So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  44 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  10 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  2

Oliy va yoshlar ligasida sharoitlar qanchalik yaxshi? Yangiliklar

Oliy va yoshlar ligasida sharoitlar qanchalik yaxshi?

Teglar :  Oliy ligastadionlar
OFK tomonidan qo'yilgan talablar yildan-yilga ortib borayotgan bir paytda biz bazida oliy ligada aslida bo'lmasligi kerak muammolar haqida gapirib qolyapmiz.

2016 yilgi mavsumda oliy liga va yoshlar jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlarni kuzatish asnosida har bir klubning asosiy tarkib hamda yoshlar jamoasi uchun uy o'yinlariga tashrif buyurib, jamoalar, jurnalistlar va muxlislar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdim. Joylardagi holatlar qanday ekani ishqibozlarga malumot berib o'tish foydadan xoli bo'lmaydi.

Baho berishni hududlar joylashuvi tartibida, Buxorodan Farg'ona vodiysi jamoalariga qadar ketma-ketlikda taqdim etamiz. Mavsumni ancha muvaffaqiyatli o'tkazgan “Buxoro” hozircha sharoitlar bo'yicha unchalik maqtana olmaydi. Yoshlar ligasi bellashuvlarini klubga qarashli bazada o'tkazib kelishyapti. Maydon sifati o'rtacha, kiyinish xonalardagi sharoitlar yosh futbolchilar uchun yomon emas, biroq xona juda kichik edi. Yoshlar uchun ortiqcha qulayliklar talab etishni yoqlamaymiz. Asosiy jamoa va “Buxoro” stadioni to'g'risida to'xtaladigan bo'lsak, stadion klubga qarashli emas. Uchrashuv mobaynida stadion xodimlari o'z bilganicha yo'l tutishiga guvoh bo'lgandim. Matbuot xodimlari uchun etarlicha o'rindiqlar muhayyo qilingan, ammo internet mavsum boshida OAV uchun taqdim etilmagandi. Kiyinish xonasidagi sharoitlarga esa yaxshi baho bersa bo'ladi. Buxoroliklar jamoa natijalariga yarasha o'sib borishni istashsa, klub va stadion o'rtasida bir-birini tushunish darajasini yaxshiroq saviyaga chiqarishlari lozim. Qolaversa, qo'shimcha qulayliklar hech qachon ziyon qilmaydi.


“Qizilqum” uy o'yinlarini Navoiy shahridagi Yoshlik qo'rg'onidagi stadionda o'tkazib kelmoqda. Yoshlar jamoasi esa “Zarafshon” bir paytlar oliy ligada faoliyat ko'rsatgan paytdagi stadiondan foydalanadi. Eski stadionning holati yomon emas, ammo maydon sifatini yaxshilash yoshlar uchun ijobiy holatga aylanardi. Yangi stadionning kiyinish xonalari va maydon juda yaxshi holatda. Bu borada avvalgiga nisbatan ijobiy o'zgarishlar bo'lgani haqiqat. SHu bilan birga stadionda kamchiliklar ham mavjud. Aytaylik, matbuot vakillari uchun joyni tomoshabinlardan ajratilgan holda tayyorlash, internet aloqasi borasida muammolar bor. Bizningcha, ozgina harakat qilinsa, buni bemalol hal qilish mumkin. Tribunalar tepasida etarlicha bo'sh hudud mavjud. O'sha erda o'yin kunlari matbuot lojasini tashkil qilsa bo'ladi.

Qashqadaryo klublari esa bir necha yil oldinoq infratuzilma borasida ishlarini yaxshilab olishgani malum. Oliy ligada eng kech paydo bo'lgan klub “SHo'rtan”ga etibor qaratsak, kichik bir tumanda joylashgan bo'lishiga qaramay, zarur sharoitlarning barchasi muhayyo qilingan. Yoshlar jamoasi o'yinini futbol maktabi bosh maydonida o'tkazadi. Maydon holati yaxshi, yosh futbolchilar bemalol chiroyli o'yin namoyish eta olishadi. Asosiy stadionda ham imkon qadar qulay sharoitlar muhayyo qilingan. Matbuot lojasi, internet va unda kompyuterdan foydalanishda muammolar uchramaydi. Oxirgi yillarda bu klubning byudjeti juda katta emas, lekin o'zidan ko'proq pul ishlatadigan bazi jamoalarga nisbatan sharoitlarni yaxshiroq yo'lga qo'ygan.

“Mashal”da tuzilmani yaxshilashga 2000-yillar o'rtalaridayoq katta etibor qaratilgan. Muborakda hamon bu borada ishlar joyida. Yoshlar jamoasi uchrashuvlarini kichik stadionda o'ynab kelmoqda. Maydon sifati borasida etiroz bildirish qiyin. Asosiy tarkib uchun sharoitlar ancha yaxshilangan. Kiyinish xonasida ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlanganini takidlash lozim. Barcha zarur qulayliklar yaratib berilgan. Matbuot xodimlari uchun yuqori tezlikdagi internet, qulay o'rindiqlar tayyorlab qo'yilgan. “Mashal”ning ishlariga bu jihatdan alo baho qo'yish mumkin.

Viloyatning bosh klubi hisoblangan “Nasaf” har yili CHempionlar ligasida qatnashayotgani sababli tashkiliy ishlar va sharoitlar borasida kamchiliklarga duch kelmaydi. Oliy ligada, albatta. OFK talablarini bajarib yurgan klublar uchun oliy liga uchrashuvlarini o'tkazish muammo tug'dirmaydi. Yoshlar jamoasi bellashuvlarni o'z bazalarida o'tkazishadi. Maydon sifatiga faqat ijobiy baho bersa bo'ladi. Asosiy stadionda esa oliy liga darajasida biror kamchilik topish qiyin. Media tribuna, internet, media markazi – barchasi bir joyning o'zida jurnalistlar ixtiyoriga taqdim etib qo'yilgan. Qarshida uchrashuv davomida bemalol ishlashdan qo'rqmasa bo'laveradi. Afsuski, shunday sharoitlarni muhayyo qilib qo'ygan klublarimiz soni ko'pni tashkil etmaydi.


Jizzaxdagi stadion “So'g'diyona” ixtiyoriga topshirilganiga uncha ko'p bo'lgani yo'q. SHaroitlar yaratishda klub imkon qadar harakat qilib kelmoqda. Kiyinish xonalari va maydon sifati borasida kamchiliklar yo'q. Faqat maxsus media tribuna qilinmagani sababli o'yinning ahamiyatidan kelib chiqqan holda OAV uchun joylar tashkil qilinadi. Internetdan foydalanish imkoniyati ham mavjud. Yoshlar jamoasi esa bazada bahslarini o'tkazadi. SHundoqqina tabiat qo'ynida va daryo bo'yidagi maydonda to'p tepish yosh futbolchilarga zavq bag'ishlasa kerak, ammo o'rindiqlar yo'qligi tufayli muxlislar jamoalar zaxira o'rindig'iga haddan tashqari yaqin kelishi asosiy muammolardan biridir.

Toshkent shahridan oliy ligada o'ynayotgan klublar soni ayni paytda 4taga etgan. Ular orasida eng yoshi hisoblangan “Obod”ning stadioni talabga javob bermagani sababli klub “Jar” stadionidan ijara asosida foydalanib kelmoqda. Kiyinish xonalari va maydon borasida holatga yaxshi baho berish mumkin. Faqat OAV uchun internet yo'q. “Obod” oliy ligada ilk mavsumini o'tkazgani tufayli buni to'g'ri qabul qilamiz. Yoshlar tarkibi suniy qoplamali maydonda o'ynashini hisobga olmasa, boshqa tarafdan sharoitlarga qoniqarli baho beramiz.

“Lokomotiv” jamoani kuchaytirgan bo'lsa-da, klub sifatida tuzilmani shakllantirishda negadir uzoq muddat raqobatchilaridan ortda qolib yurdi. Bu yildan TTZ mavzesidagi stadionda internet aloqasi yaxshilandi, ammo TTYMIda o'ynagan paytlarda bu muammoga aylandi. OAV uchun ko'p narsa shart emas – internet, stol-stul va elektr. TTYMIda jurnalistlarga ajratilgan joy borasida ham muammo bor. Yoki barcha o'yinlarni “Lokomotiv” stadionida o'tkazish imkonini ko'rib chiqish lozim. Yoshlar jamoasi TTYMI va “Do'stlik” stadionidan foydalanib keladi. U erdagi sharoitlarga faqat alo baho bera olamiz.

“Bunyodkor” stadioni yurtimizdagi eng zamonaviy arena sanaladi. SHu sababli unda barcha uchun qulayliklar yaratib qo'yilgan. 4 kiyinish xonasi jamoalar ixtiyorida bo'ladi. Maydon sifati bo'yicha kamchilikni asta-sekin hal qilishmoqda. Internet tezligi yomon emas. Faqat OAV xodimlari uchun mo'ljallangan tribunaga ishqibozlar orasidan o'tib borish qiyinchilik tug'diradi. Bundan tashqari, muxlislar ko'p kelgan uchrashuvlardan keyin matbuot anjumani xonasi va media markaziga o'tib borishda jurnalistlar muammolarga duch kelishadi. Lekin bu kamchilikni aniq bir bellashuvning o'zida hal qilib turish mumkin. Yoshlar jamoasi akademiya maydonidan foydalanadi. U erda ko'plab maydonlar yosh futbolchilar ixtiyoriga topshirilgan.


“Paxtakor” stadionida jamoalar, hakamlar va boshqa rasmiylar uchun qulay sharoitlar yaratilgani hech kimga sir emas. Klub moliyaviy tarafdan yuz tutgan davrda ham qulayliklar taqdim etishga imkon qadar urinib keladi. Maydon sifati borasida stadionda hech qachon muammo paydo bo'lmagan. Hatto, mavsum tugagandan keyin ham unga odatdagidek qaraladi. Media tribunasi va martabali mehmonlar uchun mo'ljallangan lojalarda uchrashuvdagi lavhalarni tomosha qilish uchun televizorlar o'rnatib berilgan. Bu OAV xodimlariga qulaylik tug'diradi, albatta. Istalgan vaziyatga takroriy lavhani ko'rish orqali to'g'ri baho berish imkoniyati yuzaga keladi. SHuningdek, media tribuna va matbuot anjumani xonasiga kirishda ishqibozlar bilan to'qnash kelmaslik vaqtni tejaydi. Jurnalistlar uchun bu katta ahamiyatga ega. Stadionlarni qurishda yoki undan foydalanishda aynan shunday yo'l tutilishini xohlagan bo'lardik. Media tribuna va matbuot anjumani xonalarining bir-biriga yaqin bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. PFL buni barcha klublardan talab qilishi lozim. Yoshlar jamoasi o'yinlarini “Paxtakor” Qibraydagi baza hududida joylashgan stadionda o'tkazadi. Bu yil tamirdan chiqarilgan stadion maydoni yaxshi ko'rinishda. Faqat kiyinish xonasidagi sharoitlarni yaxshilash darkor.

Toshkent viloyatining ikki klubi – “Metallurg” va “Olmaliq”ning yaratgan sharoitlariga yaxshi baho berish mumkin. Bekobodda OAV uchun juda qulay joy ajratilgan. Yagona kamchilik internet bilan bog'liq. Jamoalar kiyinish xonalari, maydon sifati va boshqa jihatlar bo'yicha ishga tushirilganiga unchalik ko'p bo'lmagan stadionda kamchiliklar deyarli yo'q. Yoshlar tarkibi Anatoliy Anoxin nomli avvalgi stadionda uchrashuvlarini o'tkazadi. U erda o'rtacha qulayliklar yaratib qo'yilgan.
“Olmaliq” uchun OKMK bir necha yil ilgari barcha qulayliklarga ega yangi stadionni qurib berdi. Maydon juda yaxshi ko'rinishda bo'lib, jamoalarga kiyinish xonasida qo'ldan kelgancha qulayliklar muhayyo etilgan. Internet, OAV uchun joy, matbuot anjumani xonasining bemalol o'tib borsa bo'ladigan joyda ekani yoqimli va ijobiy holatlardan biri. Olmaliqdagi stadion, undagi sharoitga yaxshi baho beramiz. Yoshlar jamoasi esa eski stadionda maydonga tushib kelyapti. U erda ko'p yillar oliy liga bellashuvlari o'tkazilgan. SHu sababli yoshlar uchun qulayliklarni yaxshi deb aytish mumkin.

Endi esa inqirozga kirgani sezilib turgan Farg'ona vodiysi jamoalari yaratgan sharoitlar xususida malumot berib o'tsak. Dastlab “Qo'qon-1912”dan boshlasak. Husanxon Muhiddinov nomli stadionda asosiy tarkib va yoshlar jamoasi o'yinlarda maydonga tushib kelmoqda. Maydon holatigacha o'rtacha baho bera olamiz. Kiyinish xonasida yoz paytida havoning o'ta isib ketishi borasida muammo mavjud. Qo'qonliklarga u erga yana bir kondicioner qo'yish va yana bir bor tamirlashni maslahat berib qolardik. OAVga sharoitlar bo'yicha muammo yo'q. Bu tomondan qoyil qolsak bo'ladi. Jamoa oliy ligada uzoq muddatli tanaffusdan keyin endi 2-mavsumini o'tkazdi, biroq jurnalistlar uchun zarur sharoitni yaratib ulgurdi. Alohida tribuna, internet va o'yindan keyin alohida yo'ldan matbuot anjumani o'tadigan xonaga tushib borish imkoniyati bor.

“Neftchi” oliy liga klublari orasida eng yangi stadionga ega bo'lgan jamoalardan biri sanaladi. “Istiqlol” stadionidagi sharoitlar avvalgi stadion bilan solishtirganda er bilan osmonchalik. Kiyinish xonasi o'ta keng, unda barcha qulayliklar muhayyo qilingan. Maydon sifati ham boshqa klublardagi nisbatan yaxshiroq holatda. OAV uchun ham imkon boricha sharoitlar taqdim etilgan. Biroq bu natijalar va muxlislar tashrifiga ijobiy tasir qilganicha yo'q. Yoshlar jamoasi Qirgulidagi baza stadionida maydonga tushmoqda. U erda ozroq vaqt oldin oliy liganing markaziy bellashuvlari o'tkazilgan. SHu sababli sharoitlar yoshlar tarkiblari uchun juda yaxshi ko'rinishda deb aytsak bo'ladi.

“Navbahor” ham yangi stadionga ega bo'lib ulgurgan. Maydon mavsumning aksar qismida yaxshi futbol namoyish etishga imkon beradigan holatda turadi. Kiyinish xonalari va jamoalar uchun boshqa sharoitlar zamonaviy talablarga javob beradi. Jurnalistlar uchun alohida joylar mavjud. Internet, elektr bilan taminlashda kamchilik uchramaydi. Bizningcha, “Navbahor” bunday sharoitlar bilan bemalol yuqoriroq pog'onalarda yurishga davogarlik qiladi. Yoshlar jamoasi ham asosiy stadiondan foydalanadi.


Oxirgi klub – “Andijon” xususida fikr yuritamiz. Yoshlar tarkibi Oltinko'ldagi stadionda o'ynadi. Bir paytlar bu jamoa birinchi ligada faoliyat yuritardi. Oltinko'lda kiyinish xonasini sal yaxshilansa, qolgan masalalar borasida muammo yo'q. “Barkamol avlod” stadionida esa bazi sharoitlarni yaxshilash darkor. Ilgari OAV uchun noqulay joy ajratilgandi. 2016 yil markaziy sektorlardan birida sharoit hosil qilindi, ammo ishqibozlar orasida ishlash bazan noqulaylik tug'diradi. Internet bo'yicha kamchilik umuman yo'q. Kiyinish xonalarida ijobiy o'zgarishlarni ko'rdik. Bir yil ilgarigi vaziyat bilan taqqoslaganda jamoalar uchun yaratilgan sharoitlar sezilarli darajada yaxshilangan.

Barcha stadionlarda ishqibozlar uchun yaratilgan qulayliklarni o'rtacha va undan pastroq deb aytishimiz mumkin. O'yinga ularni jalb qilish va shou taqdim etishda klublar imkoniyatdan foydalana olishmayapti. SHuningdek, PFL oliy liga klublariga qo'yilgan minimal talablar bajarilishini kuchliroq nazorat qilishini istardik. Kimdir qilgan ishni boshqalar ham qila oladi. Faqat buni talab qilish lozim.


Behzod NAZAROV.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика