Oliy liga 2021/22. Futzal chempionatining ilk turiga Farg'ona mezbonlik qiladi
03 okt 2021 17:06
Yangiliklar
Oliy liga 2021/22. Futzal chempionatining ilk turiga Farg'ona mezbonlik qiladi
Malumki, futzal uchrashuvlari so'nggi vaqtlarda asosan Toshkent, Olmaliq va Jizzax shaharlarida o'tkazib kelinayotgandi. O'zPFL futzalni yanada ommalashtirish yo'lida qator ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, futzal chempionati “Sport” telekanali bilan hamkorlikda translyaciya qilina boshlandi. SHuningdek, futzal geografiyasini kengaytirish orqali viloyatlarda ham futzal sport turini rivojlantirishga erishish mumkin.
O'tgan yilning 1 dekabr kuni O'zPFL rahbariyati Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov qabulida bo'lib, aynan shu masala xususida fikr almashgandi. Natijada viloyat hokimiyati ko'magi bilan “Samo” qoplamasi almashtirildi. Qo'shimchasiga, “Neftchi” futzal klubi Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Ilk tur uchrashuvlari Farg'onada 9-14 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Bunda har kuni 3 tadan uchrashuv o'tkazish rejalashtirilgan. O'yinlar 15:00, 17:30 hamda 20:00 da start oladi.
Avvalroq Oliy liga uchun qura tashlash marosimi 4 oktyabr kuni bo'lib o'tishi haqida malum qilingandi.
Fikrlar