So’nggi yangiliklar

10:16Сергей Чигодаев: "Турнирда кучли жамоалар иштирок этмоқда"  0 09:40“Хоразм“ “Пахтакор“ футболчисига қизиқмоқда  1 09:05“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум  3 08:33“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи  1 08:00Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади  0 07:28Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда  31 02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  4 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  2 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  4 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  3 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  4 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  7 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  11

Oliy Liga to'purari: "Arsenal"da o'ynashni xohlardim Yangiliklar

Oliy Liga to'purari: "Arsenal"da o'ynashni xohlardim

Superligada chempion nomi aniq bo'lgan bir paytda ayollar chempionatida mavsum qizg'in pallasiga kirib boryapti.

Oliy Liganing 1-bosqichidan keyin turnirning eng yaxshi to'purari bo'lib turgan Diyoraxon Habibullaeva bilan suhbat tashkil qildik. "So'g'diyona-Woman" klubining 1999 yilda tug'ilgan forvardi O'zbekiston terma jamoasining ham asosiy vakillaridan biri hisoblanadi.

Futbolni tanlashi va qiyinchiliklar haqida

— Bu sport turiga qachon qiziqib qolganimni eslay olmayman. Barchasi mahallada bolalar bilan futbol o'ynagan paytlarimiz boshlangan bo'lsa kerak. Kun sayin ortgan qiziqishim 2016 yilda "Metallurg-W" jamoasiga boshlab keldi. SHu tariqa SHerali Boboqulov shogirdalari orasida Oliy Ligada o'ynay boshladim.

Boshqa sohalarda bo'lgani kabi ayollar uchun futbolda ham qiyinchiliklar etarlicha. Ularni enga olgan qizlargina futbol o'ynab ketishadi. SHuning uchun iroda juda muhim.

Havas qiladigan futbolchilari

— Marta va Aleks Morganning (har ikkisi - Orlando Prayt) o'yinlari yoqadi. SHuningdek, Krishtianu Ronalduga (MYU) havas qilaman.

O'zbekistondagi eng yaxshi murabbiy va futbolchilar haqida

Menimcha, Oliy Ligada to'p tepadigan qizlardan Lyudmila Karachik (Bunyodkor-W), Mahliyo Sarikova (So'g'diyona-W) va Nilufar Qudratova (Sevinch) ancha kuchli.

Eng yaxshi murabbiy sifatida oxirgi yillarda ko'rsatayotgan natijalari bilan ayollar futboli rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan SHerali Boboqulovni ko'rsatgan bo'lardim.

Orzusi

— Yoqtirgan jamoam "Arsenal" hisoblanadi. London klubida amerikalik Aleks Morgan bilan birga to'p tepishni istardim.

"So'g'diyona-W"dagi legionerlar haqida

— Alberta Axialey Yavo, Periale Rosacherne Epse Doh va Mumuni Fuseyna singari xorijlik o'yinchilar bor. Ularning barchasi tehnik va taktik tomonlama zo'r o'ynashadi. Allaqachon bir oiladek bo'lib ketdik.

Ayollar futbolida gollar soni ko'pligi haqida

— Erkaklar va ayollar futbolini o'zaro taqqoslash xato. Superligadagi 14 jamoaning barchasi o'z raqiblariga etarli darajada qarshilik ko'rsata oladi. Ayollar Oliy Ligasida esa bunday klublar juda kam. SHu tufayli gollar yoki to'plar nisbatini solishtirish to'g'ri emas. Masalan, Superligada 22 o'yinda 41 ta gol urgan "Paxtakor" chempion bo'ldi. Oliy Ligada etakchilik qilayotgan "So'g'diyona-W" hisobida esa 18 o'yinda 97 ta gol bor.

"So'g'diyona-W"dan ketadimi?

— Albatta, boshqa jamoalardan takliflar etarlicha, lekin bu haqda hali o'ylab ko'rganim yo'q.

O'zbekiston Superligasidagi eng kuchli futbolchi haqida

— Menimcha, erkaklar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida o'ynaydigan eng kuchli futbolchi bu "Paxtakor" vakili Dragan CHeran hisoblanadi. Serbiyalik futbolchi ayni paytda chempionat to'purari ham hisoblanadi.

Malika Kushbakova suhbatlashdi

"Futbol ham, muammolar ham barchamizniki" — karikaturachi bilan yaqindan tanishamiz

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика