So’nggi yangiliklar

20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  0 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  15 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  50 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  35 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8

"Olmaliq" - "Paxtakor". Uchrashuv raqamlari va malumotlar Yangiliklar

"Olmaliq" - "Paxtakor". Uchrashuv raqamlari va malumotlar

Teglar :  OlmaliqPaxtakor
15 iyun kuni oliy liga 13-tur doirasida "Paxtakor" "Olmaliq" mehmoni bo'ladi.

Viktor Kumikov boshchiligidagi "Olmaliq" oxirgi 8 uchrashuvda mag'lubiyatga uchramasdan kelmoqda. Jamoa o'z maydonida 5 bellashuvda to'p o'tkazib yubormadi. Oxirgi sakkiz o'yinda faqat bir marta olmaliqliklar darvozasi ishg'ol qilingan. Ketma-ket 4 jamoa darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Jamoamiz mezbonlarning bu seriyasiga barham berishga intiladi.

"Paxtakor"ning terma jamoaga chaqirilgan o'yinchilari 13 iyundan tarkibga qaytib, uchrashuvga tayyorgarlik ko'rayotganlar safiga qo'shilishadi. Bellashuvni jamoamizdan Azim Ahmedov o'tkazib yuborsa, mezbonlardan legioner himoyachi Vladislav Kasminin maydonga tusha olmaydi. Har ikki futbolchi diskvalifikaciyaga uchragan.

Oliy liga tarixida jamoalar 18 uchrashuvda to'qnash kelishgan. "Paxtakor" 13 o'yinda g'alabaga erishgan. 2 o'yin durang bilan tugagan va raqib 3 bor muvaffaqiyat qozongan. "Olmaliq" darvozasiga 28 gol urgan "sherlar" 10 to'p o'tkazib yuborishgan. Olmaliqda kechgan bellashuvlarda jamoamiz 7 g'alaba va 2 mag'lubiyatni qayd etgan.

Bellashuvda Viktor Serazetdinov boshliq hakamlar guruhi ishlaydi. Joriy mavsum u Muborakda "Mashal"ga qarshi uchrashuvni boshqargan va o'shanda "Paxtakor" 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Mamur Saidqosimov va Ravil SHoyaxmetov yordamchi hakamlar vazifasini bajarishadi.

Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 14 iyun, "Metallurg" stadionida 17:45da boshlanadi. Asosiy jamoalar o'yini 15 iyun kuni OKMK stadionida 19:00da start oladi.

"OLMALIQ" - "PAXTAKOR"
Hakamlar
: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Mamur Saidqosimov (Toshkent), Ravil SHoyaxmetov (Toshkent), Akobir SHukurullaev (Toshkent).
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent).
PFL vakili: Vladimir SHtern.


Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика