Oliy liga. 7-tur. Zohid Abdullaevning dubli "Metallurg"ga g'alaba keltirdi
30 apr 2016 19:05
Yangiliklar


Oliy liga. 7-tur. Zohid Abdullaevning dubli "Metallurg"ga g'alaba keltirdi
Bekoboddagi o'yinning 19-daqiqasi o'tib borayotgan paytda Abdulloh Olimov oshirib bergan to'pni jarima maydonchasi ichida qabul qilib olgan Mirjalol Qurbonov aniq zarbasi bilan hisobni ochdi – 0:1.
28-daqiqada hisob tenglashdi. Qanotdan Ayubxon No'monov tomonidan oshirib berilgan to'pni Javohir Esonqulov boshi bilan aniq darvozaga yo'lladi – 1:1.
33-va 34-daqiqalarda Dilmurod Karimov ikkita qulay vaziyatda zarba berdi. Birinchisida to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketgan bo'lsa, ikkinchisida to'g'ri darvozabonning qo'liga tashlab berdi.
Ikkinchi taym bekobodliklarning shiddatli hudjumlari bilan boshlangan bo'lsa-da faqatgina taym o'rtalariga kelganda u o'z samarasini berdi. Har ikkala gol o'ng qanotdan boshlangan hujum tufayli yuzaga keldi. Dastavval Saidjon Abdujabborovning ajoyib to'p oshirishidan chempionatimiz to'purarlaridan biri Zohid Abdullaev unumli foydalandi va boshi bilan urib to'pni darvoza to'riga tushirdi. Qo'qonliklar o'zlariga kelib ulgurmasidan mezbonlar yana gol kiritishga erishishdi. Bu safar Abdujabborov – Sulaymonov – Abdullaev kombinaciyasi Zohidning bosh bilan aniq zarbasi ila yakunlandi – 3:1.
Uchrashuv shu tariqa “Metallurg”ning ishonarli g'alabasi bilan yakunlandi.
Metallurg (Bekobod) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) 3:1
30 aprel 2016. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 17:00
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gollar: 0:1 – Mirjalol Qurbonov (18, Abdulloh Olimov), 1:1 – Javohir Esonqulov (28, Ayubxon No'monov), 2:1 – Zohid Abdullaev (66, Saidjon Abdujabborov), 3:1 – Zohid Abdullaev (68, Mirg'iyos Sulaymonov)
“Metallurg”: 32. Suhrobjon Sultonov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov, 7. Doniyor Odilov, 8. Ayubxon No'monov (9. Farhod Namozov, 61), 13. Javohir Esonqulov (14. Davronbek Karimqulov, 80), 15. Zohid Abdullaev, 17. Mirg'iyos Sulaymonov, 22. Murodjon Toshmatov, 70. Jahongir Abdumo'minov (10. Jasur Hakimov, 72), 77. Saidjon Abdujabborov.
Zaxira: 25. Timurbek To'ychiev, 20. Ulug'bek Xudoyberdiev, 21. Vusol Mageramov, 27. Muhammadodil Qahramonov.
“Qo'qon 1912”: 21. G'ayratjon Hasanov, 4. Mirjalol Qurbonov (5. Jalil Kimsanov, 71), 6. Bahodir Akromov, 7. Otabek Zokirov, 10. Otabek Haydarov (9. Nosirbek Otaqo'ziev, 69), 19. Sardor Qahhorov, 20. Dostonbek Tursunov, 23. Furqatjon Hasanboev, 28. Abdulloh Olimov (11. Navro'zbek Alimov, 60), 29. Iqboljon Malikjonov, 31. Oybek Nurboev.
Zaxira: 1. Ruslan Matniyozov, 17. Aziz To'xtaboev, 24. Ilya Ilin, 33. Abdulaziz Yusupov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar