Oliy liga-2016. Hikmat Hoshimov - barcha o'yinlarda to'liq o'ynagan yagona futbolchi
07 dek 2016 15:32
Yangiliklar
Oliy liga-2016. Hikmat Hoshimov - barcha o'yinlarda to'liq o'ynagan yagona futbolchi
2016 yilgi mavsumda 8 nafar futbolchi barcha 30ta o'yinda ishtirok etdi.
Bekobodning "Metallurg" klubi himoyachisi Hikmat Hoshimov yakuniga etgan mavsumda barcha 30ta o'yinda to'liq, o'zgarishlarsiz o'ynagan yagona futbolchiga aylandi.
Quyidagi 7 futbolchi esa 30ta uchrashuvda maydonga tushishdi, faqat qaysidir bahslarda almashtirilishdi:
Aleksandr Merzlyakov "Buxoro", Salamat Qutiboev "Buxoro", Ilhom Yunusov "Qizilqum", Azam Aliev "Navbahor", Jaloliddin Masharipov "Paxtakor", Sanjar SHoahmedov "Lokomotiv", Murodjon Toshmatov "Metallurg".
Fikrlar