Dide Desham: "2018 yil Grizmann "Oltin to'p"ga loyiq edi"

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2023, 17:26
Fransiya terma jamoasi ustozi Dide Desham shogirdi Antuan Grizmannga etarlicha baho berilmasligi haqida gapirib o'tdi.

"U 2018 yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin edi. O'shanda u ajoyib mavsum o'tkazgandi va jahon chempionatida zafar quchgandi. Antuanga munosib darajada baho berilmaydi. U ko'prog'iga loyiq", - dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, 2018 yil "Oltin to'p" Luka Modrichga topshirilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia