So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  1 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

Oliy liga: Qishda amalga oshishi mumkin bo'lgan "qaynoq" transferlar o'ntaligi (TOP-10) Yangiliklar

Oliy liga: Qishda amalga oshishi mumkin bo'lgan "qaynoq" transferlar o'ntaligi (TOP-10)

"Championat.asia" jurnalisti SHahboz Beg'amov Oliy ligada qishda amalga oshishi mumkin bo'lgan transferlar o'ntaligi haqida to'xtaldi.
Bilasiz, futbol olamida qish va yozda transfer bozori ochiladi. Evropadagi ko'plab shov-shuvli transfer seriallari ancha qiziq va uzoq davom etadi.


Barcha joyda xuroz bir xil qichqiradi, deganlaridek, bizda ham transfer jarayonlari ancha qiziq kechadi.

Qizg'in muzokaralar bazan 1-2 yillab davom etishi mumkin.

Farqli tomoni shundaki, bizda futbolchilar bilan asosan 1 yilga mo'ljallangan bitimlar tuziladi. SHu boisdan ham futbolchilarning transfer masalalari klub rahbariyatlari o'rtasida kamdan-kam xollarda muhokama qilinadi.
Faqatgina o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan klubning uzoq muddatli shartnomasi bo'ladi.

Nega bizda futbolchilarning transfer narxlari, baholari elon qilinmaydi, deb ko'p savol beriladi. CHunki yil so'nggida klubi bilan tuzilgan shartnomasi tugagan futbolchi aslida tekinga, yani erkin agent sifatida boshqa jamoaga ko'chib o'tishi mumkin. Aynan shu sababdan ham bizda transferlar juda kam. Jamoadan ketayotgan futbolchi ko'pincha bosh murabbiydan ruxsat oladi, chunki klubi bilan bitimi tugagan futbolchi odatda uni katta futbolga olib chiqqan murabbiyni roziligi bilan boshqa jamoaga o'tadi.

Faqat shu yili yozda professionallikka intilayotgan "Paxtakor" "Nasaf"dan ikki futbolchini rasman sotib oldi. Transfer bahosi rasman elon qilinmagan bo'lsada, "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev shartnomasiga atiga 6 oy qolgan futbolchilarni klub 1 milliardga sotganini malum qilgandi.

Bu balki juda ozdek tuyulishi mumkin, ammo o'zimizning markalar bilan o'lchaganda va futbolchilarning shartnomasi deyarli tugab turgan paytda ushbu transfer narxi ham chakki bo'lmagan aslida.
Bundan har ikkala klub o'ziga yarasha yutdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yaqin kelajakda bizda professionallikka intilayotgan klublar futbolchilar bilan ko'p yillik shartnomalar tuzishadi va shundan keyingina evropada ko'rishga o'rganib qolgan transferlarni o'zimizda ham guvohiga aylanamiz.

Hozircha 2007-2010 yillarda "Bunyodkor" va yaqinda katta o'zgarishlarga qo'l "Paxtakor" Oliy ligada ham chinakamiga transferlarni amalga oshirdi. SHuningdek, bu klublar o'z futbolchilari bilan asosan ko'p yillik shartnomalar imzolashadi.


Endi qishda sodir bo'lishi kutilayotgan "qaynoq" transferlar o'ntaligi, yani TOP-10 bilan tanishtirib o'taman.

10. G'iyos Komilov ("Navbahor" > "Nasaf")

"Mashal"dagi o'yinlari bilan Oliy ligada ko'rinish bergan ushbu iqtidorli himoyachi joriy mavsumda Ilhom Mo'minjonov qo'l ostida "Navbahor"da futbolchi sifatida ancha o'sishga erishdi. Markaziy himoyada himoyachiga muhtojlik sezayotgan "Nasaf" esa allaqachon ushbu futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Ro'ziqul Berdiev markaziy himoyada Golban hamda Eshmurodovga chinakamiga raqobat tug'dirish uchun G'iyos Komilovni o'z jamoasida ko'rmokchi. Maqsud Karimov esa ancha qarib qoldi va Golban va Eshmurodovga potencial teng kuchli raqobatchi zarur. SHu boisdan ham "Nasaf" klubi G'iyos Komilovning transferi borasida ishga kirishgan.
Malumotlarga ko'ra, G'iyos Komilov yangi mavsumdan boshlab yana Qashqadaryoga qaytadi.


9. Aziz Turg'unboev ("Navbahor" > "Paxtakor")

Joriy mavsumda "Navbahor" tarkibida porlagan ushbu yosh istedodli vinger o'zining yorqin o'yinlari bilan ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi.
Yaqinda "Paxtakor"ga qarshi o'yinda va "Bunyodkor" bilan bahsda raqiblari darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol etgan futbolchiga "Paxtakor" tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Aziz Turg'unboevning transfer masalasi bo'yicha tomonlar kelishuvga erishishgan.
O'zbekiston terma jamoasidan chaqiruv olgan Turg'unoev katta ehtimol bilan yangi mavsumda "sherlar" azosiga aylanishi mumkin.


8. Asilbek Amonov ("Navbahor" > "Nasaf")

"Navbahor" darvozaboni Asilbek Amonov joriy mavsumda Oliy liga bahslarida o'z jamoasi darvozasini ishonchli tarzda qo'riqladi va anchagina tajriba to'plashga muvaffaq bo'ldi. Eldorbek Suyunovni "Paxtakor"ga transfer qilgan "Nasaf" Quvvatovga raqobatchi izlayotgandi. Aftidan Ro'ziqul Berdiev bu raqobatchini topgan ko'rinadi. Umid Ergashev singari iqtidoril yosh posboni bo'lishiga qaramasdan "Nasaf" yana bir istedodli darvozabonni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Doim potencial jihatdan uchta teng kuchli darvozabonlarni shug'ullantirgan Denis Ivankov kelasi mavsumda katta ehtimol bilan shogirdlari safiga Asilbek Amonovni ham qo'shib qo'ysa ajab emas. Bu transfer ham deyarli hal etilgani haqida malumot bor.


7. Farruh Sayfiev ("Nasaf" > "Bunyodkor"/"Paxtakor")

"Nasaf" jamoasining universal vingeri sanalgan Farruh Sayfievga Toshkentning ikkita grand jamoasi qiziqish bildirmoqda. Farruh Sayfievga ikki yildan buyon "Bunyodkor" jamoasi qiziqayotgan bo'lsa, shu yilning yozidan boshlab "Paxtakor" ham Sayfievning xizmatlari befarq bo'lmayapti. SHuni qo'shimcha qilish kerakki, Ro'ziqul Berdiev o'zining sevimli shogirdini boshqa jamoaga qo'yib yubormoqchi emas. O'z vaqtida Mirjalol Qosimov ham Sayfievni O'zbekiston terma jamoasiga muntazam taklif etardi. Qosimov ham Sayfievning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Sergey Lushan ushbu futbolchini o'z jamoasida qo'rishni juda istagandi. Ammo "Nasaf" o'shanda o'z futbolchini qo'yib yubormagan. Bu safargi transfer oynasi vaqtida Sayfievga kim egalik qiladi? "Nasaf", "Bunyodkor" yoki "Paxtakor"mi? SHuni qayd etish kerakki, Farruh Sayfievni yil yakunida "ajdarlar" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi. Uning kelasi mavsumda qaysi jamoada o'ynashi ko'p jihatdan "Nasaf" OCHLga yo'llanma olishiga ham bog'liq masala.


6. Artyom Filiposyan ("Buxoro" > "Bunyodkor")

O'z vaqtida "Mashal", "Nasaf" hamda "Bunyodkor"dagi o'yinlari bilan barchaga tanilgan Artyom Filiposyan joriy mavsumda "Buxoro" tarkibida yorqin o'yin ko'rsatmoqda. Kelasi mavsumda esa Ulug'bek Baqoev ushbu himoyachini jamoada olib qolishi qiyinlashadi. Yozgi transfer oynasi vaqtidayoq Qosimov Filiposyanni o'z jamoasida ko'rmoqchi bo'lgandi. Ammo "Buxoro" tajribali himoyachini "qaldirg'ochlar"ga qo'yib yubormagandi. Yil yakunida shartnomasi tugaydigan Filiposyanni ushlab qolish "Buxoro"ga oson bo'lmaydi. Artyom Filiposyanga birinchilardan bo'lib "Bunyodkor" qiziqish bildirmoqda. Katta ehtimol bilan ushbu himoyasi kelasi mavsumda yana "qaldirg'och"ga aylanishi mumkin.


5. Dragan CHeran ("Nasaf" > "Lokomotiv")

Hozirgi kunda Oliy ligada to'p tepayotgan legionerlar ichida eng yaxshi o'yin ko'rsatayotgan futbolchilardan biri. "Nasaf"ning tom manoda haqiqiy etakchisiga aylangan Dragan CHeran o'zining to'purarlik qobiliyati namoyish etmoqda. Garchi "Nasaf"da nominal hujumchi sifatida o'ynamayotgan bo'lsada, CHeran hozirga qadar Oliy ligada 17ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. CHeranning ustunlik tomonlari maydonni yaxshi ko'ra olishi, to'p bilan muomalada bo'lishi hamda bosh bilan yaxshi o'ynashida. CHeran nafaqat markaziy hujumda, balki hujumchi ortida ham birdek foydali harakat qiladi. Kuchli zarba sohibini yil yakunida "Nasaf" bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etadi. Oliy ligada sinalgan va toblangan hujumchiga "Lokomotiv" tomonidan qiziqish mavjud.
Agarda "Nasaf" kelasi mavsumda OCHLga yo'llanmani qo'lga kirita olmasa, unda CHeranni ham o'z tarkibida saqlab qolishi yanada qiyinlashadi.


4. SHuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv" > "Paxtakor"/"Bunyodkor")

O'tgan mavsumda "Nasaf"dan "Lokomotiv"ga o'tgan SHuhrat Muhammadiev har transfer oynasi eng bozori chaqqon futbolchilar qatorida bo'ladi. Narxi biroz qimmat turadigan ushbu himoyachini "Lokomotiv" kelasi mavsumda o'z safida saqlab qolishga qiynalishi mumkin. Sababi, Muhammadievga ko'p yillardan buyon "Bunyodkor" qiziqish bildirib keladi. SHuningdek, "Paxtakor" jamoasi o'ng qanotga aynan Muhammadiev nomzodini ham ko'rib chiqmoqda. Mirjalol Qosimov ham Muhammadievning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Agarda qishda SHorahmedovni qaytarish imkoniyati bo'lmasa, unda "qaldirg'ochlar" ham Muhammadievni o'z saflariga chorlashlari mumkin. Ammo "Lokomotiv" klubi ham o'ng qanot himoyachisini osonlikcha qo'yib yubormasligi aniq.


3. Akmal SHorahmedov ("Nasaf" > "Bunyodkor"/"Paxtakor")

Tajribali o'ng qanot himoyachisi Akmal SHorahmedov joriy mavsum boshida Sergey Lushan tufayli "Bunyodkor"dan "Nasaf"ga ko'chib o'tgandi. Yozda esa Mirjalol Qosimov o'zining sobiq shogirdini "Bunyodkor"ga qaytarmoqchi bo'lganida "Nasaf" SHorahmedovni qo'yib yubormagandi. Akmal SHorahmedov ham shartnomasi yakuniga qadar "Nasaf"da to'p tepishni istadi. Hozirgi kunda Akmal SHorahmedov oldida "Paxtakor" va "Bunyodkor" tarafidan qiziqish mavjud. SHuningdek, "Nasaf" ham bu futbolchisini osonlikcha qo'yib yubormasligi tabiiy. Ko'p narsa qaysi jamoalar OCHLga yo'llanma olishiga ham bog'liq bo'ladi. Agarda "Nasaf" OCHLga chiqadigan bo'lsa, unda Berdiev SHorahmedovni jamoada olib qolishi mumkin.
"Paxtakor" esa o'ng qanot masalasida Muhammadiev va SHorahmedov nomzodi orasidan kimni tanlashini vaqt ko'rsatadi.


2. Bahrom Abduraximov ("Nasaf" > "Bunyodkor"/"Paxtakor")

"Nasaf"dagi o'yinlari orqali juda ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan ko'plab futbol ishqibozlarining sevimli futbolchisiga aylangan Bahrom Abduraximovga ham Toshkentning ikkita klubidan qiziqish bor.
"Nasaf"da porlayotgan Abduraximovni Berdiev ham boshqa jamoaga qo'yib yuborishni tabiiyki istamaydi. So'nggi uchta mavsumda buyon Oliy ligada barqaror o'ynayotgan Abduraximovning xizmatlariga yozda SHota Arveladze ham qiziqqandi. Mirjalol Qosimov ham Abduraximovni "Bunyodkor" libosida ko'rmoqchi.
O'tgan yili ushbu futbolchini o'z safida qoldirgan "Nasaf" bu ishni kelasi yili yana takrorlashi qiyinlashadi. Ko'p narsa esa jamoani OCHLga yo'llanma olish yoki olmasligiga ham bog'liq.


1. Marat Bikmaev ("Lokomotiv" > Qatar, "Al Garafa"/"Paxtakor")

Oliy ligadagi eng o'tkir nayzali hujumchi bo'lib turgan va terma jamoamiz safida ham barqaror o'yin ko'rsatayotgan Marat Bikmaev ayni paytda kelib chempionatimizdagi eng kuchli futbolchilardan biri, desam mubolag'a bo'lmaydi. Oliy liga to'purari, joriy mavsumda ayniqsa ikkinchi yoshligini o'tkazayotan Bikmaevga Qatar chempionati vakilidan taklif borligi haqida malumotlar mavjud. SHuningdek, Bikmaevga tarkibini sezilarli darajada kuchaytirayotgan "Paxtakor" tomonidan ham qiziqish bor. Amaldagi chempion va katta ehtimol bilan bo'lajak chempion "Lokomotiv" ham Bikmaevni o'zining principial raqibiga o'tib ketishiga ko'nmasa kerak. Qatar varianti esa har ikkala tomonga, qo'shimchasiga terma jamoamiz uchun ham foydaga ishlaydi. CHempion "Lokomotiv" uchun esa o'zining to'purar hujumchilariga Qatarga yo'llanma berish yangilik emas. O'tgan yili Temurxo'ja Abduxoliqov Oliy ligada to'purar bo'lib Qatardan qo'nim topgandi. Endi navbat Marat Bikmaevga kelgan ko'rinadi.


Muallif :
Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика