"Olmaliq": "Pyunik" bilan o'yinda ustunlik, ammo natija...
18 fev 2014 01:24
Yangiliklar

"Olmaliq": "Pyunik" bilan o'yinda ustunlik, ammo natija...
Bugun "Olmaliq"ning asosiy tarkib jamoasi xorij yig'inida ilk nazorat o'yinini o'tkazdi.
Armanistonning "Pyunik" jamoasi bilan o'yinda ustunlik to'liq olmaliqliklar
tomonida bo'lsada, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda muammo ko'zga
tashlandi.
Markaziy himoyachi Darko Stanoevichning jarohat sabab bu o'yinni o'tkazib yuborishi natijasida Obid Jo'raboev markaziy himoyada to'p surdi. Raqib jamoa har bir xatodan unumli foydalandi deyish mumkin. 1:3 hisobida yakunlangan o'yinda jamoamizdan golni Zafar Polvonov kiritdi.
U jarima maydonida qo'pollik bilan to'xtatildi. Penaltini jabrlanuvchining o'zi aniq amalga oshirdi.

Uchrashuvda jamoamiz quyidagi tarkibda to'p surdi: Nikita SHkvirin, Azamat Isroilov, Obid Jo'raboev, SHavkat Mullajonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Iqbol Akramov, Doston Abdurahmonov, Dilyaver Abibullaev, Suxrob Berdiev, Zohir Pirimov, SHerzod Hakimov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Maqsatmurod SHomurodov, Umidjon Xonimqulov, Zafar Polvonov, Sanjar SHoahmedov, Aleksandr Alempievich, Timur Kagirov, Sarvarbek Jo'raev, Diyorjon Turopov.
Jamoamiz navbatdagi o'yinni 20 fevral kuni Qozog'istonning "Irtish" jamoasiga qarshi o'tkazishi rejalashtirilgan.

Fikrlar