"Olmaliq" ko'rigida yangilar bor
17 dek 2013 19:20
Yangiliklar

"Olmaliq" ko'rigida yangilar bor
Kuni kecha o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlab yuborgan "Olmaliq" tarkibiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shilishmoqda.
Bundan avval xabar berib o'tganimizdek, Igor SHkvirin jamoasiga "Xorazm"dan Qadamboy Nurmetov va Murod Bobojonov, "Lokomotiv"dan Diyor Usmonxo'jaev kelib mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
Klub matbuot xizmatining "SA"ga malum qilishicha, bugun "Neftchi"dan SHerzod Hakimov bilan birinchi liga azosi "G'allakor"dan Marat Qudratov klub yig'iniga kelib qo'shilgan.
O'quvchilarimizga yaxshi malumki, bu yil "Olmaliq" tarkibida xorijlik futbolchilardan Igor Petkovich, Maqsatmurot SHomurodov, Darko Stanoevich, Georgi Kveseishvili to'p tepdi. Ularning yana jamoada o'ynashi yanvar oyida malum bo'ladi.

Fikrlar