So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Oliy liga. "Metallurg"ning mavsumdagi ilk g'alabasi Yangiliklar

Oliy liga. "Metallurg"ning mavsumdagi ilk g'alabasi

Teglar :  MetallurgSHo'rtan
Oliy liganing 4-turida "Metallurg" klubi o'z maydonida "SHo'rtan"ni qabul qilib mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

Uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq keskin hujumga o'tgan bekobodliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Sanjar Qodirqulov o'ng qanotda uch nafar himoyachini aldab o'tib to'pni darvoza yaqiniga etkazib berdi. Doniyor Odilovning zarbasidan keyin mehmonlar qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchakdan to'p o'yinga kiritilganda esa g'uzorliklar baribir goldan qochib qutila olishmadi. Sanjar Qodirqulov to'pni darvoza yaqiniga qaytarib tashlaganda Dilmurod Karimov bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi – 1:0.

13-daqiqada bekobodliklar hisobdagi farqni oshirishlari mumkin edi. CHap burchakdan etkazib berilgan to'pni Zohid Abdullaev tanasi bilan darvozaga to'g'rilagandi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Doniyor Odilovning zarbasidan keyin esa to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida bekobodliklarning o'ng qanot himoyachisi Murod Toshmatov xatoga yo'l qo'ydi va to'pni Sardor Sobirxo'jaevga oldirib qo'ydi. G'uzorliklar hujumchisi mezbonlarning ikki himoyachisini aldab o'tib, qiyinchiliksiz gol kiritdi va hisobni tenglashtirdi – 1:1.

24-daqiqada bekobodliklar chap qanotdan hujum uyushtirishdi. Islom Isoqjonov himoyachilarni aldab o'tib, darvoza tomon zarba berdi. Ammo Eldor Tojiboev hushyor o'ynadi. “Metallurg”ning keyingi hujumi esa gol bilan yakunlandi. 25-daqiqa. Doniyor Odilov Sanjar Qodirqulovdan to'pni qabul qilib olib, darvozaning olis burchagiga yo'lladi – 2:1. 27-daqiqada Mirg'iyos Sulaymonov ogohlantirildi.

Birinchi taym tugashiga olti daqiqa qolganda bekobodliklar yana standart vaziyatdan foydalanishdi. Burchakdan to'p etkazib berilganda Jahongir Abdumo'minovning zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. To'pga birinchi bo'lib ulgurgan Islomjon Qobilov esa boshi bilan urib, to'pni darvoza to'riga tushirdi – 3:1. Birinchi taym shunday hisobda intiho topdi.

Ikkinchi taymni “SHo'rtan” futbolchilari ancha faol boshlashdi. 49-daqiqada Ruslan Vagapov chalqancha uslubda zarba bermoqchi bo'ldi, biroq kutilgan natijaga erisha olmadi. 52-daqiqada bekobodliklar ajoyib kombinaciyani amalga oshirishdi. Sanjar Qodirqulovning oshirib bergan to'pini 11 metrlik nuqta yaqinida Zohid Abdullaev o'ziga o'nglab oldi va darba berdi. Zarba biroz noaniq chiqdi. Keyingi standat vaziyatda burchakdan Islom Isoqjonov etkazib bergan to'pni Doniyor Odilov darvozaga to'g'rilab qo'ygandi, ammo to'p darvoza ustuniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

56-daqiqada Zohid Abdullaev individual harakatlari evaziga mehmonlarning birin ketin uchta himoyachisini aldab o'tdi. To'rtinchi himoyachi esa unga nisbatan fol ishlatdi. Penaltini Dilmurod Karimov bexato amalga oshirdi – 4:1.

63-daqiqa. “SHo'rtan” jarima zarbasi ishladi. To'pni Otabek Narpzullaev tepdi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Bir qator o'yinchilar almashtirildi. DoniyorIsmoilov maydonga tushishi bilan to'p uchun kurashda raqibagi ustunlik qildi va chap qanotdan ajoyib reydni amalga oshirib, to'pni 11 metrlik nuqta yaqiniga etkazib berdi. Dilmurod Karimov xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi, biroq uning zarbasidan so'ng shundoqqina darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

79-daqiqada bekobodliklar tezkor qarshi hujumni tashkil etishdi. Timur Usmonov hamda Zohid Abdullaevlar ikki himoyachiga qarshi qolishgandi. Ammo Usmonovning tajribasizligi pand berdi, u to'pni Zohidga etkazib bera olmadi. 84-daqiqada Usmonovda yana bitta vaziyat bo'ldi. Bu safar uning yaqin masofadan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 88-daqiqada Doniyor Ismoilov o'tkirroq burchakdan olis masofadan o'z omadini sinab ko'rdi. Ammo uning aylantirib tepgan to'pi darvozaning to'sini va ustuni kesishgan joyga yaqinroqdan o'tib ketdi. “SHo'rtan” jamoasi oxirgi daqiqalarda tashabbusni qo'lga oldi.

89-daqiqada Otabek Narzullaev tepgan to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

Igor Taranning ajoyib to'p oshirishidan keyin maydon markazida Eldor Boymatov qulay vaziyatga chiqdi va u o'zidandan yaxshiroq imkoniyatga ega Otabek Narzullaevga to'pni tashlab berdi. U esa jarima maydoniga kirmasdan kuchli zarba bilan hisobni qisqartirdi. – 4:2.


Metallurg (Bekobod) – SHo'rtan (G'uzor) 4:2
Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Rustam Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Aleksey Frolov.
Gollar: 1:0 – Dilmurod Karimov (2, pas – Sanjar Qodirqulov), 1:1 – Sardor Sobirxo'jaev (19), 2:1 – Doniyor Odilov (25, pas – Sanjar Qodirqulov), 3:1 – Islom Qobilov (39), 4:1 – Dilmurod Karimov (57, penaltidan), 4:2 – Otabek Narzullaev (90+2).
"Metallurg": 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Hikmat Hoshimov, 6.Dilmurod Karimov (95.Timur Usmonov, 74), 7.Doniyor Odilov (8.Ayubxon No'monov,58), 11.Murodjon Toshmatov, 13.Sanjar Qodirqulov (77.Doniyor Ismoilov, 66), 15.Zohid Abdullaev, 17.Mirg'iyos Sulaymonov, 22.Islombek Isoqjonov, 40.Islomjon Qobilov, 70.Jahongir Abdumo'minov.
Zahira: 1.Zafar Safoev, 14.Davronbek Karimqulov, 20.Dostonbek Tursunov, 27.Muhammadodil Qahramonov.

"SHo'rtan": 1.Eldor Tojiboev, 2.Saidkomil Akbarov, 6.Jahongir Jiyamurodov, 8.Ruslan Vagapov (19.Marufxon Murodov, 61), 11.Zafar Polvonov, 14.Umarbek Eshmurodov, 15.Obid Jo'raboev, 18.Eldor Boymatov, 22.Siroj Hamroev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (9.Igor Taran, 67), 77.Otbek Narzullaev.
Zahira: 25.Alibek Turobov, 3.Aziz G'ulomxo'jaev, 7.Olimjon Karimov, 10.Oleksandr Pishur, 88.Akmal Xolmatov.
Ogohlantirish: Mirg'iyos Sulaymonov (27)


"Metallurg" matbuot xizmati


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика