So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  6 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Oliy liga. "Qizilqum" va "Nasaf" o'rtasidagi o'yinda 6ta gol urildi Yangiliklar

Oliy liga. "Qizilqum" va "Nasaf" o'rtasidagi o'yinda 6ta gol urildi

Teglar :  QizilqumNasaf
Oliy liganing 23-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Navoiydagi o'yinning 27-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Georgiy Kvesieshvili o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Dragan CHeran penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi - 0:1.

Mehmonlar vakili SHuhrat Muhammadiev maydonning o'ng burchagiga yaqin nuqtada jarima to'pini jarima maydonchasiga uzatdi. Dragan CHeran qulay vaziyatda turgan Odiljon Hamrobekovga to'pni yo'naltirdi. Hamrobekov esa boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:2.

Birinchi bo'lim oxirida Nemanya Yovanovichning boshi bilan uzatgan to'pini Vohid SHodiev darvoza to'riga joylab, hisobni qisqartirdi - 1:2.

47-daqiqada darvozadan chamasi 18 metrlar uzoqlikdan Jasur Hasanov jarima to'pini tepdi. Qarshiliklar jonli devorida turgan o'yinchi to'pni qo'li bilan qaytardi. Penaltini Nemanya Yovanovich bexato amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi - 2:2.

Maydonning chap qanotidan Jasur Hasanovning havolatib yo'llagan jarima zarbasini Fayzulla Qambarov boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobda jamoasini oldinga olib chiqdi - 3:2.

O'yin oxirida SHahboz Erkinov hisobni tenglashtirdi - 3:3.


25 sentyabr (yakshanba)
18:30 - Qizilqum (Navoiy) – Nasaf (Qarshi) 3:3
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Gollar: Dragan CHeran 27 penalti, - 0:1. Odiljon Hamrobekov 39, - 0:2 (Dragan CHeran). Vohid SHodiev 45+1, - 1:2 (Nemanya Yovanovich). Nemanya Yovanovich 47 penalti, - 2:2. Fayzullo Qambarov 59, - 3:2 (Jasur Hasanov). SHahboz Erkinov 90+1, - 3:3.

“Qizilqum”: 1.Erkin Jabborov, 5.Georgiy Kvesieshivili, 8.Akmal Rustamov, 10.Bahriddin Vahobov (99.Alisher Yusupov, 71), 14.Fayzullo Qambarov, 25.Azizbek Usmonov, 27.Ilhom Yunusov (80.Hamza Karimov, 88), 44.Erkin Boydullaev, 55.Jasur Hasanov, 84.Nemaniya Yovanovich, 86.Vohid SHodiev (18.Samandar SHodmonov, 78).
Zaxira: 22.Artyoi Makosin, 17.Otabek Narzullaev, 23.SHerali Jo'raev, 70.Nodirxon Kamolov.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 23.SHerzod Azamov, 22.Igor Golban, 7.SHuhrat Muhammadiev (4.Maqsud Karimov, 87), 18.Bahrom Abdurahimov, 31.Saydullo Rahmatov, 38.Doniyor Narzullaev, 28.Fozil Musaev, 33.Odiljon Hamrobekov (15.SHaxboz Erkinov, 66), 34.Farruh Sayfiev, 69.Dragan CHeran (21.Azamat Allaniyozov, 86).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 5.Ildar Mamatkazin, 16.Dilshod Xushbakov, 42.Najmiddin Normurodov.

Ogohlantirishlar: Akmal Rustamov 45+2, Doniyor Narzullaev 57, SHaxboz Erkinov 84.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика