So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  23 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  6 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  10 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  18 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  21 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

Oliy liga. 24-turda qanday o'yinlar guvohi bo'lamiz? Yangiliklar

Oliy liga. 24-turda qanday o'yinlar guvohi bo'lamiz?

Teglar :  Oliy liga24-tur
13-14 oktyabr kunlari oliy ligada 24-tur bahslari bo'lib o'tadi. Ushbu turda bizni qanday o'yinlar kutmoqda?

"MASH'AL" – "SO'G'DIYONA"

Ikkinchi davrani ajoyib tarzda boshlagan muborakliklar oxirgi ikki o'yinni Toshkentda o'tkazib "Paxtakor" va "Bunyokor"dan mag'lub bo'lishdi. Igor SHkvirin boshchilik qilayotgan "So'g'diyona" so'nggi marta 7 sentyabr kuni g'alabaga erishgandi. SHundan keyingi to'rtta o'yinda jizzaxliklar raqiblari ustidan zafar qucha olishmadi.

"Mashal" o'z uyida ushbu jamoaga qarshi omadli o'ynab kelgan. "So'g'diyona" o'z tarixida Muborakdan faqat bir marta, 2004 yilgi mavsumda g'alaba bilan qayta olgan xolos.

Bu o'yin Muborakda o'tayotgani uchun "Mashal"ning imkoniyatlari biroz balandroq. "So'g'diyona" himoyachisi Elyor Orifov o'tgan turda qizil kartochka olgani bois "Mashal" bilan bahsni o'tkazib yuboradi.

Birinchi davradagi bahs: "So'g'diyona" - "Mashal" 3:0

Kuzatish kerak bo'lgan futbolchilar: Javohir Ilyosov - Sanjar Rashidov



"DINAMO" – "OLMALIQ"

Samarqandning "Dinamo" klubi oliy ligada 10ta o'yindan buyon raqib darvozasiga gol ura olmay kelmoqda. Jamoa oxirgi marta iyun oyida to'p kiritgan edi. Jamoa yaqinda O'zbekiston kubogi yarim finalida "Bunyodkor"ga yutqazib finalga chiqa olmadi. "Olmaliq"ning ham so'nggi paytlarda ishlari yurishayotgani yo'q. Kumikov jamoasi oxirgi uchta uchrashuvda yuta olgani yo'q. Bundan tashqari konchilar o'tgan turda o'z maydonlarida uzoq vaqtdan buyon g'alaba nimaligini bilmayotgan "Neftchi"ga yutqazib muxlislarini xafa qildi.

Samarqandda o'tgan 8ta o'yinning faqat ikkitasida "Olmaliq" g'alaba qozongan.

Bu o'yinda durang qayd etilishi mumkin. Yoki bitta gol barchasini hal qilsa kerak.

Birinchi davradagi bahs: "Olmaliq" - "Dinamo" 2:0

Kuzatish kerak bo'lgan futbolchilar: Vladislav Kosminin - Farhod Tojiev


"NEFTCHI" – "NASAF"

Vadim Abramov nihoyat o'tgan turda "Neftchi" bilan ilk bor g'alabaga erishdi. Farg'onada so'nggi beshta uchrashuvda gol o'tkazmay 5ta g'alabaga erishgan "Nasaf" mehmon bo'ladi. Ro'ziqul Berdiev jamoasi yarim final javob bahsida ham "Lokomotiv"ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi, biroq finalga chiqish uchun yana bitta gol etmay qoldi.

"Neftchi" Farg'onada oxirgi marta 2009 yilda "Nasaf"ni mag'lub etgan. SHu bois bu o'yinda "Nasaf"ning imkoniyatlarini balandroq deb o'ylaymiz.

Birinchi davradagi bahs: "Nasaf" - "Neftchi" 2:0

Kuzatish kerak bo'lgan futbolchilar: Muzaffar Muzaffarov - Bahrom Abdurahimov



"LOKOMOTIV" - "NAVBAHOR"

O'zbekiston kubogi finaliga chiqqan "Lokomotiv"ning kayfiyati ajoyib. Jamoa oliy ligada oxirgi ikki uchrashuvda bir xil 3:1 hisobida raqiblarini mag'lub etdi. "Navbahor"ning ham kayfiyati "Loko"dan kam emas. Sababi Ilhom Mo'minjonov shogirdlari o'tgan turda "Paxtakor"ni mag'lub etishning uddasidan chiqishdi.

Uchrashuv Toshkentda o'tayotgani uchun "Lokomotiv"ning imkoniyati balandroq. "Navbahor" ushbu jamoani safarda bir marta (2010 yil) mag'lub etan xolos. "Lochinlar" safida ikki nafar yo'qotish bor: Mirzohid G'ofurov va Darko Stanoevich sariq kartochkalari ko'payib ketgani bois Toshkentdagi uchrashuvda qatnasha olishmaydi.

Birinchi davradagi bahs: "Navbahor" - "Lokomotiv" 2:2

Kuzatish kerak bo'lgan futbolchilar: Marat Bikmaev - Ro'zimboy Ahmedov

"SHO'RTAN" – "BUXORO"

Olti uchrashuvdan buyon yuta olmayotgan "SHo'rtan" klubi o'z uyida 10ta uchrashuvdan buyon hech kimga yutqazmayotgan "Buxoro"ni qabul qiladi. Ushbu bahs G'uzorda o'tayotgan bo'lsa ham ikkinchi davrada umuman yutqazmagan "Buxoro"ning imkoniyati balandroqdek ko'rinmoqda.

Birinchi davradagi bahs: "Buxoro" - "SHo'rtan" 2:0

Kuzatish kerak bo'lgan futbolchilar: Igor Taran - Ivan Nagaev



"METALLURG" – "BUNYODKOR"

Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi "Metallurg" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Bekobod klubi oxirgi turlarni bir tekisda o'tkaza olmayapti. Goh ketma-ket ikkita g'alaba, goh g'alabasiz seriya. O'tgan hafta O'zbekiston kubogi finalia chiqqan "Bunyodkor" esa 10ta uchrashuvdirki raqiblariga yutqazayotgani yo'q. "Qaldirg'ochlar" oxirgi uchta uchrashuvda umuman gol o'tkazishmadi.

Yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan "Bunyodkor" Bekobodda o'zi uchun ijobiy natija bilan qaytishi kutilmoqda. Bunga albata "Metallurg" osongina rozi bo'lmaydi. Mezbonlar vakili Islombek Isoqjonov sariq kartochkalari to'planib qolgani bois bu uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur.

Birinchi davradagi bahs: "Bunyodkor" - "Metallurg" 1:1

Kuzatish kerak bo'lgan futbolchilar: Zohid Abdullaev - Otabek SHukurov


"PAXTAKOR" - "QO'QON-1912"

Turning markaziy uchrashuvi Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o'tadi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Musobaqa jadvalida 4-o'rinda borayotgan "sherlar" 6-o'rindagi "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. O'tgan turda "Paxtakor"ning 9ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga bahram berildi. Qo'qonliklar safrdagi oxirgi 7ta uchrashuvda g'alaba qozona olishmayapti.

Bu o'yinda "Paxtakor"ning imkoniyati baland. "Qo'qon-1912" Toshkentda bu jamoani faqat bir marta, bundan 23 yil avval, mag'lub etishga erishgandi. Qo'qonliklar himoyachisi Akmal Xolmurodov sariq kartochkalar to'planib qolgani bois "Paxtakor" bilan o'ynamaydi.

Birinchi davradagi bahs: "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 1:1

Kuzatish kerak bo'lgan futbolchilar: Gidi Kanyuk - Javohir Sidiqov



"QIZILQUM" - "OBOD" 

Toshkent klubi PFL tomonidan chetlatilgani uchun bu uchrashuvda "Qizilqum"ga texnik g'alaba (+:-) yoziladi. SHu bois Navoiy klubi 24-turda o'ynamay turib o'z ochkolarini 30taga etkazib oladi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика