So’nggi yangiliklar

20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  1 19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  5 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  8 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   7 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  11 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  21

Oliy liga. Sergeev ikkita gol urdi, "Paxtakor" Bekobodda g'alaba qozondi Yangiliklar

Oliy liga. Sergeev ikkita gol urdi, "Paxtakor" Bekobodda g'alaba qozondi

Teglar :  PaxtakorMetallurg
Bugun oliy liganing 20-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi.


Uchrashuv tezkor qa qarama qarshi hujumlar ostida boshlandi. Har ikkala jamoa maydonga g'alaba ishtiyoqida tushganligini namoyish etishmoqda. Birinchi xavfli vaziyatni mezbonlar yaratishdi. CHap qanotdan Sanjar Qodirqulovning tezkor reydini “Paxtakor” himoyachisi katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Burchakdan to'p o'yinga kiritilganda esa paxtakorchilar qarshi hujumga o'tib ketishayotgandi, Doniyor Odilov raqibni maydon markazida qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi.Doniyor Odilov keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Birinchi bo'limning ekvador chizig'iga yaqinlashayotganda jamoalar tezkor gollar bilan almashinishdi. 17-daqiqada “Paxtakor” himoyachisi Suhrob Nurulloev to'pni orqaga qaramasdan uzatgandi, to'pni “Metallurg” to'purari Zohid Abdullaev egallab oldi va uzoqdan chiroyli zarbasi evaziga gol urdi. Ammo mezbonlarning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Paxtakorchilar keyingi qarshi hujumdayoq javob golini kiritishdi. Suhrob Nurulloev oshirib bergan to'pni Igor Sergeev bo'sh qolgan darvozaga kiritdi.

Birinchi taymga qo'shib berilgan daqiqada Igor Sergeev jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2. Oxirgi daqiqalarda mehmonlar vakili Doston Ibrohimov gol urib yakuniy natijani o'rnatdi - 1:3.



9 sentyabr, shanba
Metallurg (Bekobod) – Paxtakor (Toshkent) 1:3
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A.Po'latov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.

Gollar: 1:0 – Zohid Abdullaev (17), 1:1 – Igor Sergeev (19, pas – Suhrob Nurulloev), 1:2 – Igor Sergeev (45+1), 1:3 – Doston Ibrohimov (90+5).

“Metallurg”: 1. Zafar Safaev, 2. Abror Xusinov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov (38. Muhammadjon Sultonov, 50), 7. Doniyor Odilov, 8. Ayubxon No'monov, 13. Sanjar Qodirqulov, 14. Davronbek Karimqulov, 15. Zohid Abdullaev, 22. Islombek Isoqjonov, 70. Jahongir Abdumo'minov.

Zahira: 25. Timurbek To'ychiev, 5. Jasur Ahmedov, 16. Sirojiddin Allaev, 26 Ulug'bek Xudoyorov, 27. Muhammadodil Qahramonov, 42. Xudoyshukur Sattorov.

“Paxtakor”: 12. Aleksandr Lobanov, 5. Akbarjon Ismatullaev, 7. Azim Ahmedov, 11. Igor Sergeev (20. Jasurbek Hakimov, 81), 17. Suxrob Nurulloev, 21. Kamoliddin Tojiev, 29. Vladimir Kozak, 52. Gidi Kanyuk, 55. Marko Simich, 77. Tiago Bezerra (27. Doston Ibragimov, 72), 80. Rostin Griffits.

Zahira: 25. Eldorbek Suyunov, 8. SHerzodbek Karimov, 10. Jamshid Iskandarov, 24. Davronbek Hoshimov, 70. SHerzod Azamov.


Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика