So’nggi yangiliklar

11:29Гаттузо Верраттини Италия терма жамоасига қайтармоқчи  0 10:40Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди  0 10:20Серхио Рамос "Севилья"ни сотиб олиш ниятида  0 09:55Патрик Виейра: "Арсенал"га етакчи етишмади, Сакадан кутилгани бўлмади"  0 09:28"Сўғдиёна" ярим ҳимоячиси "Металлург"га ўтмоқда  5 09:01“Арсенал”га қарши драматик ғалабадан сўнг Кунья: “Ана шу баҳслар учун бу клубга келганман"  6 08:34Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди  4 08:15Расман: "Хоразм" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:48Вадим Абрамов: "ЦСКАни ҳар куни ҳам ютавермаймиз"  6 05:08"Ал Ҳилол" пешқадам бўлишига қарамай, аутсайдер билан баҳсда очко йўқотди  0 04:00А Серия. "Рома" ва "Милан" ўртасидаги баҳсда ғолиб аниқланмади  13 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  3 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  34 23:40Кэррикдан супер старт! "Манчестер Юнайтед" унинг қўл остида "Арсенал" ва "Ман Сити"ни мағлуб этди  16 23:32Эндрикдан хет-трик! "Лион" сафарда "Метц"ни тор-мор этди  2

"Olmaliq" "Terek" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Olmaliq" "Terek" bilan durang o'ynadi

Turkiyada yangi mavsumga taraddud ko'rayotgan "Olmaliq" jamoasi Rossiyaning "Terek" klubi bilan nazorat bahsini o'tkazdi.
Uchrashuv qizg'in kurashlarga boy tarzda kechdi. Dastavval "Terek" jamoasi futbolchisi Uciev o'yinning 42-daqiqasida Timur G'aniev qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'lim "Terek" jamoasi foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida "Olmaliq" vakillari raqib jarima maydonchasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo'lishdi. Bellashuvning 54-daqiqasida Igor SHkvirin boshqaruvidagi jamoada to'p tepayotgan Kamoliddin Murzoev hisobni tenglashtiruvchi golni kiritdi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Bokila "Olmaliq" darvozasiga jamoasining ikkinchi golini yo'lladi. Lekin bu gol uchrashuvdagi so'nggisi bo'lmadi. Bahsning so'nggi daqiqasida Jahongir Abdumo'minov "Olmaliq"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoluvchi to'pni kiritdi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni o'rnatdi, 2:2.

Nazorat o'yini.

Turkiya, Antaliya.

"Terek" (Rossiya) - "Olmaliq" (O'zbekiston) 2:2

Gollar
: Uciev (42), Murzoev (54), Bokila (70), Abdumo'minov (90).

"Terek"
: Gorodov (Gudiev,66), Uciev, Komorovski (Semenov, 56, Ailton, 73), SHaxtiev (Kudryashov, 56), Teyku, X.Kadyrov (Lebedenko, 68), Ayssati, Kuzyaev, Piris (Ivanov, 64), Axyadov (Ribus, 58), Bokila.

"Olmaliq": Temur G'aniev, Islom Inomov, Evgeniy Gogol, Adrian Kashkaval, Salamat Quttiboev, SHavkat Salomov, G'ulom Urunov, Jahongir Abdumo'minov, Arslonmurod Omonov, Kamoliddin Murzoev, Nemanya Yovanovich.

Ogohlantirish
: Inomov (69).

CHetlatish: Semenov (72).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика