So’nggi yangiliklar

16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  0 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  6 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  4 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  11 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  13 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  5

OLIY LIGA. "Lokomotiv" yuqoriga intilayotgan "Buxoro"ni qabul qiladi Yangiliklar

OLIY LIGA. "Lokomotiv" yuqoriga intilayotgan "Buxoro"ni qabul qiladi

Teglar :  LokomotivBuxoro
Kecha oliy liganing 11-tur bahslariga start berildi va kechaning o'zida to'rtta uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bugun esa turning navbatdagi to'rtta o'yini o'tkaziladi. SHulardan biri TTYMI stadionida "Lokomotiv" va "Buxoro" jamoalari ishtirokida kechadi.

Oliy liga, 11-tur. 11 iyun
LOKOMOTIV - BUXORO

Boshlanish vaqti: 19:00
Hakam: Baxtiyor Namozov.

Turnir jadvalidagi o'rni: "Lokomotiv" 2-o'rinda (28 ochko), "Buxoro" 5-o'rinda (18 ochko)
Ochkolar orasidagi farq - 10 ochko.

Tarif: "Lokomotiv" oliy ligada ham mag'lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda. "Buxoro" esa bu yilgi mavsumda o'ziga xos jamoalardan biri bo'lib turibdi. Yil boshida buxoroliklar tarkibni bir nechta yaxshi futbolchilar evaziga kuchaytirib olishdi. Jamoa Kubok bahslaridan "Paxtakor"ni chiqarib yubordi. Bu ham "Buxoro"ning kuchayayotganidan darak beradi. Bugun juda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Negaki "Lokomotiv" mag'lubiyatsiz odimini davom ettirishga harakat qilsa, "Buxoro" kuchli raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatishga urinib ko'radi.

Fakt: "Lokomotiv" "Bunyodkor" bilan birga oliy ligada mag'lubiyatga uchramagan jamoa bo'lib turibdi. Jamoa hisobida 9ta g'alaba va bir durang bor. "Buxoro" esa hozirgacha ikki bor yutqazib qo'ydi. Jamoa safarda hozircha to'rtta o'yin o'tkazib, shundan ikkitasida zafar quchdi. Uydagi bellashuvlarda "Lokomotiv"ning to'plar nisbati 12-1. "Buxoro"ning safar o'yinlaridagi to'plar nisbati esa 3-4.

Eslatma: Kecha bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Buxoro" (Yoshlar ligasi) o'yinida buxoroliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика