So’nggi yangiliklar

14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  2 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  0 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  17 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  13 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  11

Oliy liga. "Metallurg" mavsumdagi ikkinchi g'alabasiga erishdi Yangiliklar

Oliy liga. "Metallurg" mavsumdagi ikkinchi g'alabasiga erishdi

Oliy liganing 10-turida Bekobodning "Metallurg" klubi o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini mag'lub etdi.

Mamlakat milliy chempionatining 10-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul qilgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi uchrashuvni odatdagidek hujumkor tarzda boshladi. Ammo mehmonlar ham safar o'yiniga garchi tarkibda bazi yo'qotishlar bo'lsa-da,  jiddiy niyatda kelganliklarini yashirishmadi. Maydon egalari tomonidan kiritilgan tezkor gol tashabbusning to'liq mezbonlar tomoniga o'tib ketishini taminladi. 8-daqiqada Alisher Ziyovuddinov chamasi 27-28 metrlar masofadan jarima zarbasi ishladi. To'pni Jahongir Abdumo'minov tepdi. SHohruh Eshbo'taev qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchakdan Murodjon Toshmatov to'pni o'yinga kiritib berganida esa bekobodliklar hisobni ochishdi. Islom Qobilov boshi bilan to'pni urib darvoza to'riga tushirdi – 1:0.

Uchrashuvning 16-daqiqasida “Metallurg” o'ng qanotdan yana xavfli hujum uyushtirdi. Mirg'iyos Sulaymonovning uzatib bergan to'pini bekobodliklarning bir yo'la ikki o'yinchisi – Alisher Ziyovuddinov hamda Zohid Abdullaevlar chalqancha uslubda darvozaga yo'llamoqchi bo'lishdi. Ammo yakunda bir birlariga xalaqit berishib, imkoniyatni qo'ldan chiqarishdi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida bekobodliklar yana standart vaziyatdan unumli foydalanishdi. O'ng burchakdan Murodjon Toshmatov uzatib bergan to'pni bu safar Dostonbek Tursunov bosh bilan urib darvoza to'riga tushirdi. To'p darvoza to'siniga tekkan holda chiziqni kesib o'tdi. Juda chiroyli gol bo'ldi – 2:0!

32-daqiqada bekobodliklar yana tezkor hujumni amalga oshirishdi. Zohid Abdullaevning kuchli zarbasidan so'ng SHohruh Eshbo'taev to'pni egallab oldi. Birinchi taym tugashi arafasida “So'g'diyona” xavfli qarshi hujumni tashkil etdi. Sardorbek Eminovning chamasi 20-22 metrlardan tepgan to'pini Zafar Safaev qiyinchilik bilan ushlab oldi.

Ikkinchi taym avvalida mehmonlar tarkibida bitta o'zgarish bo'ldi. Omon-biyik Xalilov o'rniga SHohruh Dostonov tushdi. Aynan u mehmonlarning ikkinchi taymdagi birinchi xavfli hujumini uyushtirdi. Tezkorlik bilan to'pni qanotdan jarima maydonigacha olib kelishga muvaffaq bo'ldi. To'p jarima maydoniga etkazib berilganda Islom Qobilov to'pni qo'li bilan o'ynadi deb topildi. Bosh hakam Zokir Qodirov biroz ikkilanib penalti belgiladi. Penaltini esa G'ulom O'runov aniq amalga oshirdi – 1:2. Bu 52-daqiqada sodir bo'ldi.

Mehmonlarning xursandchiligi esa uzoq davom etmadi. 54-daqiqada bekobodliklarning o'ng qanotdan uyushtirgan kombinaciyasi gol bilan yakunlandi. Toshmatov – Sulaymonov – Abdumo'minov kombinaciyasini Jahongir muvaffaqyaitli tugatdi – 3:1.

59-daqiqada Zafar Safaevning xatosi “Metallurg”ga qimmatga tushishi mumkin edi. U to'pni to'g'ri raqib o'yinchisiga tashlab berdi. Yaxshiki SHohruh Dostonovning darvozabon ustidan oshirib tepgan to'pi noaniq ketdi.

Uchrashuv so'nggiga kelganda ikkala jamoa ham o'yin suratini biroz tushirib yuborishdi. 85-daqiqada Sardorbek Eminovning zarbasi noaniq chiqdi. Uchrashuv “Metallurg”ning g'alabasi bilan yakunlandi.


“Metallurg” – “So'g'diyona” – 3:1 (2:0) . 12.05.2017 yil. 17:30. Bekobod.

Hakamlar
: Zokir Qodirov, Obod Jumaev, Ruslan Samandarov, Komiljon Rasulov.

Nazoratchi hakam: Rashid Aytekov.

O'zPFL vakili: Bobur Haydarov.

Gol: 1:0 – Islom Qobilov 9 (pas – Murodjon Toshmatov), 2:0 – Dostonbek Tursunov 21 (pas – Murodjon Toshmatov), 2:1 – G'ulom O'runov, 49-p, 3:1 – Jahongir Abdumo'minov, 54 (pas – Mirg'iyos Sulaymonov).

“Metallurg”: 1. Zafar Safaev, 4. Hikmat Hoshimov (s), 11. Murodjon Toshmatov, 13. Sanjar Qodirqulov (22. Islom Isoqjonov, 75), 15. Zohid Abdullaev, 17. Mirg'iyos Sulaymonov, 19. Alisher Ziyovuddinov (8. Ayubxon No'monov, 65), 20. Dostonbek Tursunov, 28. Abror Toshqo'ziev, 40. Islomjon Qobilov (6. Dilmurod Karimov, 69), 70. Jahongir Abdumo'minov.

Zahira: 32. Suhrob Sultonov, 3. Vusol Magerramov, 7. Doniyor Odilov, 14. Davron Karimqulov,

“So'g'diyona”: 12. SHohruhjon Eshbo'taev, 3. Azamat Isroilov, 5. G'ulom O'runov (s), 13. Rustam Azamov, 17. Ixtiyor Toshpo'latov, 18. Qahramon Bahodirov, 20. Ulug'bek Xudoyberdiev, 22. Doston Abdurahmonov, 34. Omon-biyik Xalilov (11. SHohruh Dostonov, 46), 59. Sarvarjon Jo'raev (35. SHahboz Jo'rabekov, 77), 77. Sardorbek Eminov.

Zahira: 1. Sarvar Karimov, 6. Sunnatilla Mamadaliev, 7. Sanjar Rashidov, 15. Izzatilla Abdullaev, 70. Dadajon Mamatqulov.

Ogohlantirish: Ixtiyor Toshpo'latov, 57, Zohid Abdullaev, 87.


"Metallurg" matbuot xizmati


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика