So’nggi yangiliklar

22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  0 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  40 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  7 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  12 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   7 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  2 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  0 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   3 15:55"Арсенал"нинг яна бир футболчиси термадан жароҳат билан қайтди  0 15:29Ўзбекистон Эронга қарши қандай рангдаги либосда ҳаракат қилади?  15 15:01Қозоғистондаги энг қиммат стадион? Актобедаги янги аренанинг нархи эълон қилинди  14 14:36"Барса" ёзда Левандовскининг ўрнига топ-форвардни сотиб олишни ўйламоқда, номзодлар ҳам маълум  8

"Oltin to'p" sohibi Diego: "Besh oy oldin oyog'imni operaciya qildirdim. O'zbekistonga kelganimda, chap oyog'imni ishlatolmasdim" Yangiliklar

"Oltin to'p" sohibi Diego: "Besh oy oldin oyog'imni operaciya qildirdim. O'zbekistonga kelganimda, chap oyog'imni ishlatolmasdim"

Futzal bo'yicha jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi o'yindan so'ng (2:1) Braziliya terma jamoasi sardori Diego saytimizga intervyu berdi.

"Ajoyib final bo'ldi. Argentina zo'r o'yin ko'rsatdi, buni kutgandik. Juda qiyin o'yin bo'ldi. Oldinga o'tishda va himoyalanishda yaxshi harakat qildik. Biz yaxshi o'ynashimiz shartmasdi, balki g'alaba qozonishimiz kerak edi. Va biz shunday qildik.

"Oltin to'p" sohibi bo'lganimdan xursandman. Besh oy oldin oyog'imni operaciya qildirdim. O'zbekistonga rasmiy o'yin o'tkazmagan holda tashrif buyurdim. Hatto chap oyog'imdan foydalana olmasdim. SHifokorlar menga ehtiyot bo'lish kerakligini aytishdi, chunki hali to'liq tuzalmagandim. SHu tariqa, guruh bosqichini juda ehtiyotkorlik bilan o'tkazdim. Pley-off bosqichida esa oyog'im ancha o'ziga keldi va shikastlanganimni unutib qo'ydim. Braziliya o'z taxtiga qaytishiga yordamim tekkanidan xursandman.

Umuman olganda, ajoyib turnir guvohiga aylandik. Mundial davomida shakllanib borayotgan yangi jamoalarni ko'rdik. Menimcha, futzalda jamoalarning darajasi borgan sari tenglashmoqda", dedi Diego.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi o'z tarixida oltinchi marotaba jahon chempioni bo'ldi.

Diego esa mundialning eng yaxshi futzalchisi deb topildi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика