So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  0 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

Oliy liga. Eng ko'p tomoshabin to'rtinchi bor Samarqandda Yangiliklar

Oliy liga. Eng ko'p tomoshabin to'rtinchi bor Samarqandda

Oliy Liganing yakunlangan 8-tur uchrashuvlari ham muxlislarga bir qator kutilmagan natijalar va shiddatli bahslarni taqdim etdi.

CHempionatning taxmin qilib bo'lmas o'yinlarga boy o'tayotgani esa muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo'ladi. Xususan, Samarqanddagi Dinamo o'yingohi joriy mavsumdagi har o'yinda muxlislar bilan to'lib toshmoqda.

Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari yakunlariga binoan, bu safar ham samarqandlik muxlislar o'yingohga tashrif buyurish bo'yicha peshqadam bo'lishdi. Jumladan, Dinamo - So'g'diyona (2:2) uchrashuvida Dinamo markaziy o'yingohida 12 805 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu 8-turda eng ko'p tomoshabin to'plangan bahsga aylandi.

Etiborlisi, bunga qadar ham Samarqandda o'tgan Dinamoning SHo'rtan, Navbahor, Buxoroga qarshi uchrashuvlari ham turning eng ko'p tomoshabin to'plagan o'yini bo'lgan edi.

Oliy Liga. 8-tur o'yinlaridagi muxlislar tashrifi:

Dinamo – So'g'diyona – 2:2. Samarqand, 12 805 tomoshabin.

Qizilqum – Nasaf – 1:1. Navoiy, 7538 tomoshabin.

SHo'rtan – Qo'qon-1912 – 2:3. G'uzor, 3517 tomoshabin.

Mashal – Bunyodkor – 1:0. Muborak, 2896 tomoshabin.

Paxtakor – Navbahor – 1:0. Toshkent, 1552 tomoshabin.

Metallurg – Buxoro – 1:2. Bekobod, 1429 tomoshabin.

Neftchi – Olmaliq – 1:1. 1250 tomoshabin.

Lokomotiv – Obod – 7:0. 515 tomoshabin.

Eslatib o'tamiz, o'tgan 7-turda eng ko'p tomoshabin yig'ilgan o'yin Namanganda Navbahor - SHo'rtan (1:0) o'yinida qayd etilib, bahsda 12 705 tomoshabin tashrif buyurgandi.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика