Oliy liga-2017. "Metallurg" ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozongan yagona klub
27 iyu 2017 13:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/261469_original.jpg)
![](/upload/storage/261469_220.jpg)
Oliy liga-2017. "Metallurg" ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozongan yagona klub
"Lokomotiv" - "Metallurg" hamda "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvlari sal keyinroq bo'lib o'tadi.
Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, "Metallurg" birinchi davrada hozircha ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozongan yagona jamoa bo'lib turibdi. Agar bekobodliklar qoldirilgan o'yinda "Lokomotiv"ni ham mag'lub etishsa, ketma-ket beshta uchrashuvda yutgan bo'lishadi.
Hozircha jamoa qatorasiga to'rtta o'yinni yutdi. "Metallurg"ning g'alabali seriyasi uyda "Nasaf" bilan o'yinda boshlandi. Bekobodda "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan klub keyinchalik "Obod", "Qizilqum" va "Neftchi"ni ham mag'lubiyatga uchratdi. Mana shu o'yinlarda "Metallurg" raqiblar darvozasiga 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Birinchi davrada boshqa hech kim qatorasiga to'rtta o'yinda g'alaba qozonmadi. Faqat "Lokomotiv" ikki marta ketma-ket uchta o'yinni g'alaba bilan tugatgan. SHuningdek, bir martadan "Mashal", "Qo'qon-1912" hamda "Dinamo" klublari qatorasiga uchta o'yinda zafar quchishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar