So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

"Olmaliq"qa bag'ishlangan maqola. Jamoaning kuchi kuchlilar bilan o'yinda bilinadi Yangiliklar

"Olmaliq"qa bag'ishlangan maqola. Jamoaning kuchi kuchlilar bilan o'yinda bilinadi

Kecha oliy liganing 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Olmaliq" bahsi bo'lib o'tdi.

O'yinga kelgan muxlislar sonidan odamlarning oliy ligani sog'inmagani bilinib turdi. PFL qaydnomasida stadionga kelganlar soni 678 nafar deb yozildi. Aslida bundan kam bo'lishi ham mumkin, balki ko'pdir, kim biladi deysiz. 

Lekin gap bunda emas, chunki biz Toshkentdagi o'yinlarga muxlis kam kelayotganiga allaqachon ko'nikib qolganmiz. SHu bois qachon stadion to'lsagina bundan hayratga tushsak kerak. Kechagi bellashuvni ko'rib meni kam odam kelganidan ko'ra ham "Olmaliq" namoyish etgan futbol hayron qoldirdi. 

Oliy liga ikkinchi davra boshlanishini jamoalar bir oy kutishdi. Bu orada sog'inch bo'lishi kerak. Baribir rasmiy o'yinlarning tami boshqacha bo'ladi. Bunda futbolchilar ochko uchun, pul uchun kurashadi. Professional bunday paytda faqat o'yinni o'ylab, g'alaba ilinjida harakat qilishi kerak. Lekin kechagi bahsda "Olmaliq" ishtirokida tuzuk futbol ko'rmadik. 

Bu jamoaning birinchi davrada "Lokomotiv"ga qarshi o'yinini ko'rgandim, o'sha "Olmaliq" - shu "Olmaliq". O'zgarish yo'q. Lekin jamoa bungacha 12 o'yindan beri yutqazmay kelayotgandi. "Olmaliq" o'z maydonida kuchli to'rtlikning ikkita vakilini mag'lub etdi: "Nasaf" - 1:0, "Paxtakor" - 2:0. Ammo safarda "Loko" va "Bunyodkor" bilan kechgan o'yinlarda aytarli hech narsa qila olmadi. SHuning uchun ham TTZdagi bahsda "Lokomotiv" bu raqibini 5:0 hisobida mag'lub etgandi. Kecha esa "Bunyodkor" 1:0 hisobi bilan yutdi. 

Kechagi o'yinda "Bunyodkor" yaqqol kuchlilik qildi deya olmaymiz. Faqat ularda ishtiyoq yuqori bo'ldi va bunda bosh murabbiyning roli katta. Ko'rinib turibdi, "Bunyodkor" futbolchilari Qosimov uchun ham yugurib o'ynashyapti, piyoda yurgani yo'q. Lekin "Olmaliq" ham Kumikov uchun borini berib harakat qila oladimi? SHaxsan menga yutsa-yutqazsa futbolni yugurib o'ynaydigan jamoalar yoqadi. Natija avvalo Xudodan, lekin futbolchi maydonga tushganidan keyin yugurishi shart. CHunki yugurmasang yutmaysan, achchiq haqiqat shunda. 

"Olmaliq"ning o'z maydonida "Buxoro"ga qarshi bahsini ko'rib harholda maza qilgandim. Kurash, tezlik va g'alabaga tashnalik. Lekin Toshkentga boshqa jamoa keldimi? Nima uchun ko'p jamoalar Toshkentga kelganda birdan o'zgarib qolishadi? Agar futbolchilar "Toshkentda bizga hakamlar o'yin bermaydi" deb o'ylashsa, bu davrlar allaqachon o'tib ketdi. Hozir hakamlar ancha ehtiyotkor bo'lib qolgan, qolaversa agar jamoa zo'r o'ynasa hakam hech nima qila olmaydi. CHunki undayam bola-chaqa bor, u ham ishsiz qolishdan qo'rqadi. 

Hamma gap jamoalarning o'zida. Ular o'ynashni xohlashmaydi. Maydonga tushgandan keyin 90 daqiqa bir amallab o'tsa bo'ldi deb xayol qilishadi shekilli. To'g'ri, kechagi o'yinda bazi epizodlar bo'ldi, "Olmaliq" ham gol urishi mumkin edi, lekin butun o'yin kartinasini oladigan bo'lsak, juda bir zerikarli futbol namoyish etgan bo'lib chiqadi. Bu endi murabbiy ko'rsatmasimi yo futbolchilar shunaqa o'ynaydimi, bilmadik. 

Aslini olganda, Viktor Kumikov "Mashal" va "Nasaf"da ishlab yurgan kezlarda ham uning qo'l ostidagi jamoa, shiddatkor va agressiv o'ynamagan. Doim payt poylagan va raqibning xato qilishini kutgan. Keyin standart vaziyatlarga alohida urg'u berilgan. Hozir "Olmaliq" ham shu qo'shiqni kuylayapti. Lekin endi futbol o'zgardi, o'yinchilarning butun maydon bo'ylab yugurishi birinchi planga chiqdi. Jamoa yutqazib turgan mahal bundan jahli chiqib ikki borabar kuch bilan yugurmas ekan, keyingi o'yinlarda yanada qiyin bo'lib boraveradi. 

X.Xoliqov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика