklanish uchun klub 2 kunlik dam berdi. Endi bu erda tiklanish jarayonini davom ettiryapmiz. Professional futbolchi albatta bu kabi narsalarga jiddiy ahamiyat qaratishi kerak, aks holda jarohat orttirib olishi mumkin. Bu narsa har bir futbolchining jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика