So’nggi yangiliklar

23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  2 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  63 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1

"Olmaliq": "Bunyodkor"ga yutqazdik, 13 yanvarda "Obod" bilan o'ynaymiz Yangiliklar

"Olmaliq": "Bunyodkor"ga yutqazdik, 13 yanvarda "Obod" bilan o'ynaymiz

Teglar :  Olmaliq
Bugun "Olmaliq" jamoasi Toshkent shahrida "Bunyodkor" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Bu o'yinda o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etayotgan 21 nafar futbolchi ishtirok etdi. Qolgan 9 futbolchi Umid Xonimqulov, Nikita SHkvirin, Maksim Kriushev, Nikita Pavlenko, Islom Bito'raev, Abbos Po'latov, Azamat Abdullaev, Timur Ergashev, Dilshod Fayzievlar mashg'ulot o'tkazish bilan cheklanishdi.

O'rtoqlik maqomiga ega bu bahsda 2:1 hisobida "Bunyodkor" g'alaba qozondi. Birinchi taymda Zohir Pirimovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng, penalti belgilandi. Bundan Ro'zimboy Ahmedov unumli foydalanib hisobni ochdi. Ikkinchi taymda amalga oshirilgan o'zgarishlar jamoamiz o'yinini biroz susaytirdi. Raqibning hisobni tenglashtiruvchi goli ham penaltidan amalga oshirildi. Jarima maydonida Bahodir Nasimovga nisbatan Evgeniy Kochnev qo'pollik ishlatgan deb topildi. Jabrlanuvchi penaltini golga aylantirdi. O'yin yakunlanish arafasida Bahodir Nasimov ikkinchi marta Akmal Ortiqov qo'riqlagan darvozani ishg'ol etishga erishdi. O'yin shu natija bilan yakun topdi.

Bu o'yinda jamoamiz sharafini quyidagi futbolchilar himoya etishdi.
"Olmaliq": Mixail Naumov, Rahmatillo Berdimurodov, Artyom Filiposyan, Eduard Jevnerov, Abduqahhor Hojiakbarov, Islom Inomov, Doston Abdurahmonov, Azamat Isroilov, Zohir Pirimov, Murod Rajabov, Ro'zimboy Ahmedov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Ortiqov, Evgeniy Kochnev, Saidkomil Akbarov, Doston Toshmatov, Abdumalik Abdullaev, Islombek Isoqjonov, Doniyor Ismoilov, Diyor Turopov, Evgeniy Gogol, Muhammad Isaev.

Jamoamizning navbatdagi nazorat o'yini 13 yanvar kuni Olmaliq shahrida bo'lib o'tadi. SHu kuni oliy liga debyutanti "Obod" sparring raqib vazifasini bajaradi. Ko'rikdan o'tayotgan futbolchilar ko'pligi sabab "Obod" bilan ikki o'yin o'tkaziladi. Birinchi uchrashuv 12:00da boshlansa, ikkinchi bahs 14:00ga belgilangan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика