"Olmaliq" ikkinchi davrada g'alaba qozonmaslikda davom etadi
01 okt 2016 19:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/222867_original.jpg)
![](/upload/storage/222867_220.jpg)
"Olmaliq" ikkinchi davrada g'alaba qozonmaslikda davom etadi
Oliy liganing 24-turida "Olmaliq" klubi o'z uyida "So'g'diyona"ga 0:1 hisobida yutqazdi.
SHu tariqa, "Olmaliq"ning g'alabasiz seriyasi 8ta o'yinga etdi. So'nggi bor Igor SHkvirin boshchiligidagi jamoa 15-turda g'alabaga erishgandi. Oliy liganing ikkinchi davrasi boshlanganidan buyon "Olmaliq" 1ta durangga erishdi va 7 bor mag'lub bo'ldi.
Oliy liganing ikkinchi davrasida umuman g'alaba qozonmagan yagona klub aynan "Olmaliq" bo'lib turibdi.
"Olmaliq" ayni paytda 22 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar