So’nggi yangiliklar

01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  2 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  2 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  2 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  12 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  4 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  9

​"Oltin to'p"ni hech qachon yutmagan taniqli 7 futbolchi Yangiliklar

​"Oltin to'p"ni hech qachon yutmagan taniqli 7 futbolchi

2018 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlab beradigan tadbir boshlanishiga 1 kun qoldi. Malumot uchun, Ronaldu, Grizmann va Modrich mazkur sovrin uchun nomzod sifatida ko'rsatilingan.

Ertaga Parij shahrida o'tkaziladigan marosimda Ronaldu va Messining 10 yil davom etgan davri yakunlanishi yoki Krishtianu o'zining oltinchi "Oltin to'pi"ni qo'lga qiritishi ham mumkin. Bir narsa deyish qiyin. CHunki, uchala davogar ham o'ziga yarasha arzigulik natija qayd etishgan. Bugungi maqolada bular haqida emas, balki umrida biror marta ushbu sovrinni qo'lga kiritmagan mashhur futbolchilar haqida batafsil to'htalib o'tish rejalashtirilgan.

Demak, "Oltin to'p" tamini his etmagan taniqli 7 futbolchi bilan tanishib chiqamiz.

7. Serxio Ramos

Ramos – haqiqiy sardor, medal va sovrinlarni o'ziga tortuvchi magnit. Umuman olganda, so'nggi daqiqa futbolchisi deya etirof etilishi noto'g'ri bo'lmasa kerak. Jamoasi qiyin vaziyatda qolganida masuliyatni o'z zimmasiga olgan va klubdoshlariga muhim chempionlikni taqdim etgan futbolchi yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lmasa ham, kuchli uchtalik nomzodlar ro'yhatiga kiritilishi kerak edi. ECHL 2014 va 2015 yil final bahslarida qanday karomat ko'rsatgani haqida o'zingiz yaxshi malumotga egasiz. Golni sezish qobiliyatiga ega himoyachi sport formasida bo'lganida undan o'tib ketish o'ta murakkab yumush hisoblanadi. Ispaniya milliy terma jamoasida Jahon va Evropa chempioni bo'lishiga qaramasdan Serxio Ramos “Oltin to'p” nomzodlar uchligiga ham kiritilmagan.  

6. Rayan Giggz

Yoshi katta futbol ixlosmandlari Rayan Giggzni yaxshi bilishadi. Faoliyatini bitta klubda yani mavqei va tarixi bilan maqtana oladigan "Manchester Yunayted" klubida o'tkazgan. 24 yil MYU safida harakat qilgan uelslik sobiq futbolchi, 2 marta ECHL g'olibi, 13 marta Angliya chempioni bo'lgan. Mankunianliklarning tirik afsonasi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmaganligining asosiy sababi, uelslik bo'lganligidadir. CHunki, Giggz terma jamoa bilan yorqin natijalarga erishmagan.

5. Neymar

Braziliyalik yulduz 26 yoshda. "Barselona" dan PSJga 222 million evro evaziga ko'chib o'tib, transfer narxi bo'yicha Jahon rekordini o'rnatgan Neymar ajoyib fintlari, samarali paslari va chiroyli gollari orqali muxlislar mehrini qozongan. 2017 yil 8 mart kuni ECHL nimchorak finalida PSJga qarshi uchrashuvni eslang. 85 daqiqada 3:1 bo'lib turgan payt. "Barsa" PSJdan o'tishi uchun yana uchta gol urib, o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishi kerak edi. O'sha lahzada Neymar o'z potencialini ko'rsatib bergan va Franciya klubini 6:1 hisobida mag'lub etib, jamoasini chorak finalga olib chiqqan edi. Braziliya safida 60 gol urgan va texnikasi yuqori bo'lgan hujumchi Ronaldu va Messi davri sabab "Oltin to'p"ni yutmagan. Biroq, boshqalarga nisbatan unda hali imkoniyat bor.

4. Filipp Lam

Odatda "Oltin to'p" sovrini himoyachilarga topshirilmaydi. Uning sohibiga aylanish uchun futbolchida o'ziga hos bir jihat, xususiyat bo'lishi kerak. Filipp Lam ana shu noyob iqtidorga ega kam sonli himoyachilardan sanaladi. O'ng va chap qanot himoya chizig'ini to'ldirgan, kerak paytda tayanch yarim himoyachi sifatida jamoadoshlarini oldinga boshlagan Filipp 2014 yil Braziliyada Jahon kubogini sardor sifatida boshi uzra baland ko'taradi. Ha biz bilgan o'sha "nemis mashinasi"ning motori, aynan "Bavariya"ning 16 raqami ostida to'p tepib, ECHL va Bundesliga chempioni bo'lgan, 2006 yili Germaniyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida o'zining super zarbasi orqali musobaqaning dastlabki goli muallifiga aylangan futbolchi aynan Filipp Lam hisoblanadi. Agar 2006 yili yilning eng yaxshi futbolchisi nominaciyasida Fabio Kannavaro g'olib chiqqanini inobatga olsak, oradan 8 yil o'tib, Filipp Lam ham kamida podiumda ko'rinish berishi kerak edi.

3. Zlatan Ibragimovich

Kung-fu va qaychi zarbalari orqali bir qator "shedevr" gollar muallifiga aylangan Zlatan - bu alohida bir mavzu. Ushbu futbolchi ham sport odami, ham shaxs sifatida o'zini ko'rsatgan va ajoyib iqtiboslari orqali hammani birdek lol qoldira olgan. Borgan joyini gullatib yuborgan Zlatan Gollandiya, Italiya, Ispaniya, Franciya, Angliya va AQSHda o'z nomini qoldirgan. SHveciyalik futbolchi ECHLda 48 gol muallifiga aylangan. Uning birgina xatosi (xato deb ham bo'lmaydi) Ronaldu va Messi davrida to'p tepgani bo'lishi mumkin.  

2. Aren Robben

Robben - ajoyib futbolchi. "Bavariya" va Gollandiya terma jamoasidagi fantastik o'yinlari orqali tanilgan vinger 2013 yili ECHL chempioni va Bundesliga g'olibligini qo'lga kiritgandi. Bundan tashqari, JCH-2010 va 2014 musobaqalarida ham yorqin o'yin ko'rsatib, "uchar gollandlar"ning sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shadi. Individual mahorati evaziga Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon kubogida mahsus mukofot bilan taqdirlangan. "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmagan yana bir yulduzning faoliyati asta-sekin yakuniga etib bormoqda. 34 yoshli futbolchi hozirda yuqori saviyada to'p sura olmayapti. Ammo, yuqorida sanab o'tilgan vaqtlarda Aren Robbenni istalgan murabbiy o'z klubida ko'rishni xohlagani bor gap.  

1. Andres Inesta

Inesta haqida ortiqcha tarif berishning keragi yo'q. Uning birgina JCH-2010 turnirida ko'rsatgan o'yini va finaldagi golini eslashning o'zi kifoya. Yana bir narsa, Messining top futbolchi sifatida etishib chiqishida Andres Inestaning xizmatlari beqiyos. Lekin, ispaniyalik yarim himoyachiga ham "Oltin to'p"ga ega chiqish nasib qilmagan.


Nodir Abdurasulov

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика