So’nggi yangiliklar

18:38"Ливерпуль" "Атлетико" юлдузини сотиб олишни режалаштирмоқда  2 18:18Пролига. "Локомотив" - "Арал". Асосий таркиблар маълум!  0 18:04Биринчи лига. "Дўстлик" ёшлар билан дадил одимламоқда   0 17:28Хави Анчелоттига бўлаётган танқид ҳақида: "Испанияда босим жуда катта"  4 16:51Аёллар. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Осиё кубогида Австралияни мағлуб этди  4 16:11Шерзод Аъзамов: "Дориев "Сўғдиёна"га келганида 30 минг доллар маош олган экан"  9 15:28Германия супер клуби Нико Уильямсни сотиб олмоқчи  2 15:00Неймар жароҳатини даволаш учун кунига 11 соатгача машқ қилмоқда. "Сантос" ҳужумчи билан шартномани узайтириш масаласини муҳокама қилади  29 14:31U-15 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистондан устун келди  8 14:18Нуньесга итальян гранди қизиқмоқда. "Ливерпуль" ҳужумчи учун 50-55 млн евро ва бонуслар хоҳлайди  1 13:42Конте "Наполи" бош мураббийлигидан кетиб, "Ювентус"ни бошқариши мумкин  3 13:14Лондон гранди "Ипсвич"га Делап бўйича таклиф билан чиқди  1 12:48"Ливерпуль" ўз футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 12:18Шикка "Арсенал", "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" клублари қизиқмоқда  0 11:49Эшитдик-да! Ўзбекистон U-14нинг немис мураббийи терма жамоа билан Арманистонга бормади  3

Oliy liga. Polvonovning xet-trigi, Volkovning istefosi va boshqalar Yangiliklar

Oliy liga. Polvonovning xet-trigi, Volkovning istefosi va boshqalar

20-21 iyun kunlari oliy ligada navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkazildi.
Bu turda ayrim sabablarga ko'ra, "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tmadi. Qolgan ettita o'yin esa belgilangan joyda va belgilangan vaqtda o'tkazildi. Dastlab 13-turda qayd etilgan natijalarni yodga olsak.

Bunyodkor – Andijon – 2:0
Gollar:
SH. Zuagi (8), D. Hamdamov (41).

Olmaliq – Obod – 3:1
Gollar
: R. Ahmedov (43), D. Hamroev (65, avtogol), D. Turopov (90 + 3) – P. Solomin (33).

SHo'rtan – Paxtakor – 3:1
Gollar
: Z. Polvonov (26, 70, 89) – SH. Karimov (69).

Mashal – Qo'kon-1912 – 2:0
Gollar:
J. Hasanov (26), I. SHaykulov (41).

So'g'diyona – Buxoro – 0:0
 
Neftchi – Nasaf – 2:2
Gollar:
SH. Hakimov (42), M. Bobojonov (65) – B. Abduxoliqov (1), A. Gevorkyan (90).
 
Navbahor – Metallurg – 0:1
Gol:
Z. Abdullaev (34).



Bu turda bo'lib o'tgan ettita o'yinning to'rtasida maydon egalari g'alaba qozonishdi. Ikki uchrashuv durang bilan yakun topgan bo'lsa, faqat bir bellashuvda mehmonlar zafar quchishdi. Yani, Bekobodning "Metallurg" klubi safarda "Navbahor"ni mag'lub etib qaytdi. Natijada o'yinning ertasiga "Navbahor" ustozi Aleksandr Volkov istefoga chiqarildi.

Mazkur tur shuningdek, Zafar Polvonovning uchta goli bilan yodda qoldi. "SHo'rtan" hujumchisi "Paxtakor" bilan kechgan bahsda xet-trik muallifi bo'ldi. Aytish mumkinki, Polvonov o'z faoliyatida birinchi bor oliy ligada bir uchrashuvda uchta gol urishning uddasidan chiqdi. Qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng "SHo'rtan" 10-o'ringa ko'tarilib oldi. Mana buni qoyilmaqom ish desa bo'ladi.

13-turdan keyingi faktlar:


- "Paxtakor" safardagi uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Umuman olganda, "Paxtakor" hozircha safar o'yinlarida faqat bir marta g'alaba qozongan. Jamoa Jizzaxda "So'g'diyona"ni mag'lub etib qaytdi. Qolgan o'yinlardagi ko'rsatkich esa ikkita durang va uch mag'lubiyat.



- "Bunyodkor" o'z maydonida ketma-ket beshinchi g'alabasini nishonladi. Umuman olganda, "Bunyodkor" o'z maydonida kechgan bahslarda faqat bir marta "Mashal" bilan durang o'ynagan va qolgan o'yinlarda g'alaba qozonib kelmoqda.

- Mavsumni ketma-ket uch mag'lubiyat boshlagan "Olmaliq" oxirgi ikki turda olti ochkolik bo'ldi. Igor SHkvirin shogirdlari Olmaliqda o'tkazilgan oxirgi beshta o'yinning hammasida zafar quchishdi.

- "Metallurg" bu tur safardagi ikkinchi g'alabasini qayd etdi. Malumot uchun, bekobodliklar 2-turdagi o'yinda "Mashal"ni ham mag'lub etib qaytishgandi. "Metallurg" qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Jamoa oxirgi turlarni ancha sermahsul o'tkazmoqda. Har holda so'nggi ettita o'yindan to'rtta g'alaba va uch durang o'z-o'zidan ro'y bergani yo'q.

- "Buxoro" yana safarda g'alaba qozona olmadi. Jamoa durang bilan kifoyalandi, buning ustiga to'p kirita olmadi. "Buxoro" oxirgi marta 7-turda safarda uch ochkolik bo'lgandi. SHundan beri jamoa uch uchrashuv o'tkazib, ikkitasida yutqazdi va bir bor durang o'ynadi.



- "Mashal" esa o'z maydonidagi uchinchi uchrashuvni g'alaba bilan tugatdi. Muborakliklar safarda o'zlarini ko'rsata olishmayapti, shu bois jamoa hali safarda uch ochkoli bo'lgani yo'q. Lekin uydagi oxirgi uch uchrashuv "Mashal"ga uchta g'alabani taqdim etdi.

- 9-turdan boshlab qatorasiga uch o'yinda zafar quchgan "Neftchi" oxirgi ikki o'yinda ikki xil natija qayd etdi. Jamoa 13-turda "Nasaf" bilan durang o'ynadi. Farg'onaliklar g'alaba qozonishlari ham mumkin edi, biroq oxirgi daqiqalarda SHukurali Po'latov penaltini golga aylantira olmadi.

- Bu turda "Andijon" ketma-ket beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa hisobida hozircha uchta g'alaba bor, xolos.

- Vodiyning yana bir klubi "Qo'qon-1912" bilan nimalar bo'layotganini hech kim to'liq tushuntirib bera olmasa kerak. Jamoa oxirgi marta 3-turda g'alaba qzongandi, shundan beri qatorasiga 10ta (!) o'yinda mag'lub bo'ldi.

- "Navbahor" esa oxirgi to'rt o'yinda uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa ilk turda o'z maydonida "Lokomotiv"ga yutqazib qo'ygandi, bu gal esa "Metallurg" Namangandan g'alaba qozonib qaytdi.



- "Obod"ning mag'lubiyatli seriyasi hamon davom etmoqda, jamoa ketma-ket uchinchi o'yindirki yana yutqazishdan boshi chiqmay qoldi.

- "So'g'diyona" esa o'z maydonida ikkinchi bor durang o'ynadi. Jamoa 4-turda "Loko" bilan 1:1 hisobini qayd etgandi, bu safar "Buxoro" bilan durang o'ynadi.

- Qatorasiga to'rt uchrashuvni g'alaba bilan yakunlagan "SHo'rtan" turnir jadvalidagi o'rnini ancha yaxshilab oldi.  Dastlabki oltita turni mag'lubiyat bilan o'tkazgan g'uzorliklar oxirgi o'yinda amaldagi chempion "Paxtakor"dan ustun kelishdi.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика