So’nggi yangiliklar

15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  1 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  1 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2

"Olmaliq": Jamoa rahbariyati bilan uchrashuv Yangiliklar

"Olmaliq": Jamoa rahbariyati bilan uchrashuv

Teglar :  Olmaliq
Qisqa muddatli tatildan so'ng, jamoamiz futbolchilari yana mashg'ulotlarni davom ettira boshlashdi.

Bugun jamoa azolari Toshkent viloyati Ahmad Yassaviy mahalla hududida joylashgan stadionda mashg'ulot o'tkazishdi.

Kechki payt esa jamoa rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Yangi mavsum arafasida tashkillashtirilgan bu uchrashuvga jamoa bosh homiysi Olmaliq Kon-metallurgiya kombinati moliya va iqtisod bo'yicha direktori O'ktam Dehqonboevich Karimov tashrif buyurdi.

Bir soatga yaqin davom etgan yig'ilishda jamoa rahbariyatiga 2017 yilda "Olmaliq" sharafini himoya etuvchi futbolchilar va murabbiylar shtabi bosh direktor Ibrohim Yuldashev tomonidan tanishtirildi. SHundan so'ng, O'ktam Dehqonboevich jamoaga omad tiladi. Suhbat davomida jamoa oldida yuqori maqsadlar qo'yilganligi takidlandi. 2016 yil yakunida jamoada amalga oshirilgan o'zgarishlar shunchaki emasligi, yaqin yillarda Olmaliqda mamlakat futboli rivojiga o'z hissasini qo'shadigan raqobatbardosh jamoa bo'lishi haqida so'z bordi.

O'ktam Karimov suhbat davomida jamoa kelajagiga doir quyidagilarni aytib o'tdi. - "Olmaliq shahrida xalqaro talablarga javob beradigan jamoa turargohi va o'quv-mashg'ulot majmuasini barpo etish yo'lida izlanishlar olib borilmoqda va bu reja bosqichma-bochqich amalga oshiriladi. Bu yildan ishqibozlar uchun maxsus elektron abonementlar chiqarildi. Stadion hududida klub atributikalari sotuvini tashkil qiluvchi do'kon ochiladi. Bu do'konda "Olmaliq" jamoasiga aloqador mahsulot bilan bir qatorda, O'zbekiston chempionatida ishtirok etadigan boshqa jamoalar bilan kelishgan holda ularning atributikalari ham sotuvi tashkil etiladi. SHuningdek, jamoa uchrashuvlarini Olmaliq TV orqali ko'rsatish ham rejalashtirilmoqda. Bu ishlarning barchasi Olmaliqda futbolni rivojlantirish, ko'p ming sonli ishqibozlarga qulayliklar yaratish uchun amalga oshirilmoqda. Tashkiliy ishlar bilan bir qatorda futbolchilarning mazmunli va shiddatli o'yin namoyish etishi ham muhimdir. Siz qanchalik yaxshi o'yin namoyish etsangiz jamoa muxlislari shunchalik ko'payadi. O'ylaymanki, Viktor Balyutovich jamlagan bu tarkib jamoa ishqibozlari va rahbariyat ishonchini qozonadi."



Uchrashuv davomida jamoa bosh murabbiyi Viktor Balyutovich Kumikov ham so'z olib, jamoa uchun mavsumoldi tayyorgarlik bosqichi yaxshi o'tganligini, buyog'iga jamlangan futbolchilar bilan yuqori maqsad sari odimlashga tayyor ekanligini bildirdi. Futbolchilar nomidan so'z olgan jamoa sardori Islom Inomov ham rahbariyat tomonidan yaratib berilgan sharoit uchun minnatdorchilik bildirdi. Jamoa futbolchilari oldilariga qo'yilgan vazifani bajarish yo'lida bor imkoniyatlarini ishga solishlarini takidladi.

Yaqin kunlarda jamoa tarkibini OAV va ishqibozlarga tanishtiruv marosimi ham tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda keyinroq malumot berib o'tamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика